Salomatlik Goʼzallik Yuzdagi kamchiliklarga urg‘u berib, yoshni katta ko‘rsatadigan makiyaj borasidagi antitrendlar

Yuzdagi kamchiliklarga urg‘u berib, yoshni katta ko‘rsatadigan makiyaj borasidagi antitrendlar

O'qildi: 357


Yuzdagi kamchiliklarga urg‘u berib, yoshni katta ko‘rsatadigan makiyaj borasidagi antitrendlar

Makiyaj ayolning go‘zal va latofatli ko‘rinishiga hissa qo‘shadi. Ammo bu borada me’yorni bilish muhim sanaladi. Aks holda yosh katta va obraz xunuk ko‘rinishi mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Haddan ortiq konturing va xaylayter

Uzoqdan ham ko‘zga tashlanib turadigan to‘q bo‘yoq surtilgan yonoqlar, yaltiragan xaylayter kadrda chiroyli ko‘rinadi, ammo hayotda emas. Qolaversa, haddan ortiq konturing yoshni katta ko‘rsatadi. Shu sabab ham jigarrang kontur o‘rniga tabiiy ko‘rinadigan shaftoli rangli rumyana surtish tavsiya qilinadi. Bu bilan yosh va o‘ziga xos ko‘rinishingiz aniq.

Chizilgan qoshlar

Tatuajga o‘xshab turadigan qoshlar yoshni sezilarli darajada katta ko‘rsatadigan yana bir antitrend hisoblanadi. Qalin qosh egalariga tartibga keltirib tarab, gel surtishning o‘zi kifoya. Bo‘yashingiz ham mumkin, ammo chizishdan va qoshlarning tagiga xaylayter surtishdan tiyiling.

Foto: Harper’s Bazaar

Tonal kremni qalin qilib surtish

Tonal kremni qalin qilib surtish yuzda niqob singari ko‘rinishidan tashqari, teridagi kamchiliklarning yaqqol ko‘zga tashlanishiga sabab bo‘ladi. Tabiiy yaltirab turadigan, sog‘lom teri hamisha trendda. Shuni inobatga olgan holda, quyuq bo‘lmagan tonal kremni nomiga surtishning o‘zi bilan cheklaning.

Lab chetini qalamda chizib bo‘yash

Lab chetining chizib olinishi darhol ko‘zga tashlanib, notabiiy ko‘rinadi. Lablarning o‘ziga xos bo‘lishi uchun qalamni nomiga surtib, shu rangga mos keladigan pomada surtish tavsiya qilinadi. Labni quruq ko‘rsatadigan bo‘yoqlardan qochib, blesk va yengil pomadalardan foydalanish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.