Dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotiladigan 10 ta tonal krem
Dunyo bo‘yicha onlayn do‘konlardagi eng ko‘p sotiladigan tonal kremlar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etamiz. Ma’lumotlar bilan tanishgan so‘ng, mazkur tonal kremlar nima uchun eng xaridorgir ekanligini bilib olasiz.
Pro Filt’r Soft Matte Longwear Foundation, Fenty Beauty
Foto: Cosmopolitan
Fenty Beauty mahsuloti bo‘lgan ushbu tonal kremning 50 xildagi rangi mavjud. Haqiqatan ham Rianna har bir inson o‘ziga mos rangni topishi uchun ancha harakat qilgan ko‘rinadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Pro Filt’r Soft Matte Long Long Foundation tonal kremi yaltiramaydigan qoplamaga ega. Uni zich qilib surtish mumkinligi uchun ham mazkur krem instablogerlar orasida mashhur. Xonanda yog‘li terida ham kun bo‘yi turadigan tonal krem yaratgan bo‘lib, u haqiqatan ham nomiga mos tarzda ajoyib.
FauxFilter Foundation, Huda Beauty
Foto: CosmopolitanBloger Huda Kattan yuzdagi barcha muammolarni yashira oladigan zich tonal asosga ega FauxFilter Foundation’ni tavsiya qiladi. Mahsulotning o‘ziga xos xushbo‘yligi haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim, yoqimli hidga egaligi bilan bir qatorda ushbu krem jilosiz va ko‘zga yaqqol tashlanib turmaydi.
Double Wear Stay-In-Place Liquid Makeup, Estée Lauder
Foto: CosmopolitanHar bir vizajistning kosmetik sumkasida uchraydigan taniqli mahsulot. Estée Lauder tonal kremi terida uzoq vaqt turishi bilan mashhur bo‘lib, undan to‘g‘ri foydalanish va terini makiyajga to‘g‘ri tayyorlash krem samarasini yanada mukammal qiladi. Zich qoplamaga ega bo‘lgani uchun kundalik makiyajda tonal kremni kosmetik yog‘ yoki suyuq haylayter yordamida suyultirib olish lozim.
Ultra HD Invisible Cover Foundation, Make Up For Ever
Foto: CosmopolitanSuratga tushishni yaxshi ko‘radiganlarning sevimli mahsuloti, chunki teri yuzasini ideal tekislaydi va kamera qarshisida mukammal ko‘rinishga yordam beradi. Ultra HD Invisible Cover Foundation o‘rtacha qoplamaga ega, shu sababli yog‘li teri uchun foydalanishda T-zonasiga ozgina pudra surtishni maslahat beramiz.
Luminous Silk Foundation, Giorgio Armani
Foto: CosmopolitanSilliq teri effektiga erishmoqchimisiz?Unda sizga Giorgio Armani’ning Luminous Silk Foundation tonal kremi kerak. Ushbu kremda teriga jilo beruvchi yengil qoplama mavjud. Vizajistlar undan ko‘pincha kelinlar pardozida foydalanadi, chunki u makiyajni yaxshi ushlab turadi, teriga yaxshi singadi va yuzga sog‘lom ko‘rinish beradi.
CC+ Cream with SPF 50+, IT Cosmetics
Foto: CosmopolitanUshbu CC tonal kremi terini qanday parvarish qilishni o‘rgatuvchi skincare-blogerlar orasida juda mashhur. Krem o‘rta qoplamali, SPF 50+ va yaxshi parvarish formulasiga ega.
Teint Idole Ultra Long Wear Foundation, Lancôme
Foto: CosmopolitanUshbu tonal bazada yog‘ mavjud emas, shuning uchun aralash va yog‘li turdagi yuzlarga tavsiya qilish mumkin. Teint Idole Ultra Long Wear Foundation tabiiy baxmal qoplamali, ko‘p qatlamli bo‘lib, ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra kun davomida makiyajni bemalol ushlab turadi. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, baza tarkibida parfyum yo‘q, ya‘ni hidga sezgir odamlar ham kremdan bemalol foydalanishi mumkin.Born This Way Foundation, Too Faced
Foto: CosmopolitanBorn This Way Foundation, Too Faced tonal kremi aralash turdagi terida yaxshi natija beradi. Krem yuzda deyarli sezilmaydi va teri yuzasida chiziq qoldirmaydi.
Natural Radiant Longwear Foundation, Nars
Foto: CosmopolitanMazkur tonal krem deyarli barcha byuti-blogerlarning videolarida doimiy ravishda tavsiya qilingan YouTube yulduzi hisoblanadi. Ba’zilar undan haligacha foydalanib, sevimli tonal kremlari qatorida ko‘rsatishadi. Natural Radiant Longwear Foundation teridagi qizarishlarni yashiradi, yuzga jilo beradi va terini namlantirish xususiyatiga ham ega.Healthy Mix Foundation, Bourjois
Foto: CosmopolitanHealthy Mix Foundation teridagi xiralik kamaytirishga va sog‘lom, tiniq yuzni yaratishga yordam beruvchi o‘rta qoplamali va yorqin rangga ega. Bundan tashqari, mahsulot kristalli pigmentlar bilan to‘yintirilgan, u teriga yaxshi singadi va haqiqiy hayotda ham Instagram’dagi go‘zallik filtri vazifasini bajaradi.
Manba