Salomatlik Goʼzallik Jazirama kunlarda tonal kremdan voz kechishga yordam beradigan 10 usul

Jazirama kunlarda tonal kremdan voz kechishga yordam beradigan 10 usul

O'qildi: 384


Jazirama kunlarda tonal kremdan voz kechishga yordam beradigan 10 usul

Hatto minimal darajada pardoz qiladigan qizlar arsenalida ham tonal krem bo‘ladi. Biroq jazirama kunlarda ushbu mahsulot bir qancha noqulayliklar keltirib chiqaradi: teri nafas ololmaydi, yuzdagi krem oqadi va teri yaltiraydi. Nima qilsa bo‘ladi?Yechimi oddiy — tonal kremdan voz keching!

Yuz teris ini uy sharoitida tozalash

Foto: Getty Images

Toza teri tonal kremni talab qilmaydi. Husnbuzarlar bo‘lmasa ham, yuz terisida qon aylanishi yaxshilanishi uchun doimo yuzingizni tozalab turishingiz kerak. Buning uchun yumshoq skrab va elektr cho‘tkadan haftasiga 2-3 marta foydalaning. Bu terini silliq qilish imkonini beradi, bunday teri bilan esa tonal kremlardan bemalol voz kechishingiz mumkin.

Mineral pudra

Foto: Getty Images

Tonal krem o‘rniga pudradan foydalansangiz bo‘ladi. Ammo bunda bir nechta istisno holatlar mavjud. Birinchidan, pudra ko‘pincha makiyajni eski va og‘ir ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi. Ikkinchidan, har qanday pudra terisi quruq bo‘lgan qizlarga mos kelavermaydi. Ammo buning iloji bor — namlovchi mineral pudra. U yuzda yetarlicha tabiiy ko‘rinadi, qurib ketmaydi va ajinlar ichiga kirib qolmaydi.

Har doim yoningizda salfetka olib yuring

Foto: Getty Images

Agar kun davomida yuzingiz yaltiray boshlasa, yana pudra ishlatishingiz shart emas. Faqat har doim yoningizda nam salfetka bo‘lsin. Issiq kunda vaqti-vaqti bilan yuzingizning T zonasini artib turing.

Haftada bir marta yuzingizga niqob qiling

Foto: Getty Images

Tonal krem talab qilmaydigan yana bir usul — tozalovchi niqoblardir. Ayniqsa, loyli yoki faol uglerodli niqob yaxshi samara beradi. Bu teridagi teshiklarni qisqartirishga va teringizni yanada silliq ko‘rinishga keltirishga imkon beradi.

Yuzdagi muammolarni yashiring

Foto: Getty Images

Agar terida toshmalar bo‘lsa va ko‘z ostidagi ko‘karishlar sezilib tursa, butun yuzga tonal krem surtish mutlaqo kerak emas. Konsilerni faqat ko‘z ostidagi doiralar va muammolar bor qismiga surting. Bunda yumshoq cho‘tkadan foydalaning, so‘ngra barmoq uchlarida muloyimlik bilan surtib, chegaralarni bilinmas holga keltiring.

Tonikdan foydalaning

Foto: Getty Images

Ba’zi qizlar tonikni mutlaqo foydasiz deb hisoblashadi, ammo bu noto‘g‘ri fikr. Har kuni ertalab yuzingizni tonik bilan artsangiz, terining tabiiy muvozanatini tiklashga yordam berasiz.

C vitamini iching

Foto: Getty Images

C vitamini pigmentatsiyadan xalos bo‘lishga imkon beradi — askorbin kislotadan muntazam foydalanish natijasida teri rangi yanada tekis bo‘ladi!

Gelli kremlardan foydalaning

Foto: Getty Images

Suvga asoslangan gelli krem — pardoz uchun hamma narsa. Makiyajni boshlashdan oldin(tonal kremsiz, albatta)teringizni namlang. Gap shundaki, teri yetarli miqdordagi namlikka ega bo‘lsa, yog‘ bezlari kamroq ishlaydi.

Bronzer ishlating

Foto: Getty Images

Tonal kremni nafaqat yuzdagi kamchiliklarni yashirish uchun, balki yanada chiroyli va sog‘lom yuz uchun ham ishlatamiz. Bunday natijaga esa tonal kremsiz ham erishsa bo‘ladi — albatta, bronzer yordamida.

Faqat praymerdan foydalaning

Foto: Getty Images

Tonal kremdan voz kechishning yana bir usuli — bu faqat praymer yoki pardoz bazasidan foydalanish. Praymerning ko‘plab afzalliklari mavjud: u terini namlaydi, yuz relyefini biroz tekislaydi. Bundan tashqari, ba’zi praymerlar yengil tenga ham ega bo‘lib, ular tonal krem kabi issiqda “oqib ketmaydi”.

Mavzuga doir: 

  • Foto: Noto‘g‘ri tonal kremni tanlab muvaffaqiyatsiz obrazga ega bo‘lgan yulduzlar
  • Qimmat vositalardan kam bo‘lmagan samara beradigan tonal kremlar(foto)
  • Tonal kremmi yoki pudra: sizga qaysi vosita mos tushadi?
  • Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotiladigan 10 ta tonal krem
  • Tonal krem tanlashda yo‘l qo‘yiladigan 7 xato
  • Teri makiyajdan dam olishi kerakmi?Mutaxassis javob beradi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.