Salomatlik Goʼzallik Qimmat vositalardan kam bo‘lmagan samara beradigan tonal kremlar (foto)

Qimmat vositalardan kam bo‘lmagan samara beradigan tonal kremlar (foto)

O'qildi: 359


Qimmat vositalardan kam bo‘lmagan samara beradigan tonal kremlar (foto)

Tonal krem yuzdagi kamchiliklarni yashirish bilan birga, uni quritmasligi, oziqlantirishi kerak. Qaysi vositani tanlashni bilmayotganlar uchun quyidagi tavsiyalar ayni muddao.

Maybelline’dan Better Skin

Foto: Cosmopolitan

Maybelline tomonidan taqdim qilingan mazkur tonal krem yuzdagi hatto eng ko‘zga tashlanadigan kamchiliklarni ham yashirish xususiyatiga ega ekani bilan o‘ziga xos. Yoqimli hidga ega mazkur vositani cho‘tkasiz qo‘l bilan surtsa ham bo‘ladi.

Revlon’dan Colorstay

Foto: Cosmopolitan

Revlon taqdim qilgan Colorstay kun davomida turishi va kiyimlarga yuqmasligi bilan o‘ziga xos.

Holika Holika’dan Petit BB Shimmering BB-krem

Foto: Cosmopolitan

Yuziga niqob taqib olgandek ko‘rinishni istamaydigan, ammo qizarishlarni yashirib, tabiiy yaltiroq va tiniq bo‘lib turishini istovchilar uchun mazkur krem ayni muddao.

Max Factor’dan Facefinity All Day Flawless

Foto: Cosmopolitan

Facefinity All Day Flawless surtilganidan keyin teri tabiiy, biroz upa surtgandek ko‘rinadi. Ko‘zga tashlanadigan kamchiliklar bilan yaxshi samara bermagani bilan maydalarini yaxshi berkitadi. Hidi bor tonal kremni yoqtirmaganlarga ushbu variantdan foydalanish tavsiya qilinadi.

Pupa’dan Like a Doll!

Foto: Cosmopolitan

Suyuq holda bo‘lgani sabab maxsus pipetka(tomizgich)yordamida ishlatiladigan tonal krem teri rangini chiroyli ko‘rsatadi va makiyajning omadli chiqishiga hissa qo‘shadi.

L’Oreal Paris’dan Nude Magique Eau De Teint

Foto: Cosmopolitan

Bo‘yanmagandek makiyaj qilishni istovchilar uchun Nude Magique Eau De Teint’dan yaxshisi yo‘q. Teriga oson surtiladigan vosita kamchiliklarni ko‘zga tashlanmasligiga sabab bo‘ladi. Buning uchun uning bir necha tomchisi kifoya qiladi.

NYX’dan Stay Matte But Not Flat

Foto: Cosmopolitan

Foydalangandan keyin yuzni yaltiratib qo‘ymaydigan, shu bilan birga niqob taqib olgandek tasavvurga sabab bo‘lmaydi. Krem, shuningdek, namlantiruvchi xususiyatga ega ekani va minerallarga boyligi sabab ham o‘ziga xos.

Essence’dan Pure Nude

Foto: Cosmopolitan

Essence, nude uslubida makiyaj qilishni yoqtiradiganlar uchun yana bir boshqa yaxshi variant. U terini namlantiradi va tabiiy ko‘rsatadi.

Sephora’dan Teint Infusion

Foto: Cosmopolitan

Teint Infusion teridagi muammolarni yashirib, namlantiradi. Mazkur tonal krem bahor va yozgi makiyaj uchun ayni muddao.

Touch in SOL’dan Flawless Skin Top Coat

Foto: Cosmopolitan

Koreyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim qilingan yana bir o‘ziga xos kosmetik vosita tonal kremdan tashqari praymer va upa o‘rnini ham bosadi. U nafaqat yuzni tiniq ko‘rsatadi, balki tarkibida anor, jenshen va na’matak ekstrakti bo‘lgani sabab ham terini oziqlantiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.