Ko‘zlarni vizual ravishda kichraytirib ko‘rsatadigan makiyajdagi 7 ta xato
Makiyajdagi mazkur qo‘pol xatolardan ba’zilari yangi kosmetik vositalar paydo bo‘lgunga qadar urfda bo‘lgan. Quyidagi maslahatlar bu xatolarni takrorlamaslikka yordam beradi.
Ko‘zingiz rangiga qarab ten tanlaysiz
Foto: “Noviy ochag”Ko‘z rangiga tenni moslashtirish — SSSRdagi qizlarning oltin qoidasi bo‘lgan. O‘shandan beri ko‘p yillar o‘tdi, ammo “sovet tendensiyasi”ni yo‘q qilish oson ish emas. Afsuski, jigarrang ten jigarrang ko‘zlarni ta’kidlamaydi yoki ko‘k ten ko‘kko‘zlarga go‘zallik qo‘shmaydi. Agar hali ham shunday makiyaj qilishni xohlasangiz, ten ustidan podvodka surting.
Pastki qovoq shilliq qavatini qora qalam bilan bo‘yaysiz
Foto: “Noviy ochag”Qora podvodka har bir qizning sumkasida bo‘lishi shart. Qora qalam bilan chizilgan kayal(pastki ko‘z qovog‘ining shilliq qismi)juda chiroyli ko‘rinadi, lekin ko‘zlar katta bo‘lsa. Boshqa barcha holatlarda, pastki qovoqning shilliq qavatidagi qora qalam mutlaqo teskari ta’sir ko‘rsatadi. Sara Jessika Parkerni eslang: shu oddiy xato tufayli aktrisa doimo ko‘zlarini qisib yuradiganga o‘xshaydi.
Yuqori kipriklaringizni qayirmaysiz
Foto: “Noviy ochag”Chiroyli va uzun kirpiklar har bir qizning orzusi. Ammo tabiat sizni bunday sovg‘a bilan mukofotlamagan bo‘lsa-chi?Bunda sizga tush va kirpik qayiradigan moslama yordam beradi. Tush qo‘yishdan oldin yuqori kipriklaringizni biroz qayirsangiz, ko‘zlaringiz yanada katta ko‘rinadi.
Juda quyuq rangdagi smoki-ays chizasiz
Foto: “Noviy ochag”Smoki-ays ko‘zlarni vizual ravishda katta ko‘rsatadi degan afsonani yo‘q qilish vaqti keldi. Ushbu uslub ko‘zlarga cho‘zilgan shaklni berishi mumkin, lekin ularni kattalashtirmaydi. To‘q ten surtilgan bo‘lsa ham ko‘zlarni vizual ravishda kichraytiradi.
Juda och rangdagi konsiler ishlatasiz
Foto: “Noviy ochag”Ko‘z ostidagi qora doiralar muammosi har ikki qizdan biriga tanish. Ulardan xalos bo‘lish oson emas, lekin ularni konsiler bilan yashirish oson. Ammo bir narsaga e’tibor berish kerak: och rangdagi konsiler qora doiralarni mukammal yashiradi, lekin ayni paytda ko‘zni vizual ravishda kichraytiradi.
To‘q rangdagi tenlardan foydalanasiz
Foto: “Noviy ochag”Yaltiroq tenlar ko‘zlarni vizual ravishda kattalashtirsa, zamonaviy jilosiz tenlar, afsuski, bunday qilmaydi. Ko‘zlaringiz ifodali ko‘rinishini istasangiz, to‘q ranli jilosiz tenlardan foydalanmang. To‘q rangli tenlardan podvodka bilan foydalanishingiz mumkin, lekin ularni hech qachon yuqori qovoqqa surtmang.
Mavzuga doir:
- Har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan makiyaj qilish sirlari
- Dunyoga mashhur go‘zal ayollarning jozibador ko‘rinishiga yordam beradigan 4 ta layfxak
- Jazirama kunlarda qanday makiyaj qilish kerak?
Manba