Nima sababdan bolalar tunda tagini “ho‘llab qo‘yadi?”. Enurezning sababi va davo choralari
“Bolalar bog‘chasiga borishi bilanoq, bolam yana tunda ‘to‘shagini namlay’ boshladi”. Yoki “hojatxonaga borishga izn so‘rashdan uyalib, oxirigacha chidab, oqibatda yetib borolmay siyib qo‘ydi”. Ko‘pincha maktabgacha yoshdagi bolalar, tinch osoyishta, a’lochi o‘quvchilar bu muammoga duch kelishadi. Nima uchun ular?
Foto: Getty ImagesBunday vaziyatda so‘roq qilish, jazolash yoki “o‘tib ketadi” deb befarq bo‘lib, bolani muammosi bilan yolg‘iz qoldirish qanchalik to‘g‘ri?
Enurez(“tunda tushagini ho‘llash” tibbiyotda enurez deb ataladi)bolalar uchun jiddiy muammo hisoblanadi, chunki kasallikning uzoq davom etishi uning psixologik holatiga, bolalar guruhlariga moslashishiga salbiy ta’sir qiladi va natijada rivojlanayotgan shaxsga zararli ta’sir ko‘rsatadi.
Enurez organik o‘zgarishlar sababli buyrak shamollashi, siydik yo‘llari shamollashi, gijja, tug‘ma nuqsonlar va hokazo yoki psixologik sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Enurez haqida faktlar- O‘g‘il bolalar qizlarga qaraganda 12 yoshgacha ko‘proq “to‘shakni namlaydi”, ammo 12—16 yoshda qizlarda bu holat ko‘proq uchraydi.
- Tadqiqotlarga ko‘ra, vaqti-vaqti bilan 4,5 yoshli bolalarning 21 foizdan 30 foizgacha, 7 yoshli bolalarning 15,5 foiz va 9,5 yoshli bolalarning 9,5 foiz, o‘smirlarning 1—2 foizi to‘shakni ho‘llaydi.
- Ota-onalarning uchdan bir qismi bolalarini jazolashlarini tan olishadi, boshqalari o‘zlarini qandaydir tarzda ayblashadi.
Bolalarida enurezi bor ota-onalarga kasallik qanday kechishini tushintirish muhim emas, qanday davolash kerak degan savolga javob muhimroq.
Ko‘p tavsiyalarda ota-onalarga bolaning yotishidan oldin ichimlik ichmasligini, yotishidan oldin hojatxonaga borishi kerakligini, yotishidan 3—4 soat oldin ovqat yemasligini, tunda uyqudan uyg‘otishni va boshka ko‘plab cheklovlarni taklif qilishadi.
Tunda to‘shakni namlash — bu bir alomat, simptom. Simptom bor joyda sababi ham bor. Keling, so‘zlar bilan biroz o‘ynaymiz, “siydikni tutolmaslik” so‘zini “siydikni ushlab turish” so‘ziga almashtiramiz, agar tanada biror-bir “tutolmaslik” bo‘lsa, ruhiyatda kuchli tuyg‘uni(alam, nafrat, qo‘rquv va hokazo)“tutib turish” bor. Tana va ong xuddi shunday ishlaydi. Demak, faqat “to‘shakni namlash” simptomining o‘zini yo‘qotsak, ruhiyatdagi “tutib turilgan” kuchili tuyg‘u yana boshqa ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Shunday qilib farzandingiz kuchli tuyg‘ularni, hissiyotlarni ushlab turish bilan charchagan. Enurez bolaning aybi emas, bu bola uxlab yotganda sodir bo‘ladi va bola uni ongli ravishda nazorat qila olmaydi.
Nima qilish kerak?
Avvalambor mutaxassisga — bolalar urologiga uchrab, barcha kerakli tekshiruvlardan o‘tish, enurezning sababini aniqlash kerak.
Foto: Getty ImagesOta-onalarga yetkazmoqchi bo‘lgan birinchi narsa — agar bolada kasallik tibbiy sabablar orqali bo‘lmasa(buyraklar, siydik yo‘llarida infeksiya va boshqalar)va umuman bola fiziologik jihatdan sog‘lom bo‘lsa, buning sababi faqat psixologik bo‘ladi.
Enurezni davolash usullaridan biri ijobiy psixologik mustahkamlash usuli yoki motivatsion terapiya deb ataladi. Bunday holda bolani “ho‘l” kechalar yo‘qligi uchun emas, balki davolanishni rag‘batlantiradigan xatti-harakati uchun, masalan, kun davomida yetarli miqdordagi suyuqlik ichish, yotishdan oldin hojatxonaga borish, “tungi ho‘l” choyshabni almashtirishga yordam berish, davolovchi badantarbiyani muntazam bajarish, dori-darmonlarni qabul qilish uchun mukofotlash tavsiya etiladi.
Foto: Getty ImagesJazolardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Psixolog, psixoterapevtdan maslahat olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi
Mavzuga doir: Homiladorlarda qorin pastki qismida sanchiq paydo bo‘lishining sababi nima?
Manba