Izlayotganlar uchun ayni muddao: sifatli hamda hamyonbop 10 ta tush vositasi

Izlayotganlar uchun ayni muddao: sifatli hamda hamyonbop 10 ta tush vositasi



Yaxshi tush qizil rangli lab bo‘yog‘ining mukammal soyasi kabi bo‘lib, ko‘pchilik uni yillar davomida qidiradi. Ba’zilar boy rang va qulay cho‘tkaga, boshqalari esa tabiiy natijaga ustunlik beradi. Ammo hammani birdek xursand qiladigan narsa bu hamyonboplikdir. Bu safar nafaqat pulni, balki vaqtni ham tejashga qaror qildik, shuning uchun yaxshi sifatli hamda hamyonbop tushlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: People Talk

Volume Express Colossal, Maybelline Nyu-York


Foto: People Talk

Brendning mutlaq bestselleri. 2021- yili brend Sky High qo‘shilishi bilan yangilangan versiyasini chiqardi. Uning TikTok’dagi reklamasi o‘z samarasini berdi va bir necha kundan keyin uni do‘konlardan topish muammoga aylandi. Ammo endi gap bu haqida emas. Umuman olganda, tush Amerika brendining asosiy kuchli nuqtasidir, shuning uchun kirpiklarni deyarli hamma tushga ishonib topshirish mumkin. Bahor lolalari rangidagi yorqin sariq qutidagi mahsulot sizga kerak bo‘lgan hamma narsaga ega: kirpiklarni yaxshilab qoplaydigan zich qalin cho‘tka, qora rang va arzon narx.

Lashes to Kill, Catrice


Foto: People Talk

“Endi g‘amgin panda ko‘zlari yo‘q!” – deydi nemis brendining yangi tush qadoqlari. Mahsulot issiqda ham ko‘z qovoqlariga surtilmaslikni va hatto mashg‘ulotlar paytida ham oqib ketmaslikni va’da qiladi. Hammasi namlikka chidamli, ammo iliq suv bilan osongina olib tashlanishi mumkin bo‘lgan formula. Ayniqsa, may oyining yaqinlashib kelayotgan davrida yomg‘ir va yozning issiq quyoshi uchun mukammal tanlov.

Twist Up The Volume, Bourjois

Foto: People Talk

Tush-transformer o‘zgaruvchi cho‘tkalar — fransuz brendining yangiligi. Tekis cho‘tka kirpiklarni taraydi va uzaytiradi. 180 darajaga aylantirilganda ularga hajm va zichlik beradi. Xuddi malikaga o‘xshash uchun tush ikki bosqichda qo‘llanadi va tabiiyroq bo‘lishi uchun faqat bitta cho‘tkadan foydalanish mumkin.

Clump Defy, Max Factor


Foto: People Talk

Max Factor(brend asoschisi)1914-yilda tushning birinchi prototipini yaratdi. Keyin vosita “ko‘zlarga tomchilar yaratish uchun kosmetika” deb nomlandi va u qora mumga o‘xshardi. U avval eritilib, keyin kirpiklarning uchlariga surtilgan. Brend zamonaviy dizayni va qulay cho‘tkasi bilan ajralib turadi. Tush cho‘tkasi mayda tishlarga ega, buning natijasida kirpiklar bir xil bo‘yaladi ega va bir-biriga yopishmaydi.

“Qora Moskva”, RBG


Foto: People Talk

Brendning birinchi vositalaridan biri “Qora Moskva” deb nomlangan tush edi. U qora, kipriklarning har bir tolasini ajratib turadigan cho‘tka va mukammal gotika dizayniga ega.

Paradise Extatic, L'Oreal


Foto: People Talk

Fransuz brendi tushlarning katta tanloviga ega va sifati yillar davomida isbotlangan. Har bir inson Volume Million Lashes haqida orzu qiladi, ammo unga mos keladigan o‘rindosh ham bor — Paradise Extatic. Tush yumshoq cho‘tkaga ega, buning natijasida kirpiklarga ifodali hajm berish mumkin va formulaga kastor yog‘i qo‘shilgan —u kirpiklarni namlaydi va ularni mo‘rtlikdan himoya qiladi.

Lash Extension, Lovely


Foto: People Talk

Narx va sifat jihatidan u nemis brendi Essence’ga o‘xshaydi, faqat hali unchalik taniqli emas. Brend dekorativ kosmetikaga ixtisoslashgan. Uning silikon qiyshiq cho‘tkasi bor, u kirpiklarni jingalak tarzda qayrib qo‘yadi. Bundan tashqari, tush xavfsiz tarzda qatlamlanishi mumkin.

Stylist Series, Makeover Paris


Foto: People Talk

Fransuz brendining rangli kosmetikasi o‘zining minimalist, hashamatli dizayni bilan ajralib turadi. Tush oval momiq cho‘tkaga ega, kirpiklarga qo‘llanganda yengil va tabiiy qoplama qoldiradi. Qalin va uzun kirpiklarni sevuvchilar buni yoqtirmasligi mumkin, chunki tushdan foydalanilgach kipriklar ko‘proq tabiiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Maskara 99 Faberlic


Foto: People Talk

Ro‘yxatdagi yana bir brendning yangiligi — bu “It’s Clear” liniyasi. Seriyadagi barcha mahsulotlar zamonaviy qadriyatlarga javob beradi — ekologik toza qadoqlash, boy tarkib, zararsiz komponentlar. Ushbu to‘plamdagi tushlar 99 foiz tabiiy mahsulotlardan iborat bo‘lib, oziqlantiruvchi yog‘ kabi g‘amxo‘rlik qiladi. Tush cho‘tkasi kirpiklarni ajratib turadi va uzaytiradi. Aytgancha, uning tolalari plastmassaga barqaror muqobil bo‘lgan biologik parchalanadigan kristallangan kastor yog‘idan tayyorlanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.