Salomatlik Ayollar uchun Issiq choy, qadoqlangan sharbat va gazli ichimliklardan ham xavfliroq bo‘lgan boshqa ichimliklar

Issiq choy, qadoqlangan sharbat va gazli ichimliklardan ham xavfliroq bo‘lgan boshqa ichimliklar

O'qildi: 418


Issiq choy, qadoqlangan sharbat va gazli ichimliklardan ham xavfliroq bo‘lgan boshqa ichimliklar

Har kuni ichadigan ichimliklarimiz orasida gazli va spirtli ichimliklardan ham xavfliroq bo‘lgan ichimlik turlari mavjud. Yaqinda Ben-Gurion universiteti olimlari insonlar uchun eng zararli ichimliklar reytingini tuzdi. Wday nashri zararli ichimliklar va ularni ichish qanday oqibatlarga olib kelishi haqida ma’lumot berdi.

Issiq choy

Choy ichishning qanday zararli tomoni bor, deb o‘ylashingiz mumkin. Masalan, xitoyliklar choyni deyarli to‘xtovsiz ichadi, biroq bu yerda zarar choyning haroratida. Biz issiq narsani yaxshi ko‘ramiz. Barcha issiq ichimliklar(nafaqat choy, balki qaynoq qahva, issiq sho‘rva ichishni ham yoqtiramiz)qizilo‘ngachga yomon ta’sir ko‘rsatadi, bu esa mikrotravma va mikroyallig‘lanishga olib keladi.

Foto: Wday 

Vaqt o‘tishi bilan bu sezilmaydigan muammolar onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday ekan, choyni sovitib ichishga harakat qiling.

Sutli kokteyl

Bu turdagi sovuq ichimliklar issiq ichimliklar bilan birdek muammolarga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, sutli kokteyllar miyaga eng yoqimsiz ta’sir ko‘rsatadi.

Fitnes-trenerlar sutli kokteyllar yaxshi foyda keltirishiga ishonadi, bu ichimlik vazn orttirishga yordam beradi. Haqiqatan ham vazn orttirishni istasangiz, sog‘lig‘ingiz uchun sutli kokteyllarni biroz ilitib iching.

Foto: Wday 

Achchiq qahva

Qahva me’yorida ichilsa, foydali: u uyg‘onishga, tetiklanishga va metabolizmni tezlashtirishga yordam beradi. Biroq qahva juda achchiq bo‘lsa, u vazospazmga olib kelishi mumkin — bosim keskin ortadi, keyin esa keskin tushadi. Natijada inson o‘zini yomon his qiladi.

Foto: Wday 

Yallig‘langan arteriyalar spazmlardan charchagan miya kabi, bunday tajribadan so‘ng yomon ta’sirni o‘tkazishi mumkin. Agar qahvaga shakar qo‘shilgan bo‘lsa, organizmga yanada ko‘proq zarar yetadi.

Energetik ichimliklar

Yaqinda g‘arb ommaviy axborot vositalaridan biri dahshatli voqea haqida yozdi: yosh yigit, oila boshlig‘i, ikki farzandning otasi shu qadar ko‘p ishlaganidan energetik ichimliklarsiz yo‘lda uxlab qolgan. Oxiri esa juda yomon yakunlangan: u hozirda nogiron, shifokorlar yigit miyasining bir qismini olib tashlashga majbur bo‘ldi. Stimulyatorlarning og‘ir dozasi tufayli yigit insultga uchradi.

Foto: Wday 

O‘zingizni o‘rtacha dozada energetik ichimliklar ichyapman, deb ovutmang. Energetik ichimliklar foydali emas, ya’ni ularning xavflilik darajasi yuqori. Shu bilan birga, bu ichimliklar insonni o‘ziga qaram qilib qo‘yishini unutmaslik kerak.  

Qadoqlangan sharbat

Bir quti sharbatda koladagidan ham ko‘proq shakar bo‘lishi mumkin. Ya’ni shirinliklar diabet, tishdagi muammolarni, ortiqcha vazn va boshqa turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Foto: Wday 

Bunday ichimliklarda vitamin va minerallar deyarli yo‘q, biroq ularda shakardan ham zararli bo‘lgan shirinlashtirgichlar bo‘lishi mumkin.


Mavzuga doir

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.