Salomatlik Goʼzallik Arab qizlarining go‘zallik siri nimada?

Arab qizlarining go‘zallik siri nimada?

O'qildi: 2 664


Arab qizlarining go‘zallik siri nimada?

Arab qizlari yuzlarini yopib yurgani bilan ularning go‘zalligi tillarda doston. Arab qizlarining go‘zallik siri nimada? Big Picture nashri ushbu savolga javob beradi.

Qalin sochlar

Foto: Big Picture

Biz reklamalarda ko‘rib havas bilan qaraydigan qalin va sog‘lom sochlar arab qizlarining o‘ziga xosligi sanaladi. Buning sababi ular tabiiy go‘zallik vositalaridan foydalanadi: sochlarini sut va qatiq bilan yuvadi. Shuningdek, soch o‘stirish xususiyatiga ega hindlarning “amla” yog‘idan foydalanadi. Uni shampun yoki soch balzamiga qo‘shib ishlatilsa darhol foydasi bilinadi. Shuningdek, sochlarini xina yoki basmaga bo‘yaydi.

Mukammal teri

Foto: Big Picture

Arab xotin-qizlarining terisi hech qanday kamchiliklarsiz tiniq va silliq bo‘ladi. Bunga sabab ularning muntazam ravishda teri tozaligiga e’tibor berishida. Buning uchun pushti suyuqlik — mitselyar suv ishlatiladi. Keyingi bosqich esa, kurkumadan tayyorlangan yuz niqobi. Kurkumaga 2 osh qoshiq un, 2 osh qoshiq sut va shuncha miqdorda pushti suyuqlik qo‘shiladi. Aralashmani yuzga surtib, 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi. Terining mukammalligida hammom, ya’ni an’anaviy sharq saunasining ham ahamiyat katta. Unda odam tanasidagi ortiqcha suyuqlik va toksinlar chiqib ketib, teri holati yaxshilanadi.

Aromaterapiya

Foto: Big Picture

Arab ayollari iforga juda ham e’tiborli. Bu borada efir, vanil, pushti va jasmin yog‘laridan foydalanadi. Ushbu mamlakatdagi barcha parfyumeriya vositalari tarkibiga efir yog‘i qo‘shiladi.

Keng va qulay kiyimlar

Foto: Big Picture

Arab ayollarining keng liboslar kiyishi barchaga ma’lum. Bunday liboslar tana a’zolarini zo‘riqmasligi, varikoz, sellyulit va boshqa kasalliklarni oldini oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.