Yoshlik ratsioni: qarish jarayonini sekinlashtirishga yordam beradigan 8 ta mazali mahsulot
Chiroyli hamda yosh terini saqlab qolish uchun ko‘pincha barcha turdagi kosmetika mahsulotlari xarid qilinadi va yangi muolajalar sinovdan o‘tkaziladi. Biroq hammasini boshidan yaxshilash lozim — bu terining holatiga bevosita ta’sir qiladigan kundalik ovqatlanish. Marie Claire qarish jarayonini kechiktirish uchun ratsionga qanday mahsulotlar kiritish kerakligini ma’lum qildi.
Foto: Marie ClairePekin karami
Foto: Marie ClaireBu karam lutein va zeaksantinga boy bo‘lib, ular terining elastikligini oshiradi va ichki tomondan organizmni suyuqlik bilan ta’minlaydi. Lutein esa terini quyosh nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi.
Qora shokolad
Foto: Marie ClaireBu g‘alati tuyilishi mumkin, ammo shunga qaramay qora shokolad qarishga qarshi xususiyatlarga ega. Kakao antioksidantlarga boy bo‘lib, ular ultrabinafsha nurlarining zararlarini kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va terining namlikni saqlab turishiga yordam beradi.
Rezavorlar
Foto: Marie ClaireAksariyat rezavorlar C vitamini — teri qarishiga qarshi umumiy moddalarga boy. Shuningdek, erkin radikallarning zararli ta’siriga qarshi kurashadigan antioksidantlar ham mavjud.
Yong‘oq
Foto: Marie ClaireYong‘oq omega-3 yog‘lari va antioksidantlarning ajoyib manbai bo‘lib, ular terini namlaydi va ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Uzum
Foto: Marie ClaireUzum tarkibida terini erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiluvchi tabiiy polifenol bo‘lgan resveratrol mavjud. Bundan tashqari, resveratrol kollagen ishlab chiqarishni yaxshilashga yordam beradi va shu bilan terini elastik va yorqin qiladi.
Anor
Foto: Marie ClaireAnorning faol ellagik kislota komponenti tabiiy ravishda ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Eksperimental dermatologiya jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ellagik kislota kollagenning parchalanishini oldini oladi va terini ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi.
Qahva
Foto: Marie ClaireUshbu ichimlikning sog‘liq uchun xavflari haqida hanuzgacha bahs-munozaralar mavjud, ammo kuniga bir chashka qahva yuz terisi qizarishi bilan kurashishga yordam berishini va teri saratoni xavfini kamaytirishini isbotlovchi tadqiqotlar mavjud.
Yog‘li baliq
Foto: Marie ClaireTarkibida mavjud bo‘lgan sog‘lom omega-3 yog‘lari teri go‘zalligini saqlashga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, omega-3 yog‘ kislotalari quyosh ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanishni kamaytiradi, shuningdek tabiiy kollagenning zarur miqdorini saqlaydi.
Manba