Salomatlik Goʼzallik Dolzarb savol: laminatsiyami yoki ulama kiprik? Ularning ijobiy va salbiy tomonlari

Dolzarb savol: laminatsiyami yoki ulama kiprik? Ularning ijobiy va salbiy tomonlari

O'qildi: 525


Dolzarb savol: laminatsiyami yoki ulama kiprik? Ularning ijobiy va salbiy tomonlari

Laminatsiya kipriklarga urg‘u beradi. Ulama kiprik esa butunlay yangi effektni hosil qiladi. Ammo ushbu go‘zallik muolajalarining kamchiliklari hamda afzalliklari bor.

Foto: Pinterest

Qalin va qayrilgan kipriklar barcha makiyajda alohida o‘ringa ega. Ushbu ta’sirga erishish uchun faqat ikkita usul mavjud – laminatsiya yoki kiprik ulash.

Laminatsiya

Laminatsiya – bu yoqimli estetik ta’sirga ega bo‘lgan muolaja. Buning uchun kiprikning qay darajada egilishi xohishga ko‘ra tanlanadi. Kipriklar ehtiyotkorlik bilan yotqiziladi va navbat bilan bir nechta maxsus muolajalar qo‘llaniladi. Birinchidan, kiprik donalarini yumshatadi, ikkinchidan, ularga egilishni beradi, uchinchidan, ularni zichroq qiladi va shakllarini tuzatadi. Laminatsiyaning tarkibi mutlaqo xavfsizdir  – tarkibida kollagen, vitaminlar va fiksatif mavjud. Jarayon, taxminan, bir yarim soat davom etadi va ta’sirning o‘zi taxminan bir oygacha yetadi.

Foto: Pinterest

Ta’sir kuchi

Laminatsiya kipriklarni vizual ravishda uzaytiradi, ularni zichroq qiladi va chiroyli shakl beradi. Jarayondan so‘ng kipriklar tabiiy ko‘rinadi. Kipriklarni yanada qalinlashtirish uchun ularni tush bilan bo‘yash mumkin.

Ijobiy va salbiy tomonlari

Birinchidan, bu kiprik ulashdan ko‘ra tezroq amalga oshadi. Ikkinchidan, laminatsiyadan so‘ng kipriklarni tarash va uslublash uchun doimo cho‘tka olib yurishning hojati yo‘q. Hammasi tabiiy ko‘rinadi. Yostiqda yuz bilan uxlash, tush bilan bo‘yash va qisqich bilan qo‘shimcha egrilik qo‘shish mumkin.

Salbiy tomoni shundaki, qo‘shimcha hajmni kutmaslik kerak. Laminatsiya kipriklar ulanganidek aniq va ravshan ko‘rinmaydi. Ta’siri juda tabiiy. Agar fotosessiya uchun rasm yoki qo‘g‘irchoq kiprigi kabi yaxshi ko‘rinish kerak bo‘lsa, ulama kiprikni tanlagan ma’qul.

Kiprik ektirish

Kiprik ektirish yordamida ularning zichligini, hajmini, shaklini va hatto rangini ham o‘zgartirish mumkin. Ko‘proq tabiiy ko‘rinishdagi ulama kipriklarga ega bo‘lish uchun klassik variantni tanlash tavsiya etiladi. Kattaroq zichlik uchun 2D yoki 3D effekti ham mavjud. Jarayon taxminan 2-3 soat davom etadi, davomiyligi esa tolalar hajmiga bog‘liq.

Foto: Pinterest

Ta’sir kuchi

Natija to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlangan ta’sirga bog‘liq. Klassik tabiiy zichlikni beradi, 3D esa kipriklarni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi. Ammo kipriklar qalin va egri ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu kabi natijaga eng sifatli tush bilan ham erishib bo‘lmaydi.

Ijobiy va salbiy tomonlari

Asosiy yaxshi tomoni, tush bilan ko‘zni bo‘yash haqida kamida 2-3 haftaga unutish mumkin. Shuningdek, yaxshi uxlash va deyarli bo‘yanish bilan uyg‘onish mumkin. Kipriklar namlikdan, harorat o‘zgarishidan qo‘rqmaydi va har doim sanoqsizdek tuyuladi. Bu kamdan kam uchraydigan va tabiiy ravishda ingichka kiprikli qizlar uchun haqiqiy najotdir.

Kiprik ulash kamida 2,5 soat davom etadi va bu vaqt davomida ko‘zni ochmasdan yotish juda qiyin. Ba’zi yelimga allergiyasi bor qizlarda ko‘zning qizarishi 2-3 kun davom etadi. Kipriklarni doimo tarashga o‘rgatish kerak, shunda ular chiroyli bo‘lib ko‘rinadi va aniq ajralib turadi. Kipriklar uzoqroq turishi va shakllarini yo‘qotmasligi uchun ko‘zlarni silash va yuz bilan uxlash odatidan voz kechish kerak bo‘ladi. Kiprik ektirishning asosiy kamchiligi shundaki, 3-4 haftadan so‘ng ular tusha boshlaydi va orada aniq bo‘shliqlar paydo bo‘ladi. Bunda birdaniga hammasidan voz kechish yoki ularni qayta tiklash kerak bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.