Salomatlik Salomatlik Tezroq ozish uchun ratsiondan nimalarni chiqarib tashlash kerak?

Tezroq ozish uchun ratsiondan nimalarni chiqarib tashlash kerak?

O'qildi: 431


Tezroq ozish uchun ratsiondan nimalarni chiqarib tashlash kerak?

Ba’zan parhezga qattiq amal qilinsa ham vazn kamaymaydi, aksincha yanada ortadi. Bunga ko‘p miqdorda kraxmal va uglevodlarni o‘z ichiga olgan sabzavotlar sabab bo‘lishi mumkin. Ovqat hazm qilish fermentlari ta’sirida kraxmal shirinliklarda bo‘lgani kabi organizmda shakarga ajraladi. Kraxmalli sabzavotlar ochlik hissining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Natijada siz ko‘proq ovqatlanasiz, vazn tashlash jarayoni esa sekinlashadi.

Foto: Getty Images

Garvard jamoat salomatligi maktabi tomonidan 13 ming nafar ishtirokchi qatnashgan 20 yillik tadqiqot davomida olimlar sabzavotlarning ayrim turlari va vazn ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi. Kraxmalli taomlarni iste’mol qilganlar ko‘katlarni afzal ko‘rganlardan farqli ravishda ko‘proq vazn yig‘gan. Demak, parhezda bo‘lganingizda ratsioningizdan nimani chiqarib tashlashingiz kerakligi haqida to‘xtalamiz.

Kartoshka

Foto: Getty Images

Makkajo‘xori

Foto: Getty Images

Loviya

Foto: Getty Images

No‘xat

Foto: Getty Images

Ushbu oziq-ovqat mahsulotlarida ko‘plab vitamin va minerallar mavjud, shuning uchun ularni uzoq muddat iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiq emas. Ammo parhez davomida ma’lum vaqt ulardan foydalanishni cheklagan ma’qul. Ushbu sabzavotlarni brokkoli, bulg‘ori qalampiri, sabzi, qovoq bilan almashtirishga harakat qiling — ular tarkibida juda ko‘p miqdordagi kletchatka va suv mavjud, bu esa vazn tashlashda yaxshi samara beradi.

Mavzuga doir: 

  • Piyoda yurib ozish uchun nimalarga amal qilish kerak?
  • Vazn tashlashning eng oddiy usuli: ishtahani kamaytiradigan 5 mahsulot
  • Vazn tashlashga samarali yordam beradigan 4 ta hamyonbop parhez


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.