Muzlatkichni tartibli hamda toza saqlashda asqatadigan layfxaklar
“Noviy ochag” nashri taqdim etgan ushbu layfxaklar muzlatkichda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashni tashkil etishga yoki allaqachon o‘rnatilgan tizimni yaxshilashga yordam beradi.
Foto: “Noviy ochag”Savatchalar
Yaroqlilik muddati minimal(yoki muddati o‘tgan)barcha mahsulotlarni bitta savatga qo‘yish qoidasini yaratish tavsiya etiladi. Ushbu usul isrof qilingan oziq-ovqat miqdorini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi. Ushbu maqsadlar uchun yetarlicha sig‘im ega yorqin rangli idish sotib olish mumkin. Chunki u e’tiborni darhol jalb qilishi kerak.
Sabzavotlar tortmasini gazeta bilan to‘ldiring
Buni ikki sababga ko‘ra qilish kerak. Birinchidan, agar meva va sabzavotlarning suvi oqa boshlasa, qog‘oz ortiqcha suyuqlikni o‘zlashtiradi. Ikkinchidan, bu bo‘limni chang va kirdan himoya qiladi. So‘ngra eski gazetani yangisiga almashtirish kifoya.
Idishlarni qulay holda saqlang
Agar tuxumning bo‘sh karton qutisi bo‘lsa, uni chiqindiga tashlashga shoshilmaslik kerak. Undan ketchup yoki xantal kabi plastik butilkalarni saqlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu usulning afzalligi shundaki, idishlarning qopqog‘i pastga qaratib qo‘yiladi va ulardan foydalanishda siqib chiqarishga hojat qolmaydi.
Foto: “Noviy ochag”Vertikal saqlash
Sovutkichda qutilar o‘rniga ko‘proq panjra bo‘lsa, ba’zi narsalarni, masalan, ko‘katlar yoki muzlatilgan rezavorlar paketini vertikal holda saqlash orqali joyni tejash mumkin. Oddiy kiyim qisqichlari yoki qog‘oz qisqichlari yordamida qadoqlarni panjaraga ilish juda oson.
Foto: “Noviy ochag”Muzlatkichga belgi qo‘ying
Bu usul sovutkichda tartibni tashkil qilish uchun juda mos keladi. Har bir javonda mahsulot toifalari bo‘lgan yorliqlarni yopishtirib, kerakli narsani osongina topish mumkin.
Muzlatkich rastalarini toza saqlang
Muzlatkichdagi javonlarni plastik gilamchalar bilan yopsangiz, umuman tozalash shart emas. Ulardan kir va oziq-ovqat dog‘larini olib tashlash butun muzlatkichni yuvishdan ko‘ra osonroq. Agar tozalikni minimal darajada ushlab turishni istasangiz, javonlarni oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘rang va kerak bo‘lganda o‘zgartiring.
Foto: “Noviy ochag”Ko‘proq savatlardan foydalaning
Kichkina plastik savatlar muzlatkichda mukammal joy hosil qilishga yordam beradi. Ularda har qanday narsani saqlash mumkin — mevalardan konservagacha.
Foto: “Noviy ochag”Salatlarni shisha idishlarda saqlang
Shisha idishda sabzavot, meva va ko‘katlar bir necha kun davomida yangidek saqlanadi. Asosiysi, idish qopqog‘i yopilgan bo‘lishi kerak.
Muzlatkichni yomon hidlardan xalos qiling
Muzlatkichga maydalangan faol ko‘mirning ochiq idishini joylashtiring. Ushbu mahsulot yomon hidlarni iste’mol sodasidan ham yaxshiroq o‘zlashtiradi. Ko‘mirni kerak bo‘lganda o‘zgartiring, lekin kamida uch haftada bir marta.
Manba