Tonal kremmi yoki pudra: sizga qaysi vosita mos tushadi?
Quruq yoki yog‘li teri uchun qanday vositadan foydalanish yaxshiligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
Kompakt pudra
Foto: “Domashniy ochag”Yuzni yupqa qoplaydigan, ammo shu bilan birga, husnbuzar va qizarishlarni yashirmaydigan kompakt pudra terisida ko‘zga yaqqol tashlanadigan muammo bo‘lmagan qizlar uchun ayni muddao. Yog‘li teri uchun tavsiya qilingani bilan, undan foydalanishda ham me’yorni bilish kerak. Yo‘qsa, terini haddan ortiq quritishi mumkin. Yuzida ko‘zga tashlanadigan ajinlari bor xotin-qizlar esa undan foydalanmagani yaxshi. Chunki u ajinlarga ortiqcha urg‘u berib, yanada ko‘proq e’tibor tortishi mumkin. Surtganda burun va ko‘z burchagidagi skladkalarga diqqatli bo‘ling.
Uqalanadigan pudra
Foto: “Domashniy ochag”Aksariyat hollarda makiyajni yakunlash uchun tonal kremdan keyin foydalaniladigan pudra mineral asosdan tayyorlangani sabab ham yallig‘lanishi bor, qizargan va toshmali teri uchun foydalansa bo‘ladi. Kompaktpudradan farqli ravishda u teriga silliq yotib, ajin va skladkalarga urg‘u bermaydi. Yuzdagi yaltirashni bartaraf qilishda ushbu vosita yaxshi samara beradi.
Tonal krem
Foto: “Domashniy ochag”Istalgan qizarish ajin va dog‘larni yashirishi mumkin bo‘lgan tonal krem yog‘li va quruq yuz terisi uchun ham to‘g‘ri keladi. “Matoviy” tonal krem yuzdagi yaltirashni yashirish va tiniq ko‘rsatish xususiyatiga ega. Tonal kremning namlantiruvchi varianti esa qurigan terini namlantiradi va sog‘lom ko‘rsatadi.
Tonal flyuid
Foto: “Domashniy ochag”Asosida suv bisyor bo‘lgan tonal vositaning afzalligi yuzdagi istalgan muammoni yashirishida. Bir qarashda mukammaldek ko‘ringan ushbu flyuidning ham kichik bir kamchiligi bor — u haddan ortiq quruq teri uchun to‘g‘ri kelmaydi. Yuzdagi muammolarni yashirgani bilan, kulganda lab atrofidagi skladkalar ko‘zga shundoq tashlanadi.
Stik
Foto: “Domashniy ochag”Haddan ortiq quyuq bo‘lgani uchun har kuni foydalanib bo‘lmaydigan mazkur vosita niqob singari yuzdagi barcha kamchilikni yashiradi. Husnbuzarlarni yashirish emas, davolash kerakligi rost, ammo shoshilinchda stikdanfoydalanish yaxshi samara beradi. Buning uchun vositadan avval kaftingizga biroz olib, keyin barmoq bilan yuzingizga surting. Tananing harorati hisobiga bir tekisda surtilib, yuzda ancha tabiiy ko‘rinadi.
Manba