Zaytun yog‘idan avokadogacha: modellar yuz terisini qanday parvarish qiladi? (foto)
Hamisha podiumlarda harakatlanadigan modellar ajoyib ko‘rinishda bo‘ladi. Bunday natijaga erishish uchun ular o‘zlariga qanday g‘amxo‘rlik qilishini quyida bilib olish mumkin.
Lineysi Montero
Foto: Cosmopolitan“Men shakar va gul asalini aralashtirib, teriga suraman. Qo‘l bilan massaj qilaman. To‘g‘risi, bundan yaxshi skrabni topish qiyin. Jarayondan so‘ng darhol namlantiruvchi kremdan foydalanaman. Moda haftaligidagi ortiqcha bo‘yanishdan keyingi birinchi qiladigan ishim shu. Bu terining qayta tiklanishiga va dam olishiga yordam beradi”.
Marta Xant
Foto: Cosmopolitan“Men har doim yapon ayollariga ‘hasad qilaman’. Sababi ularning deyarli barchasi mukammal teriga ega. Shuning uchun ham kosmetikalar tanlashda avval yapon brendlarini ko‘rib chiqaman. Natijada SK II niqoblarida to‘xtadim, ular 100 foiz paxtadan tayyorlangan. Tarkibida vitamin, antioksidantlar, mineral va organik kislotalar mavjud”.
Greta Valeze
Foto: Cosmopolitan“Men teri parvarishini bir qancha mahsulotlar yordamida alohida marosimga aylantirdim. Erta tongda yuvilgan yuzimni avval sut bilan tozalayman. So‘ngra tonik, zardob va namlantiruvchi kremlardan foydalanaman. Har bir jarayon taxminan uch daqiqa davom etadi, chunki har bir vosita teri qatlamiga kirib borishi kerak. Uxlashdan avval ham xuddi shu jarayonni takrorlayman. Shuningdek, haftada bir marotaba teri teshiklarini ochish uchun maxsus bug‘lantiraman. Birozdan so‘ng namlantiruvchi niqoblarni qo‘llayman”.
Uillou Xend
Foto: Cosmopolitan“Dermalogica brendining g‘oyasi dastlab meni hayron qoldirgan edi. Chunki unda yuz maxsus qismlarga ajratiladi. Har bir qism uchun alohida vosita tanlanadi. Men ushbu jarayon uchun salonga murojaat qilaman. So‘ngra mutaxassislar peshona, yonoq, iyak va boshqa qismlarim uchun mos ravishda vositalar taklif etadi. Ayniqsa, bu moda haftaligidan so‘ng men uchun juda katta yordam bo‘ladi”.
Esh Uoker
Foto: Cosmopolitan“Men doimo namlantiruvchi vositadan foydalanaman. Ehtimol, har ikki soatdadir. Agar shunday qilmasam, yuzimni ajin bosib ketayotganga o‘xshaydi. Podiumdan tashqarida umuman pardoz qilmayman, sababi yuz terisi moda haftaligida keragidan ortiq darajada charchaydi”.
Renata Zandonadi
Foto: Cosmopolitan“Bioderma brendining chinakam muxlisasiman. Sababi unda ajoyib tozalovchi va namlantiruvchi vositalar mavjud. Vositalar tarkibida hech qanday xushbo‘y hid yoki qo‘shimcha ingredientlar mavjud emas. Men doimo, quyosh yoki yomg‘irli ob-havoda ham mazkur vositalardan foydalanaman. SPF krem surish esa xuddi tishlarimni yuvishdek muhim”.
Jessika Barta-Lem
Foto: Cosmopolitan“Kechki payt yuzimni, albatta, zaytun moyi bilan tozalayman. U terini losyon, ko‘pik yoki boshqa vositalarga qaraganda yaxshiroq tozalaydi. Tabiiy mahsulotdan keyin terining zararlanishi haqida o‘ylashning ham keragi yo‘q. Namlantiruvchi vositam ham zaytun moyiga asoslangan bo‘lib, uni dorixonaga buyurtma beraman. Uning saqlash muddati ikki kun bo‘lsa-da, sifati va natijasi ishonchli”.
Juliya van Os
Foto: Cosmopolitan“Odatda yuzimda vazelinli niqob bilan uxlayman. Buning uchun shunchaki vazelinni yuzga surish kifoya. Ertalab esa teri hayratlanarli darajada silliq va yumshoq bo‘ladi. Bunday natijani boshqa hech qanday vosita bera olmaydi”.
Paulin Xoro
Foto: Cosmopolitan“Men juda ko‘p suv ichaman. Balki 2 litrdan ham ko‘proqdir. Zararli, qovurilgan yoki konservalangan hech narsa iste’mol qilmayman. Har oyda kosmetolog huzuriga tashrif buyuraman. Uyda esa namlantiruvchi vositadan tashqari hech qanday kosmetik vositalarim yo‘q”.
Isauni Brito
Foto: Cosmopolitan“Men, aslida, kosmetik vositalarga emas, tabiiylikka imkon beraman. Pardozdan keyin yuzni yuvib, bo‘yoqlarni bodom yog‘i bilan tozalayman. So‘ngra avokado niqobini suraman. Buning uchun mevani shunchaki blenderdan o‘tkazish va yuzga yupqa qatlam qilib surish kifoya. Bor-yo‘g‘i shu”.
Manba