Salomatlik Ayollar uchun Yo‘qolgan zirakni topish, singan sopoldan mozaika va keraksiz buyumlarga ikkinchi hayot bag‘ishlaydigan boshqa ajoyib layfxaklar (foto)

Yo‘qolgan zirakni topish, singan sopoldan mozaika va keraksiz buyumlarga ikkinchi hayot bag‘ishlaydigan boshqa ajoyib layfxaklar (foto)

O'qildi: 497


Yo‘qolgan zirakni topish, singan sopoldan mozaika va keraksiz buyumlarga ikkinchi hayot bag‘ishlaydigan boshqa ajoyib layfxaklar (foto)

Ko‘pincha tashlab yuborish kerak bo‘lgan narsalar kutilmaganda foyda keltirishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Agar uyda zirak yoki boshqa kichik narsalar tez-tez yo‘qolsa, ushbu layfxak yordam berishi shubhasiz. Oddiy changyutkich yordamida uni osongina amalga oshirish mumkin. Buning uchun changyutkich trubasining uchiga eski kolgotkaning bir qismi kiydiriladi. Keyin qurilma yoqilib, barcha burchak va mebellar ostida harakatlantiriladi. Kuchli havo oqimi yo‘qolgan barcha kichik taqinchoqlarni tortib oladi va trubaga o‘ralgan mato yuzasida saqlanib qoladi. Ushbu uslub orqali yana bir qancha mayda buyumlarni osongina topish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Agar juda kichik va tor joy uchun changyutkich qulay bo‘lmasa, uning uchiga qog‘oz yoki sochiq o‘rab ham buni amalga oshirish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Bolalar ovqati uchun mo‘ljallangan shisha idishchalarni tashlashga shoshilmaslik kerak. Ulardan tirnoqdagi lakni o‘chirishda samarali foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Buning uchun shisha idish ichiga machalkani mos o‘lchamda kesilib, solinadi va ustidan lak o‘chirishda foydalaniladigan vosita quyiladi. So‘ngra barmoq uchini machalkaga “botirish” orqali bo‘yoqni osongina o‘chirish mumkin. Foydalanib bo‘lingan idish qopqog‘i yopiladi. Uni bir necha marta ishlatish mumkin, shuningdek, suyuqlik havoda bug‘lanib ketmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Bo‘shab qolgan ketchup idishi suyuq xamir uchun ayni muddao. Masalan, quymoq yoki oladyelar uchun tayyorlangan massa idish ichiga quyiladi. Pishirish mobaynida xamirni bir xil miqdorda va dumaloq ko‘rinishda tovaga quyish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Bo‘sh yelim idish ham oshxona uchun foydali. Ayniqsa, u yordamida tuxum sarig‘ini oqidan ajratishning eng oson usuli ham shu. Buning uchun idish siqilib, tuxum sarig‘ining ustiga olib borilgach, biroz qo‘yib yuboriladi. Shunda sariq qismi idishga so‘riladi va oqidan osongina ajraladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tunukadan yasalgan choy qutilari bo‘shab qolgach, ulardan ham unumli foydalanish mumkin. Masalan, xushbo‘y hid taratuvchi shamlarni yasab, ularga solib qo‘ying.

Foto: “Domashniy ochag”

Shokolad qutisidan esa shaklning katta kichikligiga mos ravishda, ilgak, igna va iplar kabi kichik buyumlarni saqlashda foydalanish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Salfetka tamom bo‘lgach, uning qutisiga har qanday uydan topilishi mumkin bo‘lgan sellofan paketlarni solib qo‘yish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tik-Tak shirinlik qutilariga esa tuz yoki boshqa ziravorlarni solib, istalgan joyga birgalikda olib ketish yanada qulaydir.

Foto: “Domashniy ochag”

Jufti yo‘qolgan paypoqlar nimaga ham kerak, degan savol hammada ham bo‘lishi tabiiy. Lekin ulardan ham boshqa maqsadda foydalanish mumkin. Masalan, qimmatbaho buyumlar qirilmasligi uchun uni omborda saqlab o‘tirishning keragi yo‘q. Ularga paypoq kiydirib, uzoq vaqt davomida zarar yetkazmaslikning imkoni bor.

Foto: “Domashniy ochag”

Sopol idishlar singanida, o‘ylab ham o‘tirmasdan chiqindi qutisiga tashlanadi. Lekin bitta ehtiyotsizlik bilan ikki buyumni ham saqlab qolsa bo‘ladi. Masalan, singan sopol idishidan mozaika yasab, uni eski stol ustiga yopishtirish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Shuningdek, singan idish yoki tuvak bormi, ular ham o‘simliklarga xizmat qila oladi. Buning uchun bog‘da o‘sayotgan turli xil o‘simliklarni bir-biridan ajatish uchun singdan idishlar yarmigacha yerga ko‘miladi. Bu foydali bo‘lishi bilan birga, bog‘ga ham ajoyib ko‘rinish beradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.