Yangi yilga tirnoqlarni bayramona bo‘yash uchun bir-biridan qiziq g‘oyalar (foto)
Yangi yilni ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish uchun nafaqat obraz, balki manikyur ham o‘ziga xos bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Cosmopolitan nashri bezak borasida nima qilishni bilmayotgan ayol-qizlarning ilhomlanishi uchun bir-biridan qiziq g‘oyalarni taqdim qiladi.
Lak ustidan turli naqsh va bezaklar chizing
Foto: CosmopolitanYangi yil fantaziyani ishlatish va tirnoqlarni o‘ziga xos dizayn bilan bo‘yash uchun ayni muddao. Qishga xos ramzlar: qor, yulduz, archa, bug‘u, konfet va sovg‘alar bayram kayfiyatini baxsh etishi aniq.
Foto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanBunday suratlarni birgina barmoqqa tushirish kifoya, shunda balansni saqlab qolish mumkin bo‘ladi. Agar undan ham qiziqroq chiqishini xohlasangiz, bir nechta barmoqni turlicha bezasangiz ham bo‘ladi.
Rang-barang bo‘lsin
‘Foto: CosmopolitanTirnoq va teri rangidagi laklar yilning istalgan kunida dolzarb bo‘ladi.
Foto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanYangi yilgi manikyur yorqin, masalan, qizil, yashil rangda bo‘lgani yaxshi. Uning ustini esa istak va xohishga qarab, turlicha bezasangiz bo‘ladi.
O‘ziga xos dizayn
Foto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanKo‘proq bezak va o‘ziga xoslikni istasangiz, ko‘zli, yaltiroq, pistonli variantlarga e’tibor qarating. Fantaziyangizni istagancha ishlatib, rang borasida tanlov qilishdan cho‘chimasangiz ham bo‘ladi.
Geometrik shakllar bilan bezang
Foto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFoto: CosmopolitanFrench qilingan tirnoq ham bayram uchun ayni muddao, buning uchun yorqin bo‘yoqlar, chiziq va geometrik shakllar qo‘shish kerak, xolos. Bayramona libos va obrazdan ilhomlanib, istagancha tanlov qilsangiz bo‘ladi.
Manba
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring