Salomatlik Goʼzallik Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

O'qildi: 447


Makiyajda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan 10 xato

Makiyaj tabiiy go‘zallikka urg‘u berish va yanada chiroyli ko‘rinish uchun qilinadi, lekin ayrim xatolar tufayli istalgan natijaga erishmaslik mumkin. Quyida obrazni buzishi mumkin bo‘lgan makiyajdagi 10 xatoni e’lon qilamiz.

Foto: SM News

Tonal krem rangining noto‘g‘ri tanlanishi

Foto: Cosmopolitan

Oppoq qizning yuzi qizg‘ish, bug‘doyranglilar esa oppoq bo‘lib ko‘rinmasligi uchun yuz va teri rangidan kelib chiqib tonal krem tanlash kerak bo‘ladi, aks holda, yuzdagi kamchiliklarni berkitaman deb yuzga niqob qilib olgandek ko‘rinish mumkin.

To‘q konsillerdan foydalanish

Konsillerdan foydalanishda uning rangi va tarkibiga e’tibor qarating. Konsillerning haddan ortiq to‘q rangi yuzingizdagi tabiiylikni yo‘​qotib, yoshingizga nisbatan katta ko‘rsatishi mumkin.

Tonal kremsiz pudra surtmang

Yuzga pudradan avval tonal krem surtishni unutmang. Chunki tonal krem asos bo‘lib xizmat qiladi, asossiz quruq pudra esa yuzni quritib yuboradi, yuzdagi tabiiy namlik yo‘​qolishiga sababchi bo‘ladi.

Tushsiz ko‘z makiyaji

Foto: Liza UA

Rangli ten surtib, tush surtmaslik ko‘zlarni charchagandek ko‘rsatadi, kipriklarga ten qoldiqlari esa tartibsiz ko‘rsatadi. Bunday bo‘yanish esa tugallanmagan makiyaj deyiladi.

Ko‘zga bo‘rttirib “strelka” chizish

Podvodka orqali “strelka” chizish ko‘zni katta-katta qilib ko‘rsatishi rost, ammo bu borada me’yorni unutmaslik kerak. “Strelka” kipriklardan ancha tepada qalin va ko‘zning tashqi burchagidan ancha tashqarida bo‘lmasligi kerak. Bu obrazni bachkana, e’tibor tortadigan va notabiiy ko‘rsatadi.

Chizilgan qoshlar

Foto: Getty Images

Qosh ustidan qalam yoki ten bilan bo‘rttirib chizish kishini karikatura qahramoni singari ko‘rsatadi. Tartibsiz qoshlarni gel va balzam bilan bir yo‘nalishga keltirish, chetlarini qalam yordamida ozgina shakl berish kifoya.

Yuzni haddan ortiq qizartirib olish

Rumyana surtish yuz yanog‘ini qip-qizil qilib, “Marfusha” bo‘lib olish kerak degani emas. Avvalo rumyanani tanlaganda teri rangiga, uning quruq yoki yog‘li ekaniga, yuzga surtilganda tabiiy qizg‘ishdek tuyulishiga e’tibor qaratish kerak. Me’yorida ishlatilgan rumyana qiyofani chiroyli va jozibador ko‘rsatadi.

Lab chetini chiqarib bo‘yash

Makiyajni tartibsiz va didsiz ko‘rsatish uchun ko‘p narsa shart emas, shunchaki, labning tabiiy chizig‘idan tashqariga to‘q qalam bilan chizish yetarli. Bunday obraz, birinchidan, notabiiy; ikkinchidan, kulgili ko‘rinadi. Rangiga mos va shaklidan chiqarilmasdan surilgan qalam aksincha lablarga sayqal beradi.

Yuzning barcha qismini yaltiratish

Foto: Hollywood life

Haylayter yuzning butun qismini yaltiratish uchun ishlatilmasligi kerak. Yuzning burunga yaqin qismi shundoq ham yaltiraydigan zona bo‘ladi, uning ustidan surilgan haylayter yuzdagi yog‘​ bilan qo‘​shilib, qiyofani xunuk ko‘rsatadi.

Haddan ortiq konturing

Konturing yuzni ixchamroq ko‘rsatar ekan, deb keragidan ortiq qoraytirish yuzga chizilgandek tasavvur uyg‘otadi. Konturing qilishdan avval uning texnikasi bilan internetdagi videolar orqali yaxshilab tanishib chiqing, keyin bo‘lsa teringiz rangi va yoshingizga mos ravishda undan foydalaning. Asosiysi, tabiiylikni saqlagan holda bor go‘zalligingizga urg‘u bering.

Mavzuga doir: 

  • “Ishoning, axir bu menman!”. Dunyo ayollari makiyajdan avval va keyin(fotogalereya)
  • Qosh shaklining o‘zgartirilishi taniqli ayollar qiyofasiga qanchalik ta’sir qilgan?( foto)
  • Dunyoda eng qimmat makiyaj: Brilliant lablar
  • Nima uchun makiyaj bilan uxlash mumkin emas?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.