Qanday mahsulotlar bel og‘rig‘ining oldini oladi?
Umurtqa pog‘onasi bejizga hayotning ustuni deb atalmaydi, chunki tanadagi barcha og‘irlik aynan unga yuklanadi. Xo‘sh, ushbu ustunni qo‘llab-quvvatlovchi qanday mahsulotlar mavjud?
Foto: Getty ImagesSut
Shifokorlar sut kalsiyning eng yaxshi manbayi ekanligi va suyak, bo‘g‘im hamda tishlarni mustahkamlashda asosiy yordamchi deb biladi. 100 gramm sut tarkibida 120 mg kalsiy mavjud. Kuniga 1 gramm kalsiy qabul qilish uchun kamida 1 litr sut ichishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 40 dan oshgan ayollarga esa kamida 1,5 gramm kalsiy moddasi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, boshqa sut mahsulotlari tarkibida ham kalsiy juda ko‘p bo‘lib, pishloq, tvorog, yogurt, qatiq kabilarni ko‘proq iste’mol qilish zarur. Kalsiy va fosfor tuzlari suyak to‘qimasini yaxshilashi uchun sut mahsulotlari bolalar, homilador ayollar hamda emizikli onalar ratsionida bo‘lishi kerak.
Mol go‘shti
Ushbu go‘sht tarkibida juda ko‘p fosfor mavjud bo‘lib, bu nafaqat suyak to‘qimalarining bir qismi, balki organizmga ham kalsiyni singdirishda yordam beradi. Shuningdek, fosfor qovoq urug‘ida ham rekord miqdorda mavjud: 100 grammda 1444 mg fosfor. Shu bilan birga, mol go‘shti orqali fosfor organizmda yaxshiroq so‘riladi.
Grechka
Grechka tarkibida magniy mavjud. Bu suyak, bo‘g‘im va tish uchun muhim minerallar orasida uchinchi o‘rinda turadi. Magniy suyak to‘qimalarining bir qismi bo‘lib, kaliy va fosfor birikmalarining kimyoviy transformatsiyasida ishtirok etadigan fermentlarni faollashtiradi. Voyaga yetgan odamga kuniga taxminan 350 mg magniy zarur. Homilador, emizikli onalar va bolalar uchun ushbu miqdor 500 mggacha oshirilishi kerak. Shuningdek, ortiqcha vazn tashlashda ham magniy alohida ahamiyatga ega.
Mol jigari
Jigar misning asosiy manbayi bo‘lib, D3 vitaminini ham o‘z ichiga oladi. Ushbu vitamin tanadagi kalsitriol gormonini hosil qiladi, bu esa kalsiy va fosforning singishini faollashtiradi. Suyaklarning o‘sishini rag‘batlantiradi hamda ularni sog‘lom saqlashga yordam beradi. D3 vitamini parranda baliq jigarida, tuxum sarig‘ida ham mavjud.
Selderey
Selderey juda foydali bo‘lib, uning tarkibida yog‘lar mavjud emas. 100 gramm ko‘katda 240 mg kalsiy mavjud. Shuningdek, uning tarkibida fosfor, magniy, natriy, temir, rux, kaliy, b guruhi vitaminlari va provitamin mavjud. Seldereyni turli xil taom va salatlar bilan birgalikda iste’mol qilish mumkin.
Sabzi
Sabzini beta-karotin bo‘yicha chempion desa ham bo‘ladi. 100 gramm sabzida 9 mg beta-karotin mavjud. Kattalar uchun kunlik miqdor taxminan 15 mg. Shuningdek, foydali xususiyatlaridan tashqari kalsiy, fosfor va magniyning so‘rilishida faol ishtirok etadi. Qolaversa, sabzini xom holida iste’mol qilish yaxshidir. Chunki pishirish va qovurish jarayonida beta-karotin miqdori 40-80 foizga kamayadi.
Manba