Toza va sog‘lom tana: husnbuzarlarni bartaraf etishga yordam beradigan mahsulotlar (foto)
Husnbuzar paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi mahsulotlar ko‘p marta muhokama qilingan. Lekin ularni bartaraf etadiganlari ham talaygina. Ular bilan quyida tanishib chiqish mumkin.
Avokado
Foto: CosmopolitanUshbu meva vitaminlarga boy bo‘lishi bilan birga, teri salomatligi uchun foydali. Tadqiqotchilar ushbu mevaning xususiyatlarini o‘rganishda davom etmoqda. Lekin hali to‘liq aniqlanganicha yo‘q. Avokado tarkibidagi C va E vitaminlari husnbuzarlar toshishining oldini oladi.
Brokolli
Foto: CosmopolitanA, B va K guruh vitaminlari terini parvarish qilishda yordam beradi. Ko‘pchilik brokollini pishirmasdan iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Ammo uni qaynatilgan suvda 10 daqiqa dimlab, so‘ngra iste’mol qilish yanada foydalidir.
Anjir
Foto: CosmopolitanMagniyga boy mazali meva teri silliqlash bilan birga, yog‘ bezlarining faolligini kamaytirishga yordam beradi.
Suli yormasi
Foto: CosmopolitanSuli yormasi ham magniyga boy foydali mahsulotlardan biri. Shuningdek, hamyonbopligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.
Jigarrang guruch
Foto: CosmopolitanKletchatkaga boy ushbu mahsulot terini tozalash xususiyatiga ega.
Baliq
Foto: CosmopolitanYog‘ kislotalari va ularning antibakterial faolligini susaytirish uchun baliq juda foydali.
Qovoq urug‘lari
Foto: CosmopolitanQovoq urug‘lari tanada rux yetishmasligining oldini oladi va teri go‘zalligi uchun o‘z hissasini qo‘shadi.
Qora shokolad
Foto: CosmopolitanAntioksidantlar teriga foyda keltirishi bilan birga, organizmni rux bilan ta’minlaydi.
Manba