Kuz mavsumida har bir uy bekasiga qo‘l keladigan layfxaklar (foto)
Kuzni sarg‘aygan yaproqlar, yomg‘irli havo va issiqqina kakao bilan kutib olamiz. Bu vaqtda ko‘pchilik sabzavot va mevalar hosilini yig‘ib, uyga olib keladi. Natijada mavsumiy muammolar boshlanadi. AdMe nashri bu borada kuzgi “bosh og‘riq”lardan xalos bo‘lishga yordam beradigan bir nechta layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Yashil qovoqchani muzlatkichda, sarig‘ini esa balkonda saqlang
Foto: AdMeQovoqcha ko‘pincha muzlatkichda bir necha hafta davomida turadi va keyin chiqindiga chiqariladi, chunki u yumshab, yaroqsiz holga keladi. Suning uchun ularni to‘g‘ri saqlash kerak.
Masalan, qovoqchani muzlatkichda saqlagan yaxshi. U yerda ular taxminan 2 hafta bo‘lishi mumkin. Ammo sariq qovoqcha xona haroratida qorong‘i joyda yoki havo aylanadigan balkonda yaxshiroq saqlanadi. U yerda sariq qovoqcha bir necha oygacha qolishi mumkin.
Uzumni muzlatkichning orqa tomonida saqlang
Uzumni muzlatkichda, eng sovuq qismida saqlash kerak. Yuvish shart emas, shuningdek, piyoz yoki kuchli hidli boshqa mahsulotlar yonida saqlash mumkin. Bundan tashqari, uzumlarni paket yoki havo o‘tkazmaydigan idishda qoldirmaslik lozim: ularga havo kerak. Agar uzumni qo‘yish uchun joy bo‘lmasa, uni muzlatib qo‘yish, keyin uni smuzi uchun ishlatish mumkin.
Mevalarni alohida muzlatib qo‘ying
Rezavorlarni muzlatgandan so‘ng qishda ularni eritishni ham o‘ylash lozim. Chunki eritish jarayonida mevalar bir-biriga yopishib, bo‘linib ketishi mumkin. Shuning uchun ularni muzlatishda idish yuzasida alohida terib chiqish va muzlaganidan keyin biror idish yoki maxsus paketga solib qo‘yish tavsiya etiladi.
Soyabonni biroz ochiq holatda quriting
Soyabonni ochiq holda quritgan yaxshi, garchi u juda ko‘p joy egallasa ham. Soyabonni yig‘ib, lekin qatlamlarni bir-biriga yopishtirmasdan, biroz ochiq holatda quritish soyabonning ichki qismini zanglamasligiga, uzoq vaqt xizmat qilishiga yordam beradi.
Oyoq kiyimlar qismasligi uchun sovun surting
Odatda yangi mavsum uchun yangi pyabzal xarid qilinadi. Natijada kuzgi oyoq kiyimlar oyoqni qisib, biroz muammo tug‘dirishi mumkin. Katta-yu kichiklar duch keladigan ushbu yoqimsiz vaziyatni osonlashtirishning ajoyib usuli mavjud. Bunday vaqtda maxsus spreylardan foydalanish yoki poyabzalning ichki qismiga sovun surtish tavsiya etiladi.
Uyda o‘tirgandan ko‘ra sayrga chiqing
Kuz shamollash va gripp bilan kasallanish mavsumi. Aslida, ob-havo o‘zgarishining bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Salqin mavsumda odamlar bakteriya va viruslar almashinadigan xonada ko‘proq vaqt o‘tkazadi. Shuning uchun har qanday ob-havoga tegishli maslahat: ko‘proq piyoda yuring va toza havoda vaqt o‘tkazing.
Isitkichlarni yoqishga shoshilmang
Issiq mavsum tugashi bilan odamlar darrov xonani isitishga harakat qiladi. Buning uchun konditsioner yoki isitkichlardan foydalanadi. Afsuski, organizm biroz saliqn havoga ham moslashishi kerak. Masalan erta kuz faslida biroz qalinroq kiyinib olish mumkin. Ammo isitkichdan foydalanish xonada namlikni quritishga va salomatlikka salbiy ta’sir o‘tkazishga olib keladi.
Pikniklarga boring va vaqtingizni tabiat qo‘ynida o‘tkazing
Foto: AdMeKo‘pchilik piknik uchun yoz faslini tanlaydi. Ammo kuzning iliq ob-havosida ham tabiat qo‘ynida piknik qilish ajoyb tanlov. To‘g‘ri, salqin havo sog‘liq uchun turli muammolar paydo qiladi, deb o‘ylash mumkin. Ammo piknik uchun qalin odeyal hamda issiq kiyinib olish kiofya.
Sumkangizda bir nechta mikrofiber matolaridan solib qo‘ying
Foto: AdMeKuzda yomg‘ir ko‘p yog‘ishi tufayli sumka va kiyimlar ho‘l bo‘ladi. Bunday vaziyatda sumkada olib yuriladigan mikrofiber mato bir zumda namlikni shimib oladi. Ular ko‘p joy egallamaydi hamda noqulaylikni bartaraf etadi.
Manba