Homiladorlik alomatlari va belgilari — salomatlik o’zgarishlari, tibbiy ko’rsatkichlar
O'qildi: 2 823
Hayz kelishining kechikishi — homiladorlik boshlanganligi ehtimolini bildiruvchi birinchi belgi. Biroq ayol bundan ham oldin organizmida noodatiy hodisalar sodir bo’layotganini sezishi mumkin. Ishonchli belgilar esa 5-haftaga kelib namoyon bo’la boshlaydi.
Yangi hayotning paydo bo’lishi — ayol organizmni tomonidan mukammal tarzda boshqariladigan mukammal mexanizm. Afsuski, ayolning reproduktiv tizimi homiladorlikning dastlabki belgilarini urug’lanishdan keyin darhol ifodalay olmaydi. Ushbu holatni faqat turli bosqichlarida yuzaga keladigan xarakterli belgilar orqali bilib olish mumkin.
Urug’lanish vaqtidan boshlab bo’lajak ona organizmida bir qator gormonal va boshqa turdagi o’zgarishlar «start oladi». Barcha organlar va tizimlar gormonlar o’zgarishi ta’siriga uchraydi.
Homiladorlik haqida so’zlaydigan birinchi alomatlar:
Tibbiy amaliyotda ayollar homiladorlikni 5-kunidayoq aniqlash hollari uchragan. Albatta bu yerda o’z organizmiga diqqat bilan quloq soladigan va hatto eng kichik o’zgarishlarni his qiladigan ayollar haqida gap bormoqda. Homiladorlikning 20-kuniga kelib belgilar aniqroq ko’rinishga ega bo’ladi.
Gormonal fonning o’zgarishi tufayli ayollarda bosh og’rig’i, to’satdan yuz beradigan ruhiy tushkunlik yoki emotsional beqarorlik kuzatilishi hollaro qayd etilgan.
Urug’lantirish boshlanishi bilan dumg’aza mintaqasida tortuvchi og’riq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, bu alomat buyrak kasalligiga ham ishora bo’lib xizmat qiladi.
Bachadon bo’shlig’idagi mahalliy o’zgarishlar sanchish hissini keltirib chiqarishi mumkin. Biroq bu har doim ham kuzatilmaydi.
Bundan tashqari siyna atrofidagi terining qorayishi — emizish uchun tayyorgarlikning yana bir alomatidir.
Qorinning oq chizig’i pigmentatsiyasining o’zgarishi
Homilador ayollarda xarakterli pigmentar «yo’lakcha» hosil bo’ladi. U kindikdan chov suyagining yuqori qismigacha cho’ziladi.
Modda almashinuvidagi o’zgarishlar tufayli oyoq mushaklarining tortishishi qayd qilinadi. Bo’lajak onalar qon bosimi oshishiga moyil bo’lishadi, ammo bu ko’rsatkichning pasayishi ham ko’rsatkich sifatida xizmat qilishi mumkin.
Homiladorlik ba’zi muammolarsiz davom etishi uchun ayol tanasida immunitetning pasayishi yuz beradi. Tez-tez shamollash va O’RVI hollari ham homiladorlik alomati sifatida xizmat qilishi mumkin. Mahalliy immunitetning pasayishi natijasida kandidoz kabi zamburug’li kasallik rivojlanishi mumkin.
Gormonal o’zgarishlar isitma va varaja qilishga sabab bo’la oladi. Bunda organizm termoregulyatsiyaning buzilishi hech qanday rol o’ynamaydi.
Ekspress-testlar homiladorlik belgilarini urug’antirishdan keyin darhol aniqlay olmaydi. Buning sababi shuki, xorionik gonadotropin (OXG) darajasi asta-sekin o’sib boradi va erta davrlarda normal miqdorda saqlanib qoladi. Testlardan ishonchli natijalar urug’lantirishdan 14 kun o’tgach olinishi mumkin.
Hayz kelishi homila tushib qolish xavfini keltirib chiqaradigan bachadondan qon ketishi bilan bog’liq emas. Bu davrda og’riq sindromining pasayishi yoki kuchayishi, shuningdek qon ketishining kamayishi kuzatiladi. Biroq bu bachadondan tashqari homiladorlik yoki bachadondan qon ketishi kabi xavfli patologiyalarning alomatiga o’xshash bo’lganligi bois, ginekologga tashrif buyurish tavsiya etiladi.
Yangi hayotning paydo bo’lishi — ayol organizmni tomonidan mukammal tarzda boshqariladigan mukammal mexanizm. Afsuski, ayolning reproduktiv tizimi homiladorlikning dastlabki belgilarini urug’lanishdan keyin darhol ifodalay olmaydi. Ushbu holatni faqat turli bosqichlarida yuzaga keladigan xarakterli belgilar orqali bilib olish mumkin.
Har bir ayol organizmining individualligini hisobga olgan holda, ba’zi ayollarda quyidagi belgilarning barchasi kuzatilsa, boshqalarda faqatgina bittasi yoki hech biri kuzatilmasligi ehtimoli mavjud.
Homiladorlik belgilari
Ayol homiladorligini qancha barvaqt aniqlasa, maxsus tekshiruvdan o’tish uchun shuncha ko’proq vaqt bo’ladi. Albatta homiladorlikning birinchi kunlarida hech qanday belgilar kuzatilmaydi.Urug’lanish vaqtidan boshlab bo’lajak ona organizmida bir qator gormonal va boshqa turdagi o’zgarishlar «start oladi». Barcha organlar va tizimlar gormonlar o’zgarishi ta’siriga uchraydi.
Homiladorlik haqida so’zlaydigan birinchi alomatlar:
- Hayz kechikishi. Tuxum hujayrasi urug’lantirilganda menstruatsiyaning ushlanib qolishi kuzatiladi, chunki oldin rad etilgan endometriy endi homilaning to’liq rivojlanishi uchun zarur bo’ladi. Biroq hayzning kechikishi ishonchli belgi sifatida qaralmasligi kerak, chunki bu holat reproduktiv tizim kasalliklari, stress va patologik gormonal o’zgarishlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Hayzning kechikishiga o’ziga xos boshqa alomatlar hamrohlik qilishi kerak.
- Sut bezlarining kengayishi va og’rishi. Ayol ko’kragi organizmidagi gormonal o’zgarishlarga juda sezgir. Homiladorlik boshlanishida ko’krak hajmining biroz kattalashishi, siyna sezgirligining ortishi va og’rishi kuzatiladi. Ko’p hollarda areola (ko’krakning pigmentiv sohasi) hududida ilgari yaqqol aniqlanmagan bo’rtmachalarning o’sishi kuzatiladi.
- Tez-tez peshob chiqarish. Ushbu belgi OXG (odam xorionik gonadotropini) ishlab chiqarilishining ortishi fonida shakllanadi. Peshob chiqarishga undash hatto qovuqning oz miqdorda to’lganligida ham bezovta qilishi mumkin. Ushbu belgi asosan kechasi kuzatiladi.
- Ta’m xohishidagi o’zgarish. Gormonlar darajasining o’zgarishi turli mahsulotlarga ko’ngil ketishiga olib keladi. Ayol bu davrda ilgari hush ko’rmagan oziq-ovqat mahsulotlarni iste’mol qilgisi kelishi va aksincha, oldin xush ko’rgan taomlaridan ko’nglini ko’tarishi qayd qilinadi. Bundan tashqari, og’izda metall ta’mi sezilishi mumkin.
- Charchoq va uyquchanlik. Ko’pincha birinchi homiladorlikda yuzaga keladi. Organizmdagi modda almashinuvi jarayonlarning tezlashishi charchoq hissi, uyquchanlik va dam olish istagi paydo bo’lishiga olib keladi. Ishlab chiqariladigan progesteron gormoni organizmga tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Charchoq hissi ayollarga kun bo’yi hamrohlik qiladi.
- Ko’ngil aynishi. Ushbu belgi dastlabki 6 hafta uchun uchun xosdir. Ba’zan ushbu alomat homiladorlikning 20-kuni paydo bo’ladi. Ko’ngil aynishini ishonchli belgilardan biri deb atab bo’lmaydi, chunki bu alomat oshqozon-ichak, yurak-tomir va markaziy asab tizimi kasalliklariga ham xosdir. Faqat boshqa alomatlar bilan birgalikda qayd qilinganda homiladorlikka ishora etishi mumkin.
Ishonchli tashxis qo’yish uchun mutaxassis fikrini hisobga olish muhimdir. Tibbiy konsultatsiya jarayonida homiladorlikning dastlabki belgilari qaysi kuni rivojlanishi va qanday qilib ularni ajratish mumkinligini bilib olish mumkin.
Emizish davrida
Agar onada emizikli chaqaloq bo’lsa, u holda quyidagi belgilar yangi homiladorlik to’g’risida xabar berishi mumkin:- Ona sutining sifat ko’rsatkichlari o’zgarishi. Homiladorlik paytida gormonal fonning o’zgarishi ona suti sifatiga ta’sir qiladi. Ko’pincha bolalar bunday sutni qabul qilishdan bosh tortishadi;
- Sut bezlarida sut miqdorini kamayishi;
- Bolani emizishda noxush tuyg’ular. Bu davrda sut bezlari qattiqlashadi, siynalar dag’allashadi va og’riydi.
Urug’lantirishdan keyin birinchi kunlarda
Tuxum hujayra urug’lantirilishidan so’ng bo’linish va embrionga aylanishni boshlaydi. Bundan tashqari, tuxum hujayra bachadon naysidan bachadon bo’shlig’iga ko’chib o’tadi va shilliq qavatiga birikadi. Ushbu davr ichida homiladorlik alomatlari kuzatilmasligi ham mumkin.Homiladorlikni erta muddatda aniqlash muhimligi
Har bir ayol homiladorlikni ilk belgilari qanday ekanligini bilishi muhimdir. Buning sabablari quyidagilar bilan bog’liq:- Homilaning patologik (bachadondan tashqari) shakllanishining yuqori xavfi;
- Rivojlanishning dastlabki bosqichlarida homilaning genetik kasalliklarini tashxislash imkoniyati;
- Tibbiy sabablarga ko’ra homiladorlikni to’xtatish imkoniyati.
Homiladorlikning dastlabki belgilari paydo bo’lgan vaqtda ayollar konsultatsiyasiga murojaat qilish kerak. Agar tashxis tasdiqlansa va ayol homiladorlikni davom ettirmoqchi bo’lsa, u ro’yxatdan o’tkaziladi.
Birinchi belgilar qachon kuzatiladi
Bu masalada har bir ayol organizmining individualligini hisobga olish lozim. Homiladorlik belgilari tuxum hujayra urug’lantirilgan paytdan boshlab 8-10 kun ichida kuzatilishi mumkin. Ushbu davr organizmning gormonal o’zgarishlarga nisbatan sezgirligiga qarab farqlanadi.Tibbiy amaliyotda ayollar homiladorlikni 5-kunidayoq aniqlash hollari uchragan. Albatta bu yerda o’z organizmiga diqqat bilan quloq soladigan va hatto eng kichik o’zgarishlarni his qiladigan ayollar haqida gap bormoqda. Homiladorlikning 20-kuniga kelib belgilar aniqroq ko’rinishga ega bo’ladi.
Ayollar o’z vaziyatini faqat ishonchli alomatlar paydo bo’lgandan keyin tasdiqlashlari mumkin.
Ikkinchi darajali alomatlar
Vaziyatni tasdiqlashga homiladorlikning ikkilamchi belgilari ko’maklashishi mumkin. Ular ayolning gormonal fonidagi o’zgarishlarni aks ettiradi. Bunday belgilar ishonchli ma’lumotlarga tenglasha olmaydi, biroq e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydigan darajada ahamiyat tutadi.Bazal haroratning ko’tarilishi
Ayol hayz siklini muntazam kuzatib turganda, u bazal (tinch holatida, uyqu vaqida, ertalab) haroratning 37 darajagacha ko’tarilishini aniqlashi mumkin. Ushbu ko’rsatkichning o’zgarishi progesteronning yuqori darajasi bilan tushuntiriladi.Chanoq sohasidagi og’irlik hissi
Urug’lantirish holatida tos a’zolarining qon ta’minotida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Buning oqibatida ayol og’irlik va siqish hissini sezishi mumkin. Kichik chanoqda qon aylanishining kuchayishi tufayli o’tirgan holatda noqulaylik hissi yuzaga kelishi ham kuzatiladi.Asab tizimida o’zgarishlar
Charchoq hissi ko’pincha asabiy taranglik va uyqusizlik bilan almashib turadi. Bo’lajak onalarning uyquga ketishi qiyin kechishi mumkin.Gormonal fonning o’zgarishi tufayli ayollarda bosh og’rig’i, to’satdan yuz beradigan ruhiy tushkunlik yoki emotsional beqarorlik kuzatilishi hollaro qayd etilgan.
Qorin pastki qismi, dumg’azada og’riqlar
Ushbu alomat ektopik homiladorlik yoki bola tushishi shakllanishida o’zini namoyon qilishi mumkin. Agar homiladorlikning boshlanishi o’z-o’zidan to’xtasa, qorinning pastki sohasida og’riq sindromi va qindan qon ketishi seziladi.Urug’lantirish boshlanishi bilan dumg’aza mintaqasida tortuvchi og’riq bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, bu alomat buyrak kasalligiga ham ishora bo’lib xizmat qiladi.
Bachadon bo’shlig’idagi mahalliy o’zgarishlar sanchish hissini keltirib chiqarishi mumkin. Biroq bu har doim ham kuzatilmaydi.
Hid bilishning kuchayishi
Agar ayol oldinlari ba’zi hidlarga e’tibor bermagan bo’lsa, homiladorlik paytidan boshlab ulardan nafratlanishi mumkin. Xuddi shu narsa ba’zi mahsulotlarning ta’miga nisbatan ham kuzatiladi.Implantatsion qon ketish
Homiladorlikning dastlabki bosqichlarida ayol qinidan qonli ajralmalar ajralib turishi mumkin. Bu bachadon devoriga urug’lantirilgan tuxumning birikishini ko’rsatadi.Hazm qilish buzilishlari
Homiladorlikning ikkilamchi belgilari sifatida qusish, qabziyat (ich qotishi) yoki diareya (ich ketishi), kekirish namoyon bo’lishi mumkin. Gormonlar miqdorining oshishi ichak muskullarining bo’shashib qolishiga hissa qo’shadi. Natijada meteorizm kuzatiladi.Tana vaznining o’zgarishi
Homiladorlikda organizm rivojlanayotgan homilani zarur oziq moddalari bilan ta’minlashga intilganida, ayol tana vaznining ortishi qayd etilishi mumkin. Modda almashinuvi jarayonlarning tezlashishi ishtahaning oshishiga olib keladi.Yuzdagi o’zgarishlar
Agar ayol ilgari teri bilan bog’liq muammolarni boshdan kechirmagan bo’lsa, homiladorlik paytida yuz sohasida akne (husnbuzar) paydo bo’lishi mumkin. Gormonal fonning o’zgarishi shuningdek qon tomirlarning tonusiga ta’sir qilib, ularni kengayishga moyil qilib qo’yadi. Natijada yuz qizarishi kuzatiladi.Ko’krakda o’zgarishlar
Urug’lantirishidan boshlab, ayol tanasi chaqaloqni emizish uchun tayyorlana boshlaydi. Xarakterli venoz naqshlarining paydo bo’lishi sut bezlarini laktatsiya (emizish) uchun tayyorlanishini nazarda tutadi.Bundan tashqari siyna atrofidagi terining qorayishi — emizish uchun tayyorgarlikning yana bir alomatidir.
Qorinning oq chizig’i pigmentatsiyasining o’zgarishi
Homilador ayollarda xarakterli pigmentar «yo’lakcha» hosil bo’ladi. U kindikdan chov suyagining yuqori qismigacha cho’ziladi.
Salomatlikning boshqa o’zgarishlari
Agar ayol homiladorlikdan oldin gemorroy kasalligiga chalingan bo’lsa, endida kasallik og’irlashishi mumkin. Tanada suyuqlik ushlanib qolishi oqibatida yuz, qo’l va oyoqlarda shishlar rivojlanishi kuzatiladi.Modda almashinuvidagi o’zgarishlar tufayli oyoq mushaklarining tortishishi qayd qilinadi. Bo’lajak onalar qon bosimi oshishiga moyil bo’lishadi, ammo bu ko’rsatkichning pasayishi ham ko’rsatkich sifatida xizmat qilishi mumkin.
Homiladorlik ba’zi muammolarsiz davom etishi uchun ayol tanasida immunitetning pasayishi yuz beradi. Tez-tez shamollash va O’RVI hollari ham homiladorlik alomati sifatida xizmat qilishi mumkin. Mahalliy immunitetning pasayishi natijasida kandidoz kabi zamburug’li kasallik rivojlanishi mumkin.
Gormonal o’zgarishlar isitma va varaja qilishga sabab bo’la oladi. Bunda organizm termoregulyatsiyaning buzilishi hech qanday rol o’ynamaydi.
Tibbiy usullar
Maxsus tashxis usullari gestatsion davrning 5-kunidayoq homiladorlikni ishonchli tarzda aniqlay oladi.Ekspress-testlar homiladorlik belgilarini urug’antirishdan keyin darhol aniqlay olmaydi. Buning sababi shuki, xorionik gonadotropin (OXG) darajasi asta-sekin o’sib boradi va erta davrlarda normal miqdorda saqlanib qoladi. Testlardan ishonchli natijalar urug’lantirishdan 14 kun o’tgach olinishi mumkin.
Ginekologik tekshiruv
Homiladorlik ginekologik tekshiruvlar natijasida tasdiqlanishi mumkin bo’ladi. Klinik ko’rsatkichlarga quyidagilar misol bo’la oladi:- Bachadon hajmining kattalashishi, konsistentsiyasining o’zgarishi va harakatchanligining ortishi;
- Tashqi jinsiy a’zolar rangining o’zgarishi;
- Bachadon bo’ynining yumshalishi;
- Bachadonning siljishi.
OXG darajasining oshishi
Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun laborator qon tahlili o’tkaziladi. Maksimal tahlil ma’lumotlari homiladorlikning 13-14 kunida kuzatiladi. Gormonning ko’payishi reproduktiv tizim organlari kasalliklari va ektopik homiadorlikda ham yuz beradi.Ultratovushli tekshiruv (UTT)
Dastlabki bosqichlarda tashxislashning informativ usullaridan biri ultratovushli tekshiruv (UZI) hisoblanadi. Bu usul yordamida homiladorlikni urug’lantirishdan 3 hafta o’tgach tasdiqlash mumkin. Tadqiqot abdominal yoki transvaginal sensor yordamida amalga oshiriladi. UTTdan tashqari, hayz siklining 20-kunida homiladorlikning belgilari ekspress usullar yordamida aniqlanadi.Ro’yxatda keltirilgan alomatlar har doim yangi hayotning tug’ilishini ko’rsatmaydi. Homiladorlikning ikkilamchi belgilari turli xil organlar va tizimlarning surunkali kasalliklar alomatlari bo’lishi mumkin. Vaziyatni tasdiqlash yoki rad etish uchun faqat ishonchli alomatlarg tayanish, shuningdek, tibbiy ko’rikdan o’tish mumkin.
Homiladorlikda hayz ko’rish
Tibbiy amaliyotda «rangli homiladorlik» kabi tushuncha mavjud. Bu homilador ayol urug’lantirish sodir bo’lganidan keyin ham odatiy hayz ko’rishga duch kelishi degani. Ushbu hodisa homiladorlik boshlangan kundan hisoban 3-4 oy davom etishi mumkin.Hayz kelishi homila tushib qolish xavfini keltirib chiqaradigan bachadondan qon ketishi bilan bog’liq emas. Bu davrda og’riq sindromining pasayishi yoki kuchayishi, shuningdek qon ketishining kamayishi kuzatiladi. Biroq bu bachadondan tashqari homiladorlik yoki bachadondan qon ketishi kabi xavfli patologiyalarning alomatiga o’xshash bo’lganligi bois, ginekologga tashrif buyurish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.