Ko‘zlarni kichik ko‘rinishiga sabab bo‘ladigan makiyajdagi 7 xato
Makiyajdagi qanday xatolar ko‘zlarni kichik ko‘rsatishiga sabab bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Foto: CosmopolitanKo‘z rangiga mos ten tanlash
Ko‘z rangidagidek ten surtish urfdan qolganiga ancha bo‘lgan. Moviy ko‘zlarga moviy, jigarrang ko‘zlarga jigarrang ten surtishni ko‘nglingiz istasa, qovoqning tashqi burchagiga to‘q podvodka surtishni unutmang.
Ko‘zning tagini qora qalam bilan bo‘yash
Ko‘zning pastki qismiga qalam yoki podvodka surtish tavsiya qilinmaydi. Kundalik obraz uchun ayni muddao bo‘lmagan mazkur usul ko‘zlar qisiq va kichik ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.
Foto: CosmopolitanKo‘zga qalam surtilganidan keyin uning ustidan bo‘yamaslik
Ko‘zning tagiga qalam surtgandan keyin uni bir chiziq bo‘lib turmasligi uchun bo‘yoqni tarqatib, singdirishga harakat qilish kerak. Buning hisobiga ko‘zlar kichik, nigohlar esa o‘qraygandek ko‘rinadi.
Ko‘zning yuqori qismidagi kipriklarni qayriltirmaslik
Tush surtishdan avval kipriklarni qayriltirish ularni qalin va uzun ko‘rinishiga sabab bo‘ladi. Natijada ko‘zlar katta va nigohlar porloq ko‘rinadi.
Ko‘zlarni “smoki-ays” usulida bo‘yash
Bunday makiyaj ko‘zlarni katta ko‘rsatadi deb o‘ylasangiz yanglishasiz. Ko‘z shakliga urg‘u berishi mumkin, ammo katta ko‘rsatmasligi aniq. Buning o‘rniga kumushrang bo‘yoqdan foydalanish va kipriklarga tush surtish tavsiya qilinadi.
Haddan ortiq och rangli konsilerdan foydalanish
Aksariyat hollarda ko‘z ostidagi halqalarni yashirish uchun och konsilerdan foydalaniladi. Ammo bu ko‘zlarning aslidan kichik ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.
To‘q, yaltiramaydigan tenlardan foydalanish
Tovlanmaydigan to‘q rangli ten surtish ko‘zlarni katta ko‘rsatmaydi. Undan podvodka o‘rniga foydalanishingiz mumkin, ammo qovoqlarga ten sifatida surta ko‘rmang.
Manba