Oshqozon-ichak tizimi uchun zararli 6 mahsulot
Oshqozon-ichak traktidagi muammo nafaqat jismoniy, balki ruhiy holatga ham ta’sir qiladi. Noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli mahsulotlarni kanda qilmaslik esa salbiy holatni yanada jadallashtiradi.
Foto: FreepikShakar o‘rnini bosuvchi shirinlashtiruvchi modda
Yorlig‘iga shakarsiz deb yozilgani ichimlik yoki mahsulotni foydali ekanini bildirmaydi. Tarkibida sorbit bo‘lgan mahsulotlar oshqozon uchun zararli. Gap shundaki, organizmga yaxshi singmagani sabab diareya, qorin dam bo‘lishi mumkin. Tarkibida sorbit yoki shakar o‘rnini bosadigan qo‘shimchasi bor shirinlikdan ko‘ra bir choy qoshiq shakar iste’mol qilgan yaxshi.
Gazlangan ichimliklar
Hatto bir stakan gazli ichimlik ham insulin miqdorini oshirib yuboradi. Gazlangan shirin ichimliklar oshqozon va ichaklar salomatligi uchun zararli hisoblanadi. Karbonat angidrid gazi shilliq qavatlariga salbiy ta’sir qilib, oshqozon-ichak trakti va muammolarni keltirib chiqaradi.
Meva sharbatlari
Sharbat hatto tabiiy mevalardan tayyorlangan taqdirda ham gazli ichimliklar singari ta’sir qiladi. Shakar bisyor, ammo tarkibida salomatlik uchun muhim bo‘lgan kletchatka bo‘lmaydi. Sharbat o‘rniga barra meva va sabzavotlar iste’mol qilish kerak.
Qahva
Jig‘ildon qaynashi begona bo‘lmagan kishilarga qahvadan voz kechish tavsiya etiladi. Ammo hazm qilishi bilan bog‘liq muammo bo‘lmagan kishilar ham kaloriyasi ko‘pligini tort bilan solishtirish mumkin bo‘lgan ushbu ichimlikning me’yorini bilishi kerak.
Qizil go‘sht
Qizil go‘shtni ko‘p iste’mol qilgan kishilarda yo‘g‘on ichak saratoni paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Aynan shu sabab ham uni haftada ikki martadan ko‘p yemaslik kerak.
Frityurda ( ko‘p yog‘ solib qovurish usuli)tayyorlangan taom
Istalgan qovurilgan mahsulot: kartoshka, tovuq yoki baliqni hazm qilish uchun organizm ko‘proq zo‘riqishiga to‘g‘ri keladi. Bunday zo‘riqishning takror va takror kuzatilishi esa oshqozon-ichak kasalliklarining rivojlanishiga olib keladi.
Manba