Salomatlik Goʼzallik Lab bo‘yog‘i uzoq vaqt davomida yangidek turishini ta’minlaydigan oddiygina layfxak (foto)

Lab bo‘yog‘i uzoq vaqt davomida yangidek turishini ta’minlaydigan oddiygina layfxak (foto)

O'qildi: 438


Lab bo‘yog‘i uzoq vaqt davomida yangidek turishini ta’minlaydigan oddiygina layfxak (foto)

Lab bo‘yog‘ining bugungi kunda turli rangdagisini topish mumkin. U obrazni to‘ldiradi hamda kayfiyatga ham bevosita ta’sir o‘tkazadi. Lekin faqatgina surkalib ketmasa. “Noviy ochag” ayollarning ushbu nozik masalasi bo‘yicha ajoyib layfxak bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Buning uchun dastlab doimgidek makiyaj vositalari yuzga qo‘llaniladi: tonal kremi, tush, ten, upa kabilar.

Foto: “Noviy ochag”

Keyingi bosqich lablarni qalam bilan bo‘yash jarayonidir. Buning uchun foydalaniladigan lab bo‘yog‘i bilan bir xil qalam kerak bo‘ladi. Qalam bilan lablar markazdan burchakka qarab bo‘yaladi. Qalam lab bo‘yog‘iga qaraganda ancha yog‘siz bo‘lgani uchun ham dastlab qalam bilan bo‘yash lozim.

Foto: “Noviy ochag”

Ikkinchi qadam lablarga kukunli upa surtish bilan bilan bog‘liq. Maxsus cho‘tka kukunli upaga botiriladi va yengil harakat bilan lab yuzasiga surtiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Navbat lab bo‘yog‘iga keldi. Uning har qanday turdagisidan foydalanish mumkin. Lablarga surtish jarayonida kist yordamida chet qismlariga yaxshilab ishlov beriladi.

Foto: “Noviy ochag”

Ustidan yana kukunli upa surtiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Yuqoridagi jarayon yana bir marta takrorlanadi. Shundagina kutilgan natijani ko‘rish mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Nihoyat lab bo‘yog‘i chidamli bo‘lib, issiq havoda ham surkalib ketmaydi. Muhimi ayollar ushbu layfxakdan keyin bu borada muammoga duch kelmaydi.

Foto: “Noviy ochag”





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.