Salomatlik Salomatlik Tuz iste’molidan butunlay voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Tuz iste’molidan butunlay voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

O'qildi: 303


Tuz iste’molidan butunlay voz kechilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi?

Atrofingizda tuzsiz ovqat yeydigan yoki juda kam tuz iste’mol qiladigan tanishlaringiz yoki yaqinlaringiz bo‘lsa kerak. O‘zingiz ham bir necha bor tuzsiz dietaga butunlay o‘tish kerakligi haqida o‘ylagandirsiz?Tuzdan butunlay voz kechish nimalarga olib kelishi haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Ko‘p tuz iste’moli nega zararli?

Nima uchun shifokor va dietologlar ba’zi bemorlarga tuz iste’molini cheklashni maslahat beradi?Osh tuzi asosan natriy xloriddan tashkil topishini bilsangiz kerak. Uni ortiqcha iste’mol qilsa, nima bo‘ladi?

Tanada suyuqlik ushlanib qolishi va limfa tiqilishi

Tanadagi natriyning ortiqcha miqdori limfa harakatsizligiga olib keladi, ko‘pincha to‘qimalarda suyuqlik ushlab qolinadi. Natijada ichki organlarda shish paydo bo‘ladi.

Yog‘ to‘qimalarida ortiqcha suyuqlik

Eng yoqimsiz holat yog‘ to‘qimalari ortiqcha suyuqlik to‘planishiga moyil bo‘lib qolishidir. Shuning uchun faol ravishda tuz iste’mol qiladigan odamlar uchun ortiqcha vazndan qutulish juda qiyin.

Tuz ishtahani kuchaytiradi

Tuz — ta’m beruvchi modda, ishtaha ochadigan ta’m kuchaytiruvchi qo‘shimcha. Taomlarga tuz solish orqali me’yordan ko‘ra ko‘proq ovqatlanish xavfini tug‘dirasiz. Agar sizda metabolizm a’lo darajada bo‘lsa, bu yangilik siz uchun unchalik muhim emas. Ammo ortiqcha vazndan qutulmoqchi bo‘lganlar uchun tuz maqsadga erishishda katta xalaqit berishi mumkin.

Buyraklarni zo‘riqtiradi

Ortiqcha tuz buyraklarga qo‘shimcha stress yuklaydi. Buyraklar tanadan ortiqcha suyuqlikni chiqarish uchun harakat qiladi, tuz esa uni to‘playdi va ushlab turadi.

Yurak-qon tomir tizimiga bosim yuklaydi

Tuzning yana bir tasdiqlangan xususiyati. Haddan tashqari ko‘p miqdordagi natriy boshqa muhim elementlar yo‘qolishiga olib keladi: yurak-qon tomir tizimining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kaliy, magniy va kalsiy kabi.

Tanadagi suyuqlik tufayli tomirlar torayadi, qon bosimi oshadi. Qon tomirlari va kapillyarlar torayishi tufayli odam bosh og‘rig‘iga duch kelishi mumkin. Shuning uchun qon bosimi baland yuradigan bemorlarga tuz iste’molini kamaytirish tavsiya etiladi.

Organizmda toksinlar to‘planadi

Tanadagi ortiqcha tuz asta-sekin metabolik kasalliklarga, organizmda toksinlar to‘planishiga olib keladi. Aslida, bularning barchasi tashqi ko‘rinishda aks eta boshlaydi: soch va tirnoqlar mo‘rtlashadi, teri oqarib, quriydi.

Foto: Getty Images

Nima uchun tanaga tuz kerak?

Tana o‘z-o‘zidan natriy ishlab chiqara olmaydi. Shuncha zarariga qaramay tanamiz tuzga muhtoj. Gap shundaki, ba’zi elementlardan farqli o‘laroq, tanamiz natriyni mustaqil ravishda ishlab chiqara olmaydi. U tashqaridan kelishi kerak.

Natriy suv-tuz balansini tartibga soladi

Natriy hujayralar metabolizmi uchun eng muhim element hisoblanadi. U hujayralardagi bosimni, shuningdek, suv-tuz balansini optimal darajada ushlab turadi.

Asab tizimi faoliyatida ahamiyati katta

Organizmning normal ishlashi uchun natriyning ahamiyatini e’tiborsiz qoldirmaslik kerak. Natriy asab tizimi faoliyatini tartibga soladi, ya’ni bu elementning yetishmasligi tufayli miya faoliyatida muammolar bo‘lishi mumkin.

Xlor ovqat hazm qilishga yordam beradi

Oshxona tuzining bir qismi bo‘lgan xlor ham muhim moddadir. U hazm qilish jarayonlarida ishtirok etadi: xlor xlorid kislotasi sintezi uchun zarur bo‘lib, bu organizmga oqsillarni to‘liq hazm qilish imkonini beradi. Bu element suv va kislota-ishqor muvozanati uchun ham muhimdir.

Tuzdan butunlay voz kechish nimaga olib keladi?

Suvsizlanishga

Tuz yetishmovchiligi teskari ta’sirga olib kelishi mumkin — suvsizlanish. Buni, ayniqsa, sport, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, yuradigan yoki yuguradigan odamlar his qiladi.

Gap shundaki, jismoniy zo‘riqish paytida odam tuz bilan birga ter va suyuqlikni yo‘qotadi. Bunday yuklardan keyin ichilgan suv tana hujayralarida qolgan natriyni chiqarib tashlaydi. Ammo suvni ushlab turish uchun organizmga natriy kerak.

Mushaklar zaifligi va tomir tortishishiga

Natriy nafaqat suv va kislota-ishqor balansini tartibga solishda ishtirok etadi. Shuningdek, u asab impulslarini uzatish va mushaklar qisqarishida ham faol ishtirok etadi. Ratsiondan tuzni butunlay chiqarib tashlash mushaklar zaifligi va tomir tortishishiga olib kelishi mumkin.

Ishtaha kamayishi, ko‘ngil aynishiga

Ovqat hazm qilish jarayonlarida ishtirok etadigan xlor yetishmovchiligi ko‘pincha yomon ishtaha, ovqat hazm qilish sistemasining buzilishi va surunkali ko‘ngil aynishiga olib keladi.

Qon bosimi pasayishi va hushdan ketishga

Yuqori qon bosimi xavfli holat. Ammo past qon bosimi ham undan kam emas. Natriy ionlari yetishmasligi qon bosimining keskin pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, gipotenziyaga moyil bo‘lganlar bosh aylanishi va hushdan ketish kabi muammolarga duch keladi.

Kuniga qancha tuz iste’mol qilish kerak

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, katta yoshli odamning natriyga bo‘lgan kunlik ehtiyoji 1,3-1,6 grammni tashkil qiladi, elementning bu miqdori, taxminan, 3-4 gramm osh tuzida mavjud. Bu yarim choy qoshiqdan bir oz ko‘proq.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga 5 grammdan ko‘p bo‘lmagan tuz iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ammo shuni yodda tutingki, ba’zi tabiiy mahsulotlar — dengiz baliqlari, suv o‘tlari, midiya, selderey, tuxum, lavlagi, shivit, go‘sht tarkibida ko‘p miqdorda tuz bo‘ladi. Konserva, tuzlangan ovqatlar, kolbasa, pishloq, tomat pastasi, ketchup, qandolat mahsulotlariga ham ko‘p tuz qo‘shiladi.

Mavzuga doir:

  • Margarin, kolbasa va organizm qarishini tezlashtiradigan boshqa mahsulotlar
  • Organizmda tuz ko‘pligidan darak beruvchi 4 alomat
  • Organizmda xolesterin miqdorini me’yorida ushlab turishning 19 usuli
  • Qon bosimining oshishiga qanday omillar ta’sir qiladi?
 




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.