Salomatlik Goʼzallik Ulama kiprik, kosmetik vositalar. Kipriklar ko‘p to‘kilishining sababi nimada?

Ulama kiprik, kosmetik vositalar. Kipriklar ko‘p to‘kilishining sababi nimada?

O'qildi: 430


Ulama kiprik, kosmetik vositalar. Kipriklar ko‘p to‘kilishining sababi nimada?

Kipriklar, soch tolalari kabi yangilanib turishi, ya’ni to‘kilgani o‘rniga yangisi chiqishi tabiiy hol. Kuniga o‘rtacha 3-5 ta kiprik to‘kilishi normal holat, ammo undan ko‘proq kuzatilsa, bunga befarq bo‘lish kerak emas. Harper’s Bazaar nashri kiprikning odatdagidan ko‘p to‘kilishining 5 sababi va bunda nima qilinishi kerakligiga to‘xtaldi.

Foto: Bright Side

Qo‘l bilan ko‘zga teginish

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bir soat ichida ko‘zlarga qo‘l bilan 12 martadan 20 martagacha tegiladi. Bu nafaqat ko‘zga mikrob kirishi, balki kiprik follikulalarining shikastlanishiga ham sababchi bo‘ladi. Agar kiprik sun’iy yo‘l bilan va odatdagidan avval to‘kilsa, uning o‘rniga yangisi o‘smasligi ehtimoli bor.

Noto‘g‘ri kosmetik vositalardan foydalanish

Ko‘z uchun ishlatiladigan va makiyajni o‘chirishda foydalaniladigan kosmetik vositalar kipriklar holatiga yaxshigina ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois bo‘lsa kerak mutaxassislar kundalik makiyaj uchun suvga chidamli tushlardan foydalanmaslikni tavsiya qiladi. Bunday tushlarning o‘chishi qiyinligi hisobiga yuvish vaqtida kipriklar shikastlanadi.

Kiprik qayirgichdan foydalanish

Uzun va qayrilgan kipriklar hammaning orzusi, lekin bu har kuni tabiatan to‘g‘ri kipriklarni qayirtirib, ularni shikastlash kerak degani emas. Gap shundaki, qayirgich kipriklarni sun’iy ravishda to‘kib, ildizlariga shikast yetkazadi. Kipriksiz qolishni istamasangiz, undan faqat muhim uchrashuv va marosimlarda foydalaning.

Ulama kipriklar

Notabiiy va qalin qilib ulangan sun’iy kipriklar tabiiy kipriklarga zarar yetkazadi, follikulalarga ortiqcha yuk bo‘lib, ularni shikastlanishiga olib keladi.

Nima qilish kerak?

Kiprik uchun mo‘ljallangan yog‘lardan foydalaning. Kipriklarni tiklaydigan, mustahkamlaydigan va uzunlashtiradigan, bir qancha tabiiy vositalar mavjud. Kosmetologlar vitamin E, omega-3 yog‘ kislotalariga boy, kiprik ildizini mustahkamlovchi va o‘stiruvchi xususiyatga ega kanakunjut moyidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Oziqlantirish

Kipriklarni nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham oziqlantirish kerakligini yodda tuting. Shunday ekan taomnomangizdan A, B7, va E vitaminlariga boy mahsulotlar o‘rin olishi kerak. Baliq mahsulotlari, yong‘oq, o‘simlik yog‘i, ko‘kat va sabzavotlar, shuningdek, donli mahsulotlarni iste’mol qiling.

Kiprik follikulalarini shikastlamang

Yuqorida ta’kidlangan barcha omillar kiprik follikulalariga shikast yetkazadi va buning oqibatida kipriklar to‘kilishi, boshqa o‘smasligi mumkin. Shundan kelib chiqib odatlaringizni o‘zgartiring.

Mavzuga doir: 

  • Muammoli yuz terisi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlaymiz
  • Ortiqcha makiyajsiz, tabiiy go‘zal ko‘rinishning 5 usuli
  • osh ko‘rinish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
  • Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
  • Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.