Ayollarga shpargalka: Kipriklarni uzun va qalin ko‘rsatadigan tushlar (foto)
Obraz va makiyajni o‘zgartirishning eng oson va samara beradigan usuli yangi tushdan foydalanib ko‘rish hisoblanadi.
Foto: FreepikMaybelline New York, The Classic Volum’ Express Mascara
Foto: “Domashniy ochag”Dunyodagi eng birinchi tush 1913-yilda Maybelline New York tomonidan taqdim qilingan. Shundan buyon ushbu brend tomonidan bir necha turdagi tush modellari ishlab chiqarilgan. Masalan, The Classic Volum’ Express Mascara linza taqadigan qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ko‘zga kirmasligi bilan o‘ziga xos. Qalin qilib ko‘rsatmagani bilan mazkur tush kipriklarni uzun ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.
Essence, I Love Extreme Volume Mascara Waterproof
Foto: “Domashniy ochag”Har bir ayol kosmetik vositalari orasida ikki xil: oddiy va suvga chidamli tush bo‘lishi kerak. Bu borada esa I Love Extreme Volume Mascara Waterproof ayni muddao. Suyuq holdagi mazkur tush uzoq vaqtga yetishi aniq. Kamchiligi esa birinchi martada mitselyar suv bilan ham ketishi mushkul bo‘ladi.
Catrice, Glam&Doll Volume Mascara
Foto: “Domashniy ochag”Kipriklaringiz qo‘g‘irchoqnikiga o‘xshab turishini xohlaydigan bo‘lsangiz, unda bir necha qatlam qilib surtsa bo‘ladigan variantga e’tibor qarating. Iloji boricha cho‘tkasi silikondan bo‘lgan, tartib va ingichka qilib suriladigan tushga e’tibor qaratgan yaxshi. Catrice tomonidan taqdim qilingan Glam&Doll Volume Mascara tushi esa bu boradagi barcha talabga javob beradi.
Eva Mosaic, Fantasy Mascara
Foto: “Domashniy ochag”Kipriklari uzun ammo tabiiy ko‘rinishini istovchilar uchun Fantasy Mascara tushlariga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi.
Wet n Wild, Mega Protein Mascara
Foto: “Domashniy ochag”Mega Protein Mascara tarkibida kipriklarni qayta tiklaydigan o‘simlik oqsillari mavjud bo‘ladi. Kipriklar ingichka va tez to‘kiladigan bo‘lsa ularni avvalambor ichki tomondan oziqlantirish kerak albatta, Mega Protein Mascara esa tashqi tomondan parvarish qilish uchun yaxshi samara beradi.
Max Factor, False Lash Effect Epic Mascara
Foto: “Domashniy ochag”Ko‘z burchagidagi kipriklarni yaxshiroq qayirish va bo‘yash uchun maxsus cho‘tkaga ega bo‘lgan mazkur tushni surtgandan keyin ko‘zlar har doimgidan ham shahlo ko‘rinadi. Cho‘tkasida tush qoldig‘i ko‘p to‘planishini aytmaganda ushbu tush modeli sizga tavsiya qilinadigan eng yaxshi variantlardan biri.
Rimmel, Wonderfull Mascara With Argan Oil
Foto: “Domashniy ochag”Organik yog‘ kipriklarni mustahkamlaydi, oziqlantiradi va o‘sishini jadallashtiradi. Wonderfull Mascara tarkibida ushbu yog‘ mujassam bo‘lgani sabab esa undan foydalangandan keyin ijobiy o‘zgarish sezila boshlaydi.
Manba