Ten surtishda yo‘l qo‘yiladigan 12 xato: Ularsiz makiyaj mukammal ko‘rinadi
Ten surtish yarashmaydi, baribir ham surkalib ketadi, deydiganlar aslida ushbu kosmetik vositadan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydi.
Birinchi xato: praymerdan foydalanmaslik
Ko‘pchilik kosmetikaga ortiqcha pul sarflashdan boshqa narsa emas deb hisoblaydigan praymer, aslida makiyaj uchun juda ham muhim. Terini bir tekisda qoplagani hisobiga bo‘yoqlar yaxshi surtiladi.
Ikkinchi xato: cho‘tkalardan foydalanmaslik
Maxsus cho‘tkadan foydalansangiz, ten surtish unchalik qiyin emasligini tushunib yetasiz. Jarayondan keyingi natija esa sizni quvontirishi aniq.
Foto: Getty ImagesUchinchi xato: noto‘g‘ri cho‘tkani ishlatish
Tenlar turlicha: pigmentli, yengil va quyuq surtiladigan, kremli, quruq yoki aralash bo‘lishi mumkin. Ularning qandayligidan kelib chiqib cho‘tkani tanlash kerak bo‘ladi. To‘g‘ri keladiganidan foydalanish makiyajning chiroyli chiqishiga hissa qo‘shadi.
To‘rtinchi xato: noto‘g‘ri surtish
Ko‘pchilik tenni qovog‘ining o‘rtasiga surtib, keyin chetlarga tarqatadi. Aslida esa ishni qovoqning tashqi burchagiga surtishdan boshlash kerak.
Foto: Getty ImagesBeshinchi xato: noto‘g‘ri rangni tanlash
Terisi sarg‘ishlar to‘qroq ranglardan, qizg‘ishlar esa och rangdan foydalanishi kerak.
Oltinchi xato: ko‘zning rangini inobatga olmaslik
Moviy ko‘z egalari shaftoli va sabzi ranglardan foydalanishi, jigarrang ko‘zli ayol-qizlar esa moviy, siyohrang tenlarni ishlatishi kerak. Yashil ko‘zlilarga esa qizg‘ish va och siyohrang juda yarashadi.
Foto: Getty ImagesYettinchi xato: kipriklar ildizini bo‘yamaslik
Kipriklarni ustidan bo‘yashni unutish makiyajning muvaffaqiyatsiz chiqishini ta’minlaydi. Qalinroq cho‘tkani olib, ehtiyotkorlik bilan bo‘yang, terining boshqa qismlariga tegib ketmasligiga e’tibor bering.
Sakkizinchi xato: yaltiraydigan va yaltiramaydigan ranglarni noto‘g‘ri umumlashtirish
Yaltiraydigan tenni qovoqning o‘rtasiga, yaltirog‘ini esa tashqi burchakka surtish kerak.
Foto: Getty ImagesTo‘qqizinchi xato: ichki burchakni bo‘yashni unutish
Ko‘zning ichki burchagiga och rang surtilsa, nigohlar porloq, ko‘zlar esa katta ko‘rinadi.
O‘ninchi xato: qoshlarni bo‘yamaslik
Qoshlarga urg‘u berilmagan bo‘lsa, ten unchalik chiroyli ko‘rinmaydi.
Foto: Getty ImagesO‘n birinchi xato: ko‘z ostidagi halqalarni bo‘yamaslik
Ko‘z ostidagi qora halqalar ko‘zga tashlanib tursa, hech qanday ten bilan ham istalgandek ko‘rinib bo‘lmaydi.
O‘n ikkinchi xato: namlantirishni unutish
Har kuni ertalab va kechqurun namlantiradigan krem surtishni unutmang. Shundan keyin makiyajingiz avvalgidan farq qilishi o‘zingizga ham sezila boshlaydi.
Mavzuga doir:
- Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?
- Osiyolik ayollarning abadiy yoshlik siri: “Sassi suvi” va yuzni yuvish qoidalari
- Gel-lakdan keyin tirnoqlarni qanday parvarishlash kerak?
- Sochlar o‘sishi uchun nima qilish kerak?Oddiy, ammo samara beradigan 16 tavsiya
- Qoshlarni tatuaj qildirmaslik uchun eng asosiy besh sabab
Manba