Salomatlik Ayollar uchun Vazn yo‘qotish uchun kuniga necha stakan suv ichish kerak?

Vazn yo‘qotish uchun kuniga necha stakan suv ichish kerak?

O'qildi: 355


Vazn yo‘qotish uchun kuniga necha stakan suv ichish kerak?

Parhezga o‘tib kamroq suv ichishni boshlagan insonlar buning aksini qilishlari kerak. Haqiqat shundaki, suv metabolizm jarayonida muhim va kam baholangan komponent hisoblanadi. Vazn yo‘qotish uchun kuniga necha stakan suv ichilishini bilishingiz kerak.

Foto: “Yandeks.ru”

Suv kaloriyalarni yoqadi

Kuniga ikki litr suv taxminan yuz kaloriya yoqadi. Aytgancha, siz tinch holatda va bir soatlik piyoda yurish paytida bir xil miqdorda kaloriya yoqasiz. Agar sovuq suv ichsangiz, kaloriya iste’moli yanada ko‘proq bo‘ladi, chunki organizm kiruvchi namlikni tana haroratiga qizdirish uchun energiya sarflashi kerak bo‘ladi.

Ishtahani yo‘qotadi

Ovqatlanishdan 20-30 daqiqa oldin ikki stakan suv ichsangiz, iste’mol qilinadigan oziq-ovqat miqdori sezilarli darajada kamayadi. Bu hech qanday tadqiqot orqali tasdiqlanmagan.

Issiq suv yog‘larni eritadi

Bu haqda kam inson biladi — issiq suv ichish vazn yo‘qotish uchun eng samarali vosita hisoblanadi. U ovqat hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi va tana haroratini isitadi.

Kuniga qancha miqdorda suv ichish kerak?

Ideal holda, kattalar vaznining har bir kilogrammi uchun kuniga 30 grammdan 40 grammgacha suvni sekin-asta va kichik qultumlarda ichishi kerak. Kundalik iste’mol miqdori 1,5 litrdan 2 litrgacha, ba’zan esa biroz ko‘proq bo‘lishi mumkin. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak.


Mavzuga doir

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.