Ko‘zni bo‘yashda yo‘l qo‘yiladigan 5 xato
Makiyaj chiroyli va mukammal bo‘lishi uchun jarayondagi har bir bosqichga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Cosmopolitan nashri ko‘zni bo‘yashda yo‘l qo‘yiladigan xatolarga to‘xtaldi.
Foto: Getty Images1.Birinchi yuzni, keyin ko‘zni bo‘yash
Siz makiyaj borasida professional bo‘lgan taqdiringizda ham ten surtish davomida uni yuzingizning boshqa qismiga tekkizib yuborasiz. Boshida bilinmasligi mumkin, lekin kun davomida yuzning yog‘lanib, yaltirashi natijasida o‘zini namoyon qiladi. Siz shunchaki kiprik tagiga to‘kildi, degan fikrga borganingiz bilan, aslida, yuz terisiga to‘kilgan bo‘ladi. Shunday ekan birinchi bo‘lib ko‘zingizga ten, qalam yoki podvodka, shundan keyingina yuzingizga tonal krem surting.
2.Podvodkani qalin qilib surtish
Podvodka surtishdan maqsad ko‘zni kattaroq, kipriklarni qalin ko‘rsatish. Lekin qalin qilib surtilsa, kipriklar uning soyasida ko‘rinmaydi. Shunday ekan, podvodkani ko‘z chizig‘ining ustidan qovoqlarga chiqarib yubormang, ana shunda kutilgan natijaga erishasiz.
3. Qovoqlarning yaltirashiga qarshi vosita ishlatmaslik
Yaltiragan qovoqlar juda xunuk ko‘rinadi. Shu bois ten surtishdan oldin baza yoki pudra ishlatishni unutmang. Keyin bemalol tush surtishingiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, yoningizda yaltirashga qarshi salfetka olib yuring.
4.Tushni noto‘g‘ri surtish
Kipriklar uzun va qalin ko‘rinishi uchun tushni bir harakat bilan ildizidan tepaga qarab yo‘naltirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Qo‘lni aylanasimon harakatlantirish kerak. Qolaversa, uzunroq ko‘rinishi uchun 2-3 daqiqa o‘tib ikkinchi marta ustidan surtish kerak bo‘ladi. Shunda kiprikda ortiqcha tushlar yopishib qolmaydi.
5. Tartib bilan bo‘yash
Birinchi ko‘zga ten, tush, podvodka surish jarayonini tugatib, keyin ikkinchi ko‘zni bo‘yash kerak emas. Chap ko‘zga ten surtdingizmi, o‘n tarafiga ham surtib, so‘ng keyingi bosqichga o‘ting. Shunda makiyajdagi xatolarni yaqqol sezasiz va shunga qarab kamchiligini to‘g‘irlaysiz.
Mavzuga doir:
- Go‘zal tashqi ko‘rinishga ega bo‘lish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?6 tavsiya
- Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya
- Arab qizlarining go‘zallik siri nimada?
- Limonning salomatlik va go‘zallik uchun 7 foydasi
Manba