Salomatlik Goʼzallik Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?

Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?

O'qildi: 430


Shahlo ko‘zlar garovi: Kipriklarni bo‘yashda foydalaniladigan tushning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?

Makiyajda muhim rol o‘ynaydigan va obrazning mukammal bo‘lishida hissasi katta bo‘lgan tushdan foydalanishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Ko‘z shakli

https://www.instagram.com/p/By5P5IjIPro/?utm_source=ig_embed&ig_rid=fe04b7ca-9af7-488c-a5b4-b6298942ad88

Siz bunga hech qachon unchalik e’tibor qilmagan bo‘lishingiz mumkin, ammo kipriklarni bo‘yayotganda doimiy ravishda cho‘tkada tush miqdori qancha ekaniga e’tibor qaratish kerak. Tashqi tomoniga ko‘proq surtish ko‘zlarni cho‘ziqroq ko‘rsatadi. Kipriklarni o‘rtasiga urg‘u berib bo‘yash esa ko‘zlarni katta ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Dumaloq ko‘rsatish uchun esa pastki kipriklarni butkul yoki ildizining o‘zini bo‘yash kerak. Eksperiment qilishdan cho‘chimang: ko‘zlaringizni turlicha bo‘yab ko‘ring va qaysi shakl sizga ko‘proq yoqishi hamda yarashishiga e’tibor bering. Oddiy va ahamiyatsizdek tuyilgan jihatlar muhim rol o‘ynashi mumkin.

Cho‘tkaning shakliga e’tibor qarating

Uzunlashtiradigan, qayiradigan va hajm beradigan – aslida bularning bari tushning emas cho‘tkaning o‘ziga xosligi sanaladi. Kipriklarni qayirish va ko‘tarish uchun qayrilma, hajmli ko‘rsatish uchun oval shaklidagi yoki ingichka, uzunlashtirish uchun esa konussimon yo bo‘lmasa burmali, itoatsiz kipriklar uchun dumaloq shakldagi cho‘tkalardan foydalaning.

Ko‘z rangi

https://www.instagram.com/p/Bvk9uOXAb56/?utm_source=ig_embed&ig_rid=c24b3283-d593-4e6d-8d7f-22fbf1d13371

Tush bilan ko‘z rangiga urg‘u bersa bo‘ladi. Buning uchun jigar rang ko‘zli nozik jins vakillariga jigarrang, moviy ko‘zli ayol va qizlarga ko‘k, ko‘zlari yashil bo‘lganlarga yashil tushdan foydalanish tavsiya qilinadi. Makiyajdagi bunday usul ko‘zlarni katta ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Ammo jigarrang ko‘zlar uchun – ko‘k, moviy ko‘zlar uchun jigarrang, yashil ko‘zlar uchun esa siyohrang tushlardan ham foydalansa bo‘ladi. Bunday qarama-qarshilik sabab ko‘zlarning rangi yanada yorqin va shahlo ko‘rinadi. Birinchi usulda makiyaj ortiqchalikdan holi hamda va tabiiy bo‘lib chiqsa, ikkinchisida obrazyanada yorqin bo‘ladi.

Ultrazamonaviy makiyaj

https://www.instagram.com/p/BpP7OkUBw9v/?utm_source=ig_embed&ig_rid=7fedeefe-e3dc-4e48-b73a-f90715fe3076

Birgina tushning o‘zi bilan kamida ikki xil ultrazamonaviy obraz yaratsa bo‘ladi. Bir necha mavsum davomida podiumlarda dolzarb bo‘lgan obraz uchun tushni yaxshilab qayta-qayta surtish kerak bo‘ladi. Bunda takror surtishdan oldin avvalgisi quriganiga e’tibor qaratish kerak. Kipriklarni uzunlashtirishga mo‘ljallangan tushdan foydalanib nafaqat yuqori, balki pastki kipriklarni ham bo‘yash kerak.

https://www.instagram.com/p/BkzJ9T3ApUN/?utm_source=ig_embed&ig_rid=0d3031f4-f3cd-4cbc-b944-8cf7cc8bac9d

Ikkinchi variant uchun esa – yorqin rangdagi: pushti, qizil, moviy, ko‘k hamda yashil tushdan foydalaniladi. Ular yordamida ham yuqoridagidek obraz yaratish yoki kipriklarni kerakli yo‘nalishga qarab urg‘u berib bo‘yash mumkin. Bunda asosiysi ko‘z makiyajning boshqa elementlarini oshirib yubormaslik muhim sanaladi. Ten sifatida bitta rangdan(tilla rang, moviy, pushti)foydalanish kerak. Yorqin rangli tush bilan yaltiroq tenlar chiroyli ko‘rinadi.

E’tiborga molik jihat

Tush tanlashda kipriklaringizning o‘ziga xosligi va qovoqlaringizning tuzilishini inobatga oling. Uzunlashtiradigan va hajm beradigan tushni tanlash oson, ammo qolganlari bilan yanglishish mumkin. Kiprik ulagandek ko‘rsatadigan tushlardan yaxshisi kechki ziyofat va tadbirlar uchun foydalaning. Mimikalarning faolligi va qovoq terisining namlanishi sizni bezovta qiladigan bo‘lsa, termotushdan foydalanib ko‘ring. Faqatgina issiq suv bilan o‘chishi mumkinligi hisobiga bunday tush bilan hatto hovuzda ham suzsa bo‘ladi. Tarkibida silikon bo‘lgan tush ham shuningdek, kipriklarni alohida va uzun ko‘rsatish xususiyatiga ega – qovoqlaringizda iz qolmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.