Salomatlik Goʼzallik Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya

Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya

O'qildi: 336


Ikki haftada qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beruvchi 5 ta tavsiya

Qaddi-qomatning chiroyli bo‘lishiga istalgan yoshda ham erishish mumkin. Faqat buning uchun shunchaki xohishning o‘zi bilan cheklanmasdan harakat qilish kerak. Cosmopolitan nashri ikki hafta davomida qorindagi yog‘ni ketkazishga yordam beradigan 5 tavsiya bilan bo‘lishadi.

Foto: Pixabay

Nonushtadan avval jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning

Aslida nonushtadan avval sayr qilish tavsiya qilnadi, lekin hozirgi karantin vaqtida emas. Shunday ekan, tonggi sayr o‘rniga yengil jismoniy tarbiya mashqlari bilan shug‘ullaning. Mashqlarni bajarishdan avval deraza pardalarini ochib, xonani toza havo bilan ta’minlashni unutmang. Mashg‘ulotni shunday tashkil qilingki, yegan ovqatingizga yarasha energiya sarflansin. Tonggi mashqlar kun bo‘yi o‘zingizni yaxshi his qilishingiz va tetik bo‘lishingizga yordam beradi hamda yurak qon-tomir kasalliklaridan profilaktika sanaladi.

Nonushtangiz donli mahsulotlardan iborat bo‘lsin

Eng yaxshi nonushta bu — suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa va unga qo‘shilgan barra mevalar hisoblanadi. Suli tarkibida klechatkalar ko‘p bo‘lib, ovqat hazm qilish sistemasining yaxshilanishida ahamiyatli. Suli yormasi bilan tutilgan parhez ozishga ko‘maklashadi, hazm qilish jarayonida yordam beradi, to‘qlikni saqlaydi, buning natijasida kishi ozishi osonlashadi.

Qizil mevalar iste’mol qiling

Qizil mahsulotlarda uchraydigan ozuqa moddalari flavonoid deb ataladi. Ular yog‘ to‘planishi uchun javob beradigan genlar faoliyatiga ta’sir qiladi. Shu bois ratsioningizda qizil mevalar qancha ko‘p bo‘lsa, organizmda yog‘ miqdori shuncha sekin ko‘payadi.

Avakado yeng

Ko‘pchilik avakadoda kaloriya ko‘p ekani sabab uni iste’mol qilishdan cho‘chiydi, aslida esa ushbu foydali meva ozishga yordam beradi. Hafta davomida avakado iste’mol qilib, 3 kilogramm vazn tashlash mumkin. Uning tarkibidagi moddalar xolesterinni kamaytirib, ochlik hissini to‘xtatish xususiyatiga ega.

Tuxum yeyishni kanda qilmang

Tuxum oqsil manbai sanaladi, organizmni kerakli moddalar bilan ta’minlaydi. Tuxum tanovvul qilish natijasida teri ostidagi yog‘ kamayadi. Tarkibida inson uchun kerak bo‘lgan barcha vitaminlar bor. Tuxum oqsil jihatidan go‘sht o‘rnini bosa oladi. Parhez tutuvchilar va vazn tashlashni istaganlarning kundalik ozuqasiga tuxum kiritilishi tavsiya etiladi.

Karantinda yanada ortiqcha vazn to‘plashni istamasangiz, zerikkaningizda emas, och qolganingizda ovqatlaning. Har kuni kerakli miqdorda suv ichishni kanda qilmang hamda kechki ovqatni meva va sabzavotlar bilan almashtiring.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.