Kuzda organizmni virusli kasalliklarga qanday tayyorlash kerak?
Kuz — virusli kasalliklar tanaga hujumini kuchaytiradigan vaqt va bu paytda immunitet tizimi kuchaytirilgan himoyaga muhtoj bo‘ladi. Sovuq havo boshlanishi paytida uni samarali tarzda qo‘llab-quvvatlashning bir qancha usullari mavjud. Immunitetni qanday mustahkamlashni bilsangiz, kasalliklar haqida tashvishlanishga hojat yo‘q. Buning uchun siz bir nechta oddiy qoidalarga amal qilishingiz kerak.
Foto: Marie ClaireYaxshi va yetarli darajada uxlang
Har bir inson bolaligidanoq sog‘lom uyqu salomatlikning kaliti ekanligini biladi. Hech o‘ylab ko‘rganimisiz, nega kasal bo‘lib qolganimizda instinktiv ravishda to‘shagimizni tark etishga shoshilmaymiz?Gap shundaki, uyqu paytida tanamizda bir qator gormonlar, xususan, tanamizning asosiy himoya hujayralaridan biri — limfotsitlarning faollashuvida ishtirok etadigan o‘sish gormoni va melatonin ajralib chiqadi. Shuning uchun qattiq uyquga ketgan vaqtimizda immunitetimiz bizni virus va bakteriyalardan faol himoya qiladi.
Shuning uchun qulayroq yostiq sotib olishimiz va o‘zimizni kamida yetti soatlik yaxshi tungi uyqu bilan ta’minlashimiz kerak. Uyquga yotishdan oldin xonani shamollatishingiz kerak, yuqori kislorod miqdori miya qon aylanishiga yordam beradi.
Foto: Marie ClaireSirkad ritmlar hosil bo‘lishi uchun o‘zingizni bir xil vatqda uyquga yotishga o‘rgatish juda muhim. Keyin organizmning o‘zi uyqu uchun zarur bo‘lgan soatlar sonini aniqlaydi. Misol uchun, organizmning tiklanishi uchun ayrim kishilarga yetti soat, boshqasiga esa sakkiz soat kerak bo‘ladi. Aytgancha, bu ayniqsa migren bilan og‘riganlar uchun bosh og‘rig‘ini oldini olishning yaxshi usuli hisoblanadi.
To‘g‘ri ovqatlanish
Organizmni barcha turdagi oziq moddalar — oqsillar, yog‘lar va uglevodlar bilan ta’minlash juda muhim. Kuz muntazam parhezlar uchun eng yaxshi vaqt emas.
Bundan tashqari, parhezingizga ko‘proq vitaminlar qo‘shishingiz kerak, masalan, o‘tli damlamalar, mevalar, yangi uzilgan sabzavotlar va yong‘oqlardan foydalanish mumkin. Birinchi navbatda, yangi uzilgan meva va sabzavotlarni, ayniqsa mavsumiy vitaminlar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling.
Foto: Marie ClaireMeva va sabzavotlar har kungi ovqatlanish ratsioningizda bo‘lishi kerak, bu holatda organizm vitaminlar bilan ta’minlanadi va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, C vitamini organizmda to‘planmaydi, ya’ni uni har kuni ovqat bilan birga olish kerak.
Sport — salomatlik va yaxshi kayfiyat garovi
Sport bilan shug‘ullanish qonimizni kislorod bilan boyitishi, chidamlilikni rivojlantirishga yordam berishi va stress darajasini kamaytirishi isbotlangan. Agar sport bilan shug‘ullanish uchun vaqtingiz bo‘lmasa, piyoda yurishni odatingizga aylantiring.
Bundan tashqari, aerob va anaerob mashqlarni muqobili bilan almashtirish juda foydali. Sport zalida va toza havoda mashq qilishda turli mushak guruhlari stressni boshdan kechiradi. Bu kislorodning turli xil to‘yinganligi bilan bog‘liq. Bunday almashinish nafaqat mushak to‘qimalarining uyg‘un rivojlanishini ta’minlaydi, balki vazn yo‘qotish jarayoniga ham hissa qo‘shadi.
Foto: Marie ClaireYillik emlanishni o‘tkazib yubormang
Har bir inson yordamga muhtoj va bizning immunitetimiz bundan ham mustasno emas. O‘z vaqtida emlanish tufayli siz immunitet tizimini zaiflashgan va butunlay xavfsiz patogenlar bilan “tanishtirish” orqali kasallikning boshlanishini samarali ravishda oldini olishingiz, shuningdek kelajakda uning sovuq mavsumda haqiqiy patogenlardan faol himoyalanishga tayyorligini oshirishingiz mumkin.
Grippga qarshi emlash uchun optimal vaqt — kuzning boshi.(sentabr va oktabr oylari). To‘liq himoyani rivojlantirish uchun kamida 2-4 hafta kerakligini hisobga olish kerak.
Virusli mavsum arafasida har yili grippga qarshi emlanish va pnevmoniyaning asosiy qo‘zg‘atuvchisi — pnevmokokka qarshi har besh yilda bir marta emlanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari siz yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi revaksinatsiyadan o‘tishingiz kerak.
Foto: Marie ClaireGrippga qarshi emlanish nafaqat virusga qarshi immunitetni shakllantirishi, balki sog‘lom insonlarda ham, yurak-qon tomir tizimining mavjud kasalliklari bo‘lgan insonlarda ham yurak-qon tomir tizimini himoya qilishga katta hissa qo‘shadi.
Amerika kardiologlar assotsiatsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, grippga qarshi vaksina olgan yurak xastaligi bo‘lgan bemorlarda o‘limga olib keladigan oqibatlar xavfi grippga qarshi vaksina olmaganlarga qaraganda 18 foizga ga kam bo‘lgan. Boshqa kasalliklardan o‘lim xavfi 28 foizga, grippga qarshi emlanganlarda esa yurak muammolarini boshdan kechirish xavfi 13 foizga kamaygan.
Manba