Salomatlik Salomatlik Zabonsiz qotil: Nima uchun 30 yoshda ham qon bosimini nazorat qilish kerak?

Zabonsiz qotil: Nima uchun 30 yoshda ham qon bosimini nazorat qilish kerak?

O'qildi: 417


Zabonsiz qotil: Nima uchun 30 yoshda ham qon bosimini nazorat qilish kerak?

Yurak qisqarishi orqali qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Qon-tomirlarda bosim kuchayadigan bo‘lsa, yurak salomatligida muammo kuzatiladi. Tonometr ko‘rsatkichining 120 ga 80 dan yuqori ekani qon bosimi ko‘tarilgani va gipertoniyadan darak beradi.

Foto: Cosmopolitan

Gipertoniya nimasi bilan xavfli?

Amerikalik mutaxassislarning ma’lum qilishicha, sayyoradagi 20 yoshdan katta har ikkinchi odamda qon bosimi ko‘tarilishi kuzatiladi. Ko‘p hollarda insult va infarktga olib kelishi mumkin bo‘lgan gipertoniyadan keyingi asoratlar sabab yiliga 10 million odam vafot etishi aniqlangan. Boshqa simptomlar deyarli kuzatilmagani sabab gipertoniya zabonsiz qotil deb ham ataladi.

Ko‘pchilik ushbu kasallikni asosan keksalarda kuzatiladi, yoshlar qayg‘urmasa ham bo‘ladi deb, yanglish fikrlaydi. 18-30 yoshda qon bosimi me’yordan biroz baland bo‘lgan kishilar yosh o‘tishi bilan yurak kasalliklariga ko‘proq duch keladi. Gipertoniya nafaqat yurak kasalliklari, balki buyrak yetishmovchiligi, ko‘zlarning ko‘rmay qolishi va miya faoliyatida muammolar kelib chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Nima qilish mumkin?

Gipertoniyaning oldini olish, paydo bo‘lganda esa uni bartaraf qilish kerak. Qolaversa, uning oldini olish uchun qimmat medikamentlarning keragi yo‘q.

Tonometr xarid qiling

Ushbu uskuna yordamida qon bosimini hatto sog‘lom kishilar ham yilda bir marta tekshirishi va nazorat qilib turishi kerak. Har qanday o‘zgarishga befarq bo‘lmaslik kerak.

Chekish va spirtli ichimlik iste’mol qilishdan voz kechish kerak

Hamma zararli odatlardan birdaniga voz kechib bo‘lmasa ham, hech bo‘lmasa chekish va ichishdan tiyilish kerak.

Vazningizni nazorat qiling

Semirish xavf oshishiga hissa qo‘shadigan qo‘shimcha omil hisoblanadi. Har 5 kilodan qutilish sistolik bosimning 2-10 taga kamayishiga yordam berishi mumkin.

Kamroq tuz iste’mol qiling

Tuzni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak va qon-tomirlar uchun xavfli. Kundalik iste’mol qilinadigan tuz miqdorini kamaytirib, gipertoniya paydo bo‘lishining oldini mumkin. 5 gramm(1 choy qoshiqdan kam)tuz kattalar uchun me’yor sanaladi.

Kofein

Muntazam ravishda qahva iste’mol qiladiganlarda bu kabi muammo kuzatilmasligi, onda-sonda ichuvchilarda esa aksincha qon bosim 5-10 tagacha ko‘tarilishi mumkin.

To‘g‘ri ovqatlaning

Transyog‘larga boy fastfud va boshqa zararli mahsulotlardan tiyiling. O‘rniga polito‘yingan yog‘ kislotalarining koni bo‘lgan baliq, yong‘oq, sabzavot va mevalar iste’mol qiling.

Sport bilan shug‘ullaning

Sportzalga borish, og‘ir sport turi bilan shug‘ullanishga hojat yo‘q. Meyo klinikasi mutaxassislari haftasiga 150 daqiqani jismoniy mashqlar uchun ajratish kerakligini ta’kidlaydi. Bunda qon bosimi 5-10 tagacha tushadi. Raqsga tushing, yoga bilan shug‘ullaning. Gipertoniyasi bor kishilarga esa qaysi sport bilan shug‘ullanish xususida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

Ortiqcha asabiylashmang

Stress ham qon bosimi oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri sanaladi. Ortiqcha narsaga asabiylashmang, asablarni tinchlantirish uchun meditatsiya, sevimli sport turi yoki mashg‘ulot bilan shug‘ullaning.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.