Salomatlik Salomatlik Tuzdan butunlay voz kechish natijasida tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?

Tuzdan butunlay voz kechish natijasida tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?

O'qildi: 245


Tuzdan butunlay voz kechish natijasida tanada qanday o‘zgarish yuz beradi?

Hamma ham tuzning zararlari haqida biladi. Ammo u tanaga qanday ta’sir o‘tkazadi va undan butunlay voz kechish nimalarni o‘zgartirib yuborishi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas. Xo‘sh, tuz chindan ham “oq qotil”mi?

Foto: Marie Claire

Bugungi kunda ko‘plab kasallikning kelib chiqishi tuz bilan bog‘liq bo‘lib, uni haddan ortiq iste’mol qilish hattoki o‘limga ham olib kelishi mumkin. Garchi tuzdan butunlay voz kechishning imkoni bo‘lmasa-da, uning miqdorini kamaytirish tavsiya etiladi.

Ortiqcha tuz nimasi bilan xavfli?

Tuz – tanada suyuqlikni ushlab turuvchi tabiiy absorbent hisoblanadi. Ushbu moddaning ko‘pligi esa tanada shishni paydo qiladi. Bir kilogramm vazn uchun har bir qo‘shimcha gramm tuz 200 millilitr suvni tashkil etadi va iste’mol qilish miqdori kuniga 11 gramm hisoblanadi.

Shuningdek, organizmda tuzning ko‘pligi qon tomirlari va kapillyarlarning siqilishiga ta’sir o‘tkazadi. Bu esa ko‘pincha yuqori qon bosimi va bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Tana hujayralari esa ozuqa yetishmasligidan aziyat chekadi va bu nafaqat sog‘liqqa, balki tashqi ko‘rinishga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, soch, tirnoq mo‘rtlashadi, teri quriydi va rangida o‘zgarish yuz beradi. Toksinlarning ko‘payishi husnbuzarlar toshishiga olib keladi. Qolaversa, organizmda metabolik jarayon bilan bog‘liq kasalliklar va umumiy ahvolning yomonlashuviga sabab bo‘ladi.

Tuzdan qanday qilib butunlay voz kechish mumkin?

Hech qanday holatda tuzdan butunlay voz kechib bo‘lmaydi. Faqatgina uning miqdorini kamaytirish kerak. Natriy tanadagi barcha suyuqlikning bir qismi bo‘lib, kislota-ishqor muvozanatini tartibga solish, neyron impulslarini yuborish va mushaklarning qisqarishini ta’minlash uchun zarurdir. Tuzni to‘liq ratsiondan chiqarish bosh og‘rig‘i, mushaklar zaiflashuvi, ko‘ngil aynishi, ishtahaning yomonlashuvi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi, qon bosimining pasayishi va doimiy ravishda bosh aylanishiga olib keladi. Sport bilan shug‘ullanuvchilar esa natriy yetishmovchiligi tufayli organizmni suvsizlantirib qo‘yishi mumkin.

Sog‘liqqa zarar yetkazmaslik uchun qancha miqdorda tuz iste’mol qilish mumkin?

Ratsiondan natriy miqdorini kamaytirgandan so‘ng, achchiq tuz iste’mol qilishga odatlanish kerak. Ushbu modda ovqat hazm qilish jarayoniga foydali bo‘lib, organizmni toksinlardan tozalaydi. Shuningdek, metabolik jarayonni faollashtiradi.

Bundan tashqari Himolay pushti tuzining tarkibida ham ko‘p miqdorda temir moddasi mavjud. Ammo oddiy tuzdan faqrli o‘laroq, Himolay tuzida yod miqdori juda kam. Yod esa sog‘liq uchun zarur sanaladi. Tuz iste’molini kamaytirishni istaydiganlar tuzli hammomlardan voz kechishi kerak emas. Sababi tuzli hammom terini tozalashga yordam beradi, rangini yaxshilaydi, elastikligini oshiradi, namlaydi, shishni qaytaradi, zararli modda va toksinlarni olib tashlaydi. Bunday holatda teri kasalliklariga alohida e’tibor qaratish va mutaxassis bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.