Trixolog-shifokor: Sochga erta oq tushishi keksalik alomati emas
Trixolog-shifokor Jo Chinkotta 100 nafar ko‘ngilli ishtirok etishga rozi bo‘lgan tadqiqotda qatnashdi. Bu haqda Cosmopolitan xabar beradi.
Foto: CosmopolitanMa’lum qilinishicha, bir guruh olimlar ishtirokchilar ratsioni, turmush tarzi, stress miqdori va asabiy tarangligini kuzatib teri va soch rangi, jins va yoshni irsiy omillar bilan bog‘lagan. Olimlar chiqargan xulosalar kishini hayratga soladi.
Birinchidan, sochlarning oqarishida muhim rol o‘ynamaydi. Ishtirokchilar orasida hayotning turli zarbalariga duch kelgan, biznesini yo‘qotgan, yaqin insonlari vafot etganlar bo‘lgan. Ularning hech birida stressli vaziyatlardan keyin oqargan sochlari ko‘paygani aniqlanmagan.
Ikkinchidan, soch pigmentiga javob beradigan melanin pasayishi yosh o‘tishi bilan darhaqiqat kamayadi, ammo bu har bir odamda individual tezlikda bo‘ladi. Ya’ni yashash joyi, ovqatlanish ratsioni, jismoniy faolligi va organizmning umumiy ahvoliga bog‘liq bo‘lmaydi. Butkul sog‘lom odamning sochlari 20 yoshida oqarishi, surunkali og‘ir kasallikdan aziyat chekadigan odamning sochida 50 yoshda ham bitta oq bo‘lmasligi mumkin.
Uchinchi xulosa, vitamin va bioqo‘shimchalarni qabul qilish oq soch paydo bo‘lishini sekinlashtirmaydi. Ratsionga qo‘shish mumkin bo‘lgan melanin ishlab chiqarishini yaxshilaydigan hech qanday samarali kompleks mavjud emas.
To‘rtinchi xulosa, soch oqarishi an’anaviy tarzda yosh bilan bog‘liq deb hisoblanadigan organizmdagi boshqa jarayonlar bilan aloqador bo‘lmaydi. Terida ajinlar paydo bo‘lishi, bo‘g‘in va suyak to‘qimalardagi o‘zgarishlar, ichki a’zolar holati, metabolizmning sochlarning oqarishi bilan aloqasi yo‘q.
Va nihoyat oq sochlarni olib tashlash, erta soch bo‘yash va soch, bosh terisi parvarishi bilan bog‘liq istalgan muolaja pigmentning asta-sekin kamayish jarayoniga ta’sir qilmaydi. Sochning oqarishiga esa irsiy omil sabab ekani aniqlangan. Ota-onangizning sochiga qancha erta oq tushgan bo‘lsa, sizda ham bu holat shuncha erta kuzatilishi mumkin. Aksincha bo‘lsa xavotirlanishga hojat yo‘q.
Manba