Yangi yil bayrami uchun ayni muddao bo‘lgan manikyur g‘oyalari (foto)
Yangi yilga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerak. Yaqin va qadrli insonlarga sovg‘a olish bilan birga, bayramda qanday ko‘rinishda bo‘lish haqida o‘ylashning ayni payti. Bu kunda nafaqat kiyim-kechak va aksessuarlar, balki obrazda muhim hisoblangan manikyur ham ko‘ngildagidek bo‘lishi kerak. Negaki bezak berilgan tirnoqlar ham bayramona kayfiyat baxsh etishi, ko‘zni quvontirishi mumkin.
Foto: Harper’s BazaarTilla va kumush rang, metall parchalariga o‘xshash bezakli manikyurlar Yangi yilga xos eng asosiy trendlardan hisoblanadi. Tosh va kristallar bilan bezak berilgan, bayramga xos naqshlar tushirilgan variantlar ham doimgidan dolzarbroq bo‘ladi. Bachkanalikni suymaydiganlar uchun esa klassik ranglar ayni muddao. Qolaversa, tirnoqlarni qishga xos ranglar — to‘q ko‘k, jigarrang, tilla rang va yashil bilan bo‘yasa ham bo‘laveradi. Quyida ilhomlanishingiz uchun minimal uslubdan tortib, e’tibor jalb qilishi bilan o‘ziga xos sanalgan bir-biridan ajoyib manikyur suratlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Foto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarFoto: Harper’s BazaarManba