Sochga chekish va quyosh nuridan ham ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadigan tungi odatlar
Chiroyli, qalin va porloq sochlar nafaqat irsiyatga, balki to‘g‘ri parvarishga ham bog‘liq. Agar sochlarning ko‘rinishida to‘satdan o‘zgarish yuz bersa, buni darhol tekshirish tavsiya etiladi. Sochni zaif va xunuk ko‘rinishga olib keladigan tungi odatlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish lozim.
Foto: LetidorNam sochlar bilan uyquga yotish
Eng zararli odatlardan biri ho‘l sochlar bilan uyquga ketishdir. Bu orqali soch tolalari zaiflashadi, gullaydi, siyraklashadi va hattoki to‘kilishi ham mumkin. Agar tunda dush qabul qilish odati bo‘lsa, sochlarni ho‘l qilmaslik, suv tegsa, yaxshilab quritish zarur.
Yuqori soch turmagi
Kuni bilan murakkab hamda baland soch turmagi bilan yurib, kechasi ham u bilan uyquga ketish sochlar uchun ancha zararli. Soch tolalari turmak tufayli sinishi ham mumkin. Tunda yumshoq va yengil soch turmagi tavsiya etiladi. Natijada sochlar ham organizmning bir a’zosi sifatida dam oladi.
Uxlashdan oldin sochlarni taramaslik
Birinchidan, tarash qon aylanishini rag‘batlantiradi va massaj kabi foydalidir. Ikkinchidan, taroq kun davomida to‘plangan sochlardagi chang va kirni olib tashlashga yordam beradi. Nihoyat, uchinchidan, bosh terisini massaj qilish follikulalarni faollashtirishga va soch o‘sishini yaxshilashga yordam beradi. Shuning uchun, charchoq kuchli bo‘lishiga qaramay, bu kabi jarayonni o‘tkazib yubormaslik kerak.
Namlantiruvchi niqoblardan foydalanmaslik
Agar tongda sochni yuvish odati bo‘lsa, kechki payt namlovchi niqobni qo‘llash kerak. Masalan, sochlarni kokos moyi bilan yog‘lash yoki maxsus konditsionerlardan foydalanish mumkin. Niqoblar tunda sochga so‘riladi, ularni namlaydi va yorqin ko‘rinish bilan ta’minlaydi.
Sochga sepilgan lakni darhol yuvmaslik
Buni go‘zallik va salomatlikka qarshi jinoyat deb ham atash mumkin. Sochga sepilgan lak vositasi bor-yo‘g‘i bir kechaga qoldirishilishi natijasida ular qurishi va mo‘rtlashishi mumkin. Sochlarni to‘liq yuvishga imkon yoki vaqt bo‘lmasa, ularga ozgina konditsioner, quruq shampun yoki talk surtib, taroq bilan yaxshilab tarash tavsiya etiladi.
Mavzuga doir:
- Sochlarning to‘kilishiga sabab bo‘ladigan ovqatlanish bilan bog‘liq odatlar
- Quruq shampun qanday samara beradi va u nima uchun kerak?
- Qazg‘oqqa qarshi shampundan har kuni foydalansa bo‘ladimi?
- Go‘zallik salonidagi sirlar: siyrak sochlarga hajm berishga yordam beradigan 10 tavsiya
- Soch to‘kilishining eng asosiy 5 sababi
Manba