Salomatlik Salomatlik Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari

Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari

O'qildi: 354


Salomatlikka chekishdan ham xavfliroq bo‘lgan odat — ko‘p o‘tirishning zararlari hamda ularni bartaraf etish choralari

Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, stulda yoki kresloda o‘tirish(kuniga 4-6 soatdan ortiq)aslida chekishga qaraganda sog‘liq uchun ko‘proq muammo tug‘diradi. Zarari barcha insonlar uchun bir xil, ayolmi, erkakmi, yoshmi, qarimi, qaysi mamlakatda yashashidan qat’i nazar. Odam tanasi o‘tirish uchun moslashmagan. O‘tirish — kun bo‘yi qilingan harakatdan, tik turishdan charchaganda tanaga bir oz dam berish uchun.

Foto: Getty Images

Inson tanasi kun bo‘yi harakat qilish uchun moslashgan. Stulda o‘tirish so‘nggi 200 yil ichida odat tusiga kirgan. O‘tirish holati tabiiy emas, o‘tirish o‘ta zararli. O‘tirgan odamning umurtqa pog‘onasi “C” harfini eslatadi.

Foto: Getty Images

Britaniyada aholining taxminan 32 foizi kuniga 10 soatdan ko‘proq vaqt o‘tirgan holatda bo‘ladi. Ularning 50 foizi kamdan kam hollarda ish joyini tark etadi va hatto ofis stolida tushlik qiladi. Tadqiqotlarga ko‘ra ularning yarmidan ko‘prog‘i umurtqa pog‘onasining pastki qismidagi og‘riqdan shikoyat qiladi.

Foto: Getty Images

“Amerika kardiologlarining axborotnomasida chop etilgan tadqiqotlariga ko‘ra, ko‘pincha 10 soatdan ko‘proq o‘tiradigan odamlarda yurak – qon tomirlari kasalliklari rivojlanishi yuqori bo‘ladi. Biz o‘tirganimizda tomirlar orqali qon sekinroq oqadi, mushaklar yog‘ni kamroq sarflaydi, natijada yog‘ kislotalari yurak qon tomirlariga tiqiladi. Miyada ham qon aylanishi sekinlashadi kislorodga, miyani oziqlantiradigan moddalariga to‘yinishi kamayadi. Ko‘p o‘tirganda organizm insulinga javob berish qobiliyati pasayadi va insulinni ishlab chiqarish ko‘payadi, bu qandli diabet rivojlanishi xavfini oshiradi. Bundan tashqari gastrit, kolit, erkaklarda prostatit, ayollarda ginekologik kasalliklar rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Biz harakatlanganimizda bo‘g‘inlarda maxsus moylash materiallari hosil bo‘ladi, buning kamayishi bo‘g‘inlar oziqlanishini kamaytiradi, natijada artroz, osteoxondroz, disk churrasi kasalliklari kelib chiqadi. Ko‘p stulda o‘tirish kartizonni(“stress” garmoni ham deyiladi)ko‘paytiradi, natijada stress, depressiya rivojlanishini kuchaytiradi.

Foto: Getty Images

O‘tirganda qorin mushaklari bo‘shashadi. Hamma og‘irlik umurtqaning pastki qismiga va tos suyagiga tushadi, tik turganimizda barcha og‘irlik bir tekisda son, tizza, boldir, tovonga tarqaladi. Hatto “ideal” o‘tirganimizda ham og‘irlik umurtqaga tushadi. Ko‘p o‘tirganimizdan bukchayishni boshlaymiz. Eng zamonaviy kreslo stullar ham ko‘p o‘tirish zararini kamaytira olmaydi.

Nima qilish kerak?

“Har kuni qilinadigan badantarbiya yordam beradi” degan noto‘g‘ri fikr bor. Badantarbiya qilish yaxshi, ammo bilingki, bu ko‘p o‘tirishning asoratini yo‘q qila olmaydi.

Foto: Getty Images
  • Har 40 minutda, uzog‘i bilan 1 soatda bo‘lmaganida 2-10 minut mashqlar bajaring. Oddiy yurishning o‘zi ham tanaga yordam beradi. Inson tik turganidan o‘tirganida 3 barobar ko‘proq yog‘larni yig‘adi.
  • Ish joyingizni tik turib ishlashga ham moslashtirsangiz a’lo bo‘ladi.
  • Nisbatan balandroq, funksional stullardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.