Muzlatkichda saqlang: lab bo‘yog‘idan foydalanishda qo‘l keladigan 10 ta layfxak (foto)
Pardoz ustalari lab bo‘yog‘ini to‘g‘ri surish va uzoqroq turishi uchun juda ko‘p layfxaklarni taqdim etdi.
Foto: “Domashniy ochag”Lablar chegarasi konsiler bilan yashiriladi
Foto: “Domashniy ochag”Ayollar lab shaklidan qoniqmasa yoki uning hajmini biroz kattalashtirishni istasa buning yo‘li juda oson. Lab chegarasi konsiler bilan yopiladi. Konsilerdan foydalangandan so‘ng ular yuz terisining rangi bilan birlashadi. So‘ngra qalam bilan yangi shakl chizib olinadi. Keyingi shakl avvalgisidan birozgina farq qilishi mumkin, lekin keskin o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. Labning qolgan qismi bo‘yoq bilan to‘ldiriladi.
Bo‘yalgan lablar slafetka yordamida artiladi
Foto: “Domashniy ochag”Lab bo‘yog‘i uzoq vaqt davomida o‘chib ketmasligi uchun yana bir ajoyib layfxak. Buning uchun lablar bo‘yalgach salfetka yordamida biroz artiladi va ustidan yana lab bo‘yog‘i suriladi.
“X” shakli chiziladi
Foto: “Domashniy ochag”Lablarni bo‘yashdan avval “X” shaklini qalam bilan chizib, yuqori burchaklarga urg‘u berish mumkin. Shundan so‘ng ular mukammal ko‘rinishga ega bo‘ladi – bu hajmni oshiradi va lablarni vizual ravishda kattalashtiradi. Keyin odatdagidek kontur va ustiga lab bo‘yog‘ini surish mumkin.
O‘ta yorqin lab bo‘yog‘i konsiler bilan qo‘llanadi
Foto: “Domashniy ochag”Agar yorqin lab bo‘yog‘ining konturi notekis bo‘lsa, uni qalam yoki lab bo‘yog‘i bilan tuzatish befoyda. Chiziqni mukammal qilishning eng oson usuli – ingichka cho‘tka yordamida ortiqcha narsalarni konsiler vositasi bilan bo‘yash. Aytgancha, professional vizajistlar aynan shunday qiladi.
Lab bo‘yog‘i yordamida yonoqlarni qizartirish mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Agar lab bo‘yog‘ining rangi me’yorida bo‘lsa, u holda yonoqlar uchun alohida bo‘yoq sotib olishning keragi yo‘q. Barmoqlar yordamida lab bo‘yog‘ini yonoqlarga ohista surish mumkin. Yoki maxsus cho‘tka yordamida amalga oshiriladi.
Salfetka yordamida lab bo‘yog‘ini me’yorda surish mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Avval odatdagidek lablar bo‘yaladi. Keyin ularga salfetka yopishtiriladi. cho‘tkadan foydalanib, bu sizga mahsulotni haddan tashqari ko‘p surtmaslikka imkon beradi. Shundan so‘ng lablar yana bo‘yab qo‘yiladi.
Lablarni zamonaviy ko‘rinishda bo‘yash
Foto: “Domashniy ochag”Dudoqlarni hajmini oshirish uchun navbatdagi layfxak yordam beradi. Buning uchun oq qalam kerak. U lablar o‘rtasiga surtiladi va barmoq yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Pushti qalam bilan konturni chiziladi va lablarning butun yuzasini porloq yoki shaffof lab bo‘yog‘i bilan yopiladi.
Konturga barmoq bilan ishlov beriladi
Foto: “Domashniy ochag”Kontur qalamdan foydalanish – bu lablarga to‘g‘ri shakl berishga imkon beradi va bo‘yoqning tarqalishini oldini oladi. Biroq kontur hech qachon aniq bo‘lmasligi kerak. Buning uchun unga har doim barmoq uchlari ishlov berilib, so‘ngra lab bo‘yog‘i suriladi.
Lablar qosh cho‘tkasi bilan tozalanadi
Foto: “Domashniy ochag”Lab bo‘yog‘i mukammal joylashishi uchun avval cho‘tka yordamida labni muloyim harakat bilan tozalash kerak. Bu orqali terining qurigan qatlami osongina tekislanadi va bo‘yoqni qo‘llashda muammolar paydo bo‘lmaydi.
Lab bo‘yog‘ini muzlatkichda saqlash tavsiya etiladi
Foto: “Domashniy ochag”Vizajistlardan oxirgi maslahat – har doim lab bo‘yog‘ini muzlatkichda saqlash kerak. Shundagina u o‘z xususiyatlarini uzoqroq saqlaydi, erimaydi va undan foydalanish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Manba