Lab bo‘yog‘ining tishlarga yopishib qolishi, tushning qovoqlarga bo‘yalib ketishi kabi muammolarni qanday bartaraf etsa bo‘ladi?
Har kuni oyna qarshisida makiyaj yakunlangach, unga putur yetkazuvchi bir qancha kichik muammolar ko‘zga tashlanadi. Ular arzimasdek tuyulsa-da, sezilarli va hatto xunuk ko‘rinishi mumkin. Eng keng tarqalgan quyidagi 10 muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish vaqti keldi.
Lab bo‘yog‘ini tishlarga tegib qolishi
Yorqin lab bo‘yog‘i bilan har kim o‘zini xuddi yulduzdek his qilishi tabiiy. Ammo atrofdagi inson tomonidan “Tishingizdagi lab bo‘yog‘ini arting” qabilidagi gapni eshitish kayfiyatni tushirib yuboradi. Shuning uchun lab bo‘yog‘i surilgandan so‘ng, qog‘oz salfetka yoki kaftga bo‘lsa ham labni bir marotaba bosish kerak. Natijada lab yuzasidagi ortiqcha bo‘yoq bartaraf etiladi va noqulayliklar keltirib chiqarmaydi.
Foto: CosmopolitanKo‘z ostiga ten kukunlarining tushishi
Odatda tonal kremi va upa surilgandan so‘ng ko‘zga ishlov berish navbati keladi. Qanchalar sifatli yoki yog‘li ten bo‘lmasin, u ko‘z sohasi pastiga yoki burun ustiga yopishishi ham mumkin. Buni paxta yostiqchasida o‘chirish esa tonal krem va upa surilgan yuzni ikki xil ko‘rinishiga olib keladi. Shuning uchun yuz pardozdan holi vaqtida ko‘zlarga oro berish kerak. Uchib tushgan bo‘yoq kukunlarini pardozsiz yuzdan tozalab olish oson kechadi.
Foto: CosmopolitanTonal kremining yuzda bir tekisda yoyilmay qolishi
Agar tonal kremidan avval foydalanilgan vositani rangi to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, muammo faqat ortiqcha yoki bir me’yorda surilmagan tonal kremida bo‘ladi. Ammo shunda ham yuzni yuvib tashlashga shoshilmaslik zarur. Bo‘yanish yostiqchasini namlab, ortiqcha kremlarni artish yoki yoyib tashlash mumkin. Faqat buning uchun biroz ko‘proq vaqt ketadi.
Foto: CosmopolitanQovoqlarda tenlarning to‘planib qolishi
Qalin qatlam qilib surilgan tenlar faqat bir necha soatgina chiroyli ko‘rinishi mumkin. Keyinchalik qovoq burmalariga o‘rnashib to‘planib qoladi. Bu muammoni bartaraf etishda gel asosli padvodka yordamga keladi. Ishonish qiyin, ammo ish berishi aniq. U avval qovoq yuzasiga suriladi. Ustidan to‘q rangdagi ten qoplanadi. Natijada kun davomida avvalgi muammo haqida bosh qotirishning keragi ham bo‘lmaydi.
Foto: CosmopolitanTushning ko‘z atrofida yoyilishi
Ushbu holatni ayniqsa, kunning oxirida ko‘pchilikning pardozida ko‘rish mumkin. Charchoq va terlash tufayli tush bo‘yog‘i ko‘z ostida qora dog‘larni paydo qiladi. Bu vaqtda avvalo, tushdan foydalanish uch oydan oshmagan bo‘lishi kerak. Agar hammasi joyida bo‘lsa, kipriklarni bo‘yashda ikki-uch marotaba tush surish kerak, undan ortiq emas. Vizajistlarning yana bir siri shundaki, pastki kipriklarga umuman tush surishning hojati yo‘q.
Foto: CosmopolitanLab bo‘yog‘ini chegara bo‘ylab surish
Lab bo‘yog‘i qanchalar ehtiyotkorlik bilan surilmasin, tez fursatda chegaradan tashqariga yoyilib ketishi mumkin. Buning uchun maxsus vosita “praymer” bilan do‘stlashish kerak. Lab bo‘yog‘idan foydalanishdan avval ushbu vosita surilsa, bo‘yoq hech qayerga yoyilib ketmaydi.
Foto: CosmopolitanYuz terisi va bo‘yin orasidagi farq
Yuz terisiga soatlab pardoz berish va bo‘yinni e’tiborsiz qoldirish har bir ayol yo‘l qo‘yadigan kamchilikdir. Vositani tejash fikrini bir chetga surish va bo‘yin uchun ham tonal kremi va upadan faqat oz miqdorda foydalanib, oradagi farqni yo‘qotish mumkin.
Foto: CosmopolitanQovoqlarga tushning surilib ketishi
Barcha pardoz ishlari yakunlanishiga bir qadam qolganida kipriklarga tush surish boshlanadi. Afsuski, ten bilan bo‘yalgan qovoqning yuqori qismiga tegib qolgan tushni juda ehtiyotkorlik bilan tozalash ham barchasini chippakka chiqaradi. Shuning uchun soha mutaxassislari tushdan foydalanishda ko‘zlarni katta ochish emas, aksincha yarim shaklda ochishni tavsiya etadi.
Foto: CosmopolitanKosmetik vositalardan keyin yuzning yaltirashi
Barchasi qoidaga ko‘ra bajarilsa-da, yuz yaltirab qolishi yaxshi emas. Buning uchun yana “praymer” yordamga keladi. Yuzga surilgan namlantiruvchi yoki oziqlantiruvchi kremdan so‘ng undan foydalanish, 15 daqiqadan keyin tonal kremini surish kerak. Tonal krem yuzasidan ham biroz yupqa qatlamda “praymer” surish zarar qilmaydi. Shunda makiyajni bo‘rttirib yuboruvchi upaga murojaat qilishning keragi bo‘lmaydi.
Foto: CosmopolitanYuzni ortiqcha qizartirish
Noto‘g‘ri surilgan rumyana vositasi yuzni haddan ortiq qizarishiga olib keladi. Bu dastlab oyna qarshisida bilinmasligi mumkin, ammo keyinchalik kulgili ko‘rinadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun rumyananing krem yoki upa ko‘rinishidagisidan foydalanish mumkin. Shuningdek, ularni yanoqning biroz yuqori qismiga qo‘llash kerak.
Foto: CosmopolitanManba