Salomatlik Salomatlik Cleen Sleeping: diyeta va jismoniy mashqlarsiz ozishga yordam beradigan sog‘lom uyqu haqida

Cleen Sleeping: diyeta va jismoniy mashqlarsiz ozishga yordam beradigan sog‘lom uyqu haqida

O'qildi: 414


Cleen Sleeping: diyeta va jismoniy mashqlarsiz ozishga yordam beradigan sog‘lom uyqu haqida

Sog‘lom turmush tarzining asosiy tarkibiy qismlari hammaga yaxshi ma’lum: to‘g‘ri ovqatlanish, muntazam fitnes mashg‘ulotlari va 7-8 soatlik uyqu vaqtida yaxshi dam olish. Parhezshunoslar va fitnes bo‘yicha murabbiylar ko‘p yillar davomida parhez va jismoniy faoliyatning salomatlik uchun foydalarini tushuntirib kelmoqda, ammo hozir ko‘proq mutaxassislar uyqu eng muhim narsa ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Getty Images

O‘zining Goop loyihasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi Gvinet Peltrouning Clean Sleeping konsepsiyasi 2017-yilda sog‘lomlashtirishning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi va uzoq vaqt davomida yana eng yuqori pog‘onada qoladi.

Foto: Getty Images

Gvinetning so‘zlariga ko‘ra, uyquning miqdori va sifati “ishtaha va energiya darajasini tartibga solishda” hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, odatda yulduzning tavsiyalariga shubha bilan qaraydigan mutaxassislar bu safar uni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Neyrobiolog doktor Jozef Kreyn ta’kidlaganidek, “yomon uyqu metabolizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz to‘g‘ri, muntazam uyqusizlik vazn ortishi va giperglikemiya bilan bog‘liq hamda kayfiyat va idrokka salbiy ta’sir qiladi”.

O‘zining Goop Clean Beauty kitobida Gvinet juda ko‘p foydali tavsiyalar bilan batafsil sxemani taqdim etadi.

Foto: Getty Images

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.