Sochlarning uzun va qalin bo‘lishini ta’minlaydigan mahsulotlar
O'qildi: 478
Kuz—qish mavsumida organizmda avitaminoz kuzatilishi odatiy holdir: sochlar xiralashadi, quriydi, bundan tashqari to‘kilishni boshlaydi. Bunday hollarda soch parvarishini birdaniga o‘zgartirishga shoshilmang, buning o‘rniga parhez va turmush tarzingizga e’tibor berganingiz ma’qul. Trixolog va nutritsiologlarning fikricha, sochlarning sog‘lom va go‘zal bo‘lishi tananing ichki holatiga bevosita bog‘liq: agar organizmdagi barcha ko‘rsatkichlar normal bo‘lsa, bunday muammolar bo‘lmasligi kerak.
Foto: ElleBiotin
Soch holati haqida gap ketganda organizmda biotin(B7 vitamini)miqdoriga e’tibor berishni unutmaslik lozim, chunki u sochlarning o‘sishi va tabiiy go‘zalligini ta’minlovchi asosiy moddadir.
Biotin moddasi yuqori bo‘lgan quyidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ratsioningizga qo‘shishni unutmang:- jigar;
- tuxum sarig‘i;
- losos;
- pishloq;
- avokado;
- yangi malina;
- gulkaram;
- bug‘doy noni.
Keratin
Keratin — oqsil moddasi bo‘lib, soch va tirnoqlarning o‘sishi uchun “qurilish materiali” hisoblanadi. Ushbu modda quyidagi mahsulotlar tarkibida bo‘ladi:- karam;
- brokkoli;
- piyoz;
- sarimsoq;
- jigar;
- baliq;
- go‘sht;
- tabiiy yogurt.
C vitamini
O‘z navbatida, keratin ishlab chiqarish uchun organizmga C vitamini kerak:- kivi;
- sitrus mevalar;
- qulupnay, qorag‘at, klyukva va malina;
- bulg‘ori qalampiri;
- pomidor;
- karam(brokkoli, gulkaram, Bryussel karami);
- salat bargi.
- zarar yetkazish xavfini kamaytirish uchun faqat ukladkani quruq sochga qiling;
- tabiiy tukli taroqlardan foydalanishga harakat qiling: ular sochlarni elektrlashtirmaydi va soch ildiziga zarar yetkazmaydi;
- sochlaringiz yanada jilokor ko‘rinishi uchun sochni yuvgandan keyin sovuq suv bilan chaying: past harorat bosh terisi yuzasini tinchlantiradi va qon aylanish tizimini yaxshilaydi.
Mavzuga doir:
- Bahor uchun vitaminlar: Kayfiyat ko‘tarilishi, teri, tirnoq va sochlar sog‘lom bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
- Narxi 2 mln so‘mgacha baholanayotgan keratin muolajasining sochlarga qanday foydasi bor?Tekis sochlar uzoq saqlanishi uchun nima qilish kerak?
- Bahorda soch to‘kilishining 4 asosiy sababi
- Sochlarni qanday qilib to‘g‘ri yuvish kerak?Shifokor-trixologdan 12 maslahat
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.