Ko‘zlar nima uchun quriydi va bu qanday oqibatlarga olib keladi?
Ko‘zlarning qurish sindromi quruq keratokonyuktivit yoki quruq keratit kasalligi hisoblanadi va surunkali yoki uzoq vaqt ko‘zlarning qurishi, yengil yoki og‘ir kechishi bilan namoyon bo‘ladi.
Foto: “Domashniy ochag”Keratokonyuktivit simptomlari
Asosiy belgi ko‘zlarga xuddi qum kirib qolgandek tuyiladi. Alomatlar doimiy bo‘lishi yoki ko‘z zo‘riqqanda kuchayishi mumkin.
Umumiy simptomlar:
- ko‘zlarning qichishi;
- ko‘zlar sezuvchanligining oshishi;
- og‘riqli his;
- yorug‘likka sezuvchanlik;
- qizarish;
- tiniq ko‘rmaslik;
- ko‘zga zarralar kirib qolgandek tuyilishi.
Ko‘pchilikda uzoq muddatli asoratlar kuzatilmasligi mumkin, ammo davolanmasa yoki ahvol sezilarli darajada yomonlashsa, ko‘z bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelib chiqishi, hatto ko‘rmay qolishga ham olib kelishi mumkin.
Jiddiy keratokonyuktivitning ehtimoliy oqibatlari:
- yallig‘lanish;
- ko‘z pardasi eroziyasi;
- infeksiya tushishi;
- ko‘z olmasida chandiq paydo bo‘lishi;
- ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi.
Ko‘z yoshlari namlikni ta’minlab, himoya qatlami vazifasini o‘taydi. Ko‘z yoshi plyonkasi —ko‘z salomatligi uchun har biri muhim bo‘lgan suv, yog‘ va shilimshiqdan iborat bo‘ladi. Quruq ko‘zlar sindromi yetarli darajada ko‘z yosh ishlab chiqarilmaganida yoki ko‘z yoshi tarkibi noto‘g‘ri bo‘lganda rivojlanadi.
Kelib chiqishiga ta’sir qiluvchi omillar:
Atrof-muhit
Shamol, jazirama, chang, konditsioner havosi, sigaret tutuni ham ta’sir qilishi mumkin.
Qarish
Yosh o‘tishi bilan ko‘z yosh ishlab chiqarilishi kamayadi. Aynan shu sabab ham ushbu sindrom aksariyat hollarda keksalarda ko‘proq rivojlanadi.
Kontakt linzalar
Linzadan foydalanadigan kishilarning deyarli yarmi ko‘zlarining qurishidan shikoyat qiladi.
Lazerli korreksiya yoki boshqa muolajalar
LASIK yoki ko‘z pardasi nervlarini ta’sirlantiradigan boshqa jarrohlik amaliyotlari ham sindromni rivojlantirishi mumkin.
Ayrim dori vositalarini qabul qilish
Antigistamin vositalar, antidepressantlar, spreylar va husnbuzarlarni bartaraf qilishga mo‘ljallangan ayrim preparatlar ham sindromning kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘z kasalliklari
Blefarit, qovoqlar yallig‘lanishi va shunga o‘xshash boshqa kasalliklar ham quruq keratokonyuktivitni keltirib chiqarishi mumkin.
Autoimmun kasalliklar
Volchanka, revmatoid artrit, Shegren sindromi singari autoimmun kasalliklar ham ko‘zlarning qurish sindromi rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
Qanday tashxis qo‘yiladi?
Internetdan o‘zboshimchalik bilan davo qidirmasdan, simptomlarni sezish bilan ko‘z shifokoriga murojaat qiling. Mutaxassis maxsus tekshiruv orqali aniq tashxis qo‘yishi mumkin. Ushbu sindromdan aziyat chekmaslik uchun esa profilaktikaga e’tibor qaratish kerak.
Davo usuli
Shifokor davo sifatida amaliyotda yaxshi natija beradigan sun’iy ko‘z yosh davo usulini taklif qilishi mumkin. Ushbu usul yaxshi samara berishi mumkin.
Preparatlar
Quruqlikni kamaytirish uchun mahalliy yoki umumiy dori vositalaridan foydalanish mumkin. Ammo bu borada ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Boshqa usullar
Olimlar allaqachon sindromga qarshi kurashish uchun namlantiruvchi kamera, maxsus linza va protezlar o‘ylab topgan. Omega-3 yog‘ kislotalarini muolajada qo‘llash ham yaxshi samara berishi mumkin.
Manba