Kundalik obraz uchun ayni muddao bo‘lgan soch turmaklari
Har kuni sochini qanday turmaklashni bilmay boshi qotgan ayol-qizlar uchun asqatadigan tavsiyalarni havola qilamiz.
Hajm berilgan sochlar
Foto: “Domashniy ochag”Sochlarni turmaklashga ulgurmasangiz, shunchaki shishirib, ustidan lak seping. Ammo notabiiy ko‘rinib qolmasligiga e’tibor bering.
Tekis yoyilgan sochlar
Foto: “Domashniy ochag”Sochlarni tekis qilib yoyish hamisha urfda bo‘ladi. Opa-singil Kardashyanlar uchun sevimli bo‘lgan soch turmagi uchun konditsionerni ayamaslik kerak. Sochlarni dazmol yordamida tekislashni ham unutmang. Laminatsiya qildirish orqali esa sochlarni uzoq vaqt tekis turishiga erishish mumkin.
Sochning bir qismini yuz chetiga tushirish
Foto: “Domashniy ochag”Sochni yig‘ib yoki o‘rab, bir qismini yuzning chetidan tushirish kerak.
“Malvinka”
Foto: “Domashniy ochag”Ushbu soch turmagi “Oqsoch. Yolg‘iz ona” serialidan keyin mashhurlikka erishgan. Undagi bosh qahramon aksariyat hollarda shunday soch turmagi bilan ko‘rinish beradi. Buning uchun sochni nomiga jingalak qilish yoki tekis qilib yig‘ish mumkin.
Tabiiy jingalak
Foto: “Domashniy ochag”Jingalak sochlaringizni tekislashga urinmang. Nomiga qilingan jingalak sochlar obrazga o‘ziga xoslik qo‘shadi. Parvarish va oziqlantirishga e’tibor bering. Ana shunda ham tartibli, ham zamonaviy ko‘rinadi. Shunchaki yoysangiz, tepadan yig‘sangiz ham bo‘ladi.
Manba