Salomatlik Goʼzallik Lab bo‘yog‘i kun davomida surkalib ketmasligi uchun asqatadigan 5 ta layfxak

Lab bo‘yog‘i kun davomida surkalib ketmasligi uchun asqatadigan 5 ta layfxak

O'qildi: 472


Lab bo‘yog‘i kun davomida surkalib ketmasligi uchun asqatadigan 5 ta layfxak

Yorqin lab bo‘yog‘ini sevuvchilar juda yaxshi biladi: asosiy muammo — bu kun davomida yangidek turish. Albatta, lab bo‘yog‘i bir necha soat turishi va surkalib ketmasligi uchun dastlab sifatli mahsulotni tanlash kerak. Biroq bunga qo‘shimcha ravishda, makiyajni uzoq vaqt davomida asl ko‘rinishida saqlashga yordam beradigan bir nechta layfxaklar mavjud, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Pilingdan boshlang

Dudoqlarni yumshoq piling qilish lab bo‘yog‘i qo‘llashni osonlashtiradi va uning yanada chiroyli ko‘rinishiga yordam beradi. Maxsus yumshatuvchi skrab kosmetika sumkasi uchun zaruriy xariddir.

Foto: Marie Claire

Praymerdan foydalaning

Praymer — bu lab bo‘yog‘i chidamliligini uzaytirish uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot. Uni asos sifatida qo‘llash sizga bir necha soat davomida chiroyli makiyajni kafolatlaydi. Agar qo‘lingizda praymer bo‘lmasa, konsilerdan foydalanish mumkin. Bu ham lablar uchun samarali vosita.

Lablar chegarasini chizing

Foto: Marie Claire

Ehtiyotkorlik bilan lab chegarasini qalam bilan chizish lab bo‘yog‘ini konturdan tashqariga chiqmasligining asosiy kafolatidir. Bu yerda eng muhimi, bir xil rangdagi sifatli qalamni tanlashdir.

Lab bo‘yog‘ini bir necha qatlamda surting

Ko‘proq chidamlilik uchun mutaxassislar lab bo‘yog‘ini lablarga bir necha qatlam qilib qo‘llashni tavsiya qiladi: birinchi qo‘llashdan keyin lab bo‘yog‘ini salfetka bilan ozgina artib, yana ustidan bo‘yash kerak. Jarayon 3-4 martagacha takrorlanishi mumkin.

Lablarga upa surting

Foto: Marie Claire

Eng yaxshi yakuniy bosqich lab bo‘yog‘iga nozik shaffof upa qo‘llashdir. Bu bo‘yoqning konturdan tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu yerda asosiy narsa ehtiyot bo‘lishdir: ortiqcha upa yoki keskin harakat lab bo‘yog‘ining ko‘rinishiga zarar yetkazishi mumkin. Upani qo‘llash uchun maxsus cho‘tkadan foydalanish kerak. Agar upadan keyin rang xiralashgan bo‘lsa, ustidan yana bir qatlamli lab bo‘yog‘ini surtish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.