Salomatlik Salomatlik Shishlarga o‘rin yo‘q: krem va patchlarning o‘rnini bosuvchi eng yaxshi 11 ta ichimlik

Shishlarga o‘rin yo‘q: krem va patchlarning o‘rnini bosuvchi eng yaxshi 11 ta ichimlik

O'qildi: 370


Shishlarga o‘rin yo‘q: krem va patchlarning o‘rnini bosuvchi eng yaxshi 11 ta ichimlik

Ba’zi ichimliklar terini parvarish qilish mahsulotlari kabi shish bilan kurashadi. Agar har kuni shish bilan bog‘liq holatlar bezovta qilsa, Marie Claire nashri taqdim etgan ichimliklar ro‘yxati ushbu muammoni bartaraf etishga yordam beradi.

Foto: Marie Claire

Har bir ayol hayotida kamida bir marta bo‘lsa ham ko‘z ostidagi xaltachalar, yuz va to‘piqda shish bilan bog‘liq holatlarga duch keladi. GMT Clinic klinikasining estetika va hayot sifati bo‘yicha gastroenterolog, diyetolog, integrativ tibbiyot shifokori Natalya Gronskaya qaysi ichimliklar bu muammoni tez va oson hal qilishda yordam berishini ma’lum qildi.

Organizmda suyuqlikni ushlab turishga hissa qo‘shadigan shish paydo bo‘lishining sabablari juda xilma-xildir. Ular limfa va qon aylanish tizimlarining faoliyati buzilgan joylarda paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, shish mikroelementlarning nomutanosibligini qo‘zg‘atadigan noto‘g‘ri ovqatlanish, Organizmning ichki muhitini kislotalanishi, suyuqlik chiqarilishining buzilishi va organizmdagi jiddiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, shish buyrak, yurak, gormonal kasalliklar, varikoz tomirlarining kengayishining belgisi bo‘lishi mumkin. Agar ko‘zlar muntazam ravishda shishsa, bu buyraklar yoki yurakning noto‘g‘ri ishlashiga bog‘liq, yuzdagi shish — katta ehtimollik bilan, qalqonsimon bez funksiyasiga tegishli. Yuqoridagi barcha holatlar shifokorlar — endokrinolog, kardiolog va terapevt bilan maslahatlashishni talab qiladi.

Shish paydo bo‘lishining asosiy aybdorlari ko‘pincha ovqatlanish va suyuqlik ichish rejimining xususiyatlariga tayanadi. Ratsionni o‘zgartirish va suyuqlikni ushlab turish bilan kurashishga yordam beradigan ichimliklar qo‘shish orqali muammoni hal qilish mumkin.

Ishqorli suv

Shishning asosiy sababi — ratsionda tuzning ortiqcha bo‘lishi, 1 gramm tuz 100 ml suvni ushlab turadi. Shishni bartaraf etishda o‘rtacha kuniga 10 stakan suv uchun 4-5 gramm tuz iste’mol qilish mumkin. Agar suyuqlikni ushlab turishga moyillik bo‘lsa, ratsionga ko‘proq ishqorli suv qo‘shish tavsiya etiladi — pH qiymati 7,5-8 dan yuqori. Uni oddiy do‘konlardan sotib olish mumkin. Shuningdek, och qoringa iliq holda ichilgani ma’qul.

Limon sharbatili suv

Limon nordon ta’mga ega bo‘lishiga qaramay, u ham ishqoriy mahsulotlarga tegishli, chunki uning tarkibida sakkizdan ortiq organik kislotalar mavjud. Bunday ichimlik nafaqat ortiqcha suyuqlikni, balki toksinlarni ham chiqarib tashlashga yordam beradi. Tayyorlash uchun 2 osh qoshiq limon sharbati 250 ml iliq suv bilan aralashtiriladi. Shish yo‘qolguncha kuniga bir marta ichish tavsiya etiladi.

Petrushkali choy

Nafaqat yuzda, balki tanada ham shishdan tezda xalos bo‘lishga yordam beradigan ajoyib ichimlik. Choyni tayyorlash uchun 2 osh qoshiq quruq yoki yangi petrushka bir stakan qaynoq suv bilan aralashtiriladi va 10 daqiqaga qoldiriladi. Keyin suzib ichiladi. Bu choyni kuniga uch martagacha ichish mumkin.

Ko‘k choy

Ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ko‘k choy ajoyib diuretikdir. U ortiqcha suyuqlikni asta-sekinlik bilan chiqarib tashlaydi, shu bilan birga organizmda kerakli minerallarni saqlab qoladi. Uni xohlagancha va istalgan miqdorda, salbiy oqibatlardan qo‘rqmasdan ichish mumkin.

Arpabodiyon(ukrop)urug‘ining qaynatmasi

Arpabodiyon urug‘lari ortiqcha natriy va suvni  yo‘q qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, qaynatma meteorizmlarga qarshi kurashadi. Qaynatma tayyorlash uchun 1 osh qoshiq urug‘ni bir stakan issiq suv bilan to‘kib tashlab, u 5-10 daqiqaga qoldiriladi, so‘ng suzib olinadi. Ichimlikni kuniga uch marta ichish tavsiya etiladi.

Klyukvali sharbat yoki mors

Nafaqat rezavor mevali ichimlik yoki sharbat, balki uning barglarining qaynatmasi ham ortiqcha suyuqlikni yo‘q qiladi. Morsni shakarsiz tayyorlash muhim ahamiyatga ega — 1 gramm oddiy uglevodlar 4 gramm suvni saqlaydi. Barglari ham oddiy choy kabi tayyorlanadi. Bunday ichimliklar hech qanday kontrendikatsiyaga ega emas va hatto homilador ayollar va bolalarga ham buyuriladi.

Sabzi sharbati

Sabzi ham ishqoriy ta’sirga ega. Uning sharbati shishni muntazam ravishda boshdan kechiradiganlar ratsioniga ajoyib qo‘shimcha hisoblanadi. Uni asosiy ovqatlar orasida gazak sifatida ichish mumkin.

Suli yormasi kiseli

Suli yormasi ham shish bilan yaxshi kurashadi. Uning diuretik ta’siri unda kremniy mavjudligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, u oshqozon-ichak shilliq qavatining holatini yaxshilaydi. U kraxmal yoki shakar qo‘shmasdan, suli va suyuqlikni bug‘lash orqali tayyorlanadi.

Qora qahva

Ortiqcha suyuqlikni bartaraf etish uchun juda yaxshi. Ammo bir qator nojo‘ya ta’sirga ham ega. Xususan, u organizmdan kalsiy va kaliyni chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, bu ichimliklar yurak-qon tomir kasalliklari yoki oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lgan odamlarning ratsioniga mos kelmaydi.

Bodring suvi

Ushbu ichimlik ko‘plab fitnes markazlarida ham tavsiya etiladi. Bodring tarkibidagi kremniy miqdori yuqori bo‘lganligi sababli organizmdan suvni chiqarib tashlaydi. Bodring suvi metabolizm va toksinlarni yo‘q qilishni rag‘batlantiradi, shuningdek, chanqoqni mukammal darajada qondiradi. Uni tayyorlash uchun 1 ta o‘rta kattalikdagi tozalangan va mayda to‘g‘ralgan bodring 2 litr suv bilan aralashtiriladi. Ichimlikni bir kechaga muzlatkichga qo‘yib, kun davomida ichish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Ilmiy tadqiqot: kun davomida qancha qahva ichish kerak?
  • Ko‘p emas, to‘g‘ri ichish kerak: Mineral suvni qanday va qachon ichish bo‘yicha tavsiyalar
  • Organizmda ortiqcha suyuqlikni to‘planish sabablari va uni bartaraf etish usullari
  • Ichimlik o‘rnini bosuvchi suv miqdori eng yuqori bo‘lgan 15 ta mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.