Salomatlik Goʼzallik Ayollar uchun zaruriy qo‘llanma: Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotiladigan tushlar

Ayollar uchun zaruriy qo‘llanma: Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotiladigan tushlar

O'qildi: 532


Ayollar uchun zaruriy qo‘llanma: Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotiladigan tushlar

Eng yaxshi mahsulotlar dunyo miqyosida yevro, dollar, rubl va boshqa pul birliklarida to‘xtovsiz xarid qilinadi. Ayniqsa, ularning ichida go‘zallik vositalari alohida ahamiyatga ega. Masalan, xonimlar tanlovda qiynaladigan tush ham shular sirasidan. Kipriklarning tabiiy, qalin va uzun ko‘rinishi uchun qanday tushdan foydalanish kerakligini bilib qo‘yish esa zarar qilmaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Paradise Extatic, L’Oreal Paris – 8 dollar

Foto: “Domashniy ochag”

Kanakunjut moyi kipriklarni o‘stiradi – taniqli kosmetika brendi ushbu xususiyatni mahsulot tarkibiga qo‘shdi va eng serxaridor kompaniyaga aylandi. Paradise Extatic siyrak kiprik egalariga juda mos keladi. Uning ultrayumshoq cho‘tkasi kiprik tolalarini shikastlamaydi va mukammal darajada bo‘yaydi. Ushbu tush suvga unchalik chidamli emas, ammo yomg‘ir tomchilariga bardosh beradi.

Double Stacked, NYX – 14 dollar

Foto: “Domashniy ochag”

Ikki qutidagi tush tarkibida oq va qora bo‘yoq mavjud. Oq bo‘yoq kipriklarni biroz qalinlashtirib ko‘rsatadi, so‘ngra ustidan qora bo‘yoq suriladi. Ushbu uslub kipriklarni zararlamaydi, oq bo‘yoq orqali kipriklar hajmi va tabiiyligi orttiriladi.

Lash Queen, Helena Rubinstein – 26 dollar

Foto: “Domashniy ochag”

Xelena Rubinshteyn kosmetika dunyosidagi taniqli shaxs bo‘lib, bugungi kunda yaratilgan ko‘plab mahsulotlarning egasi hisoblanadi. Ushbu tush AQShda anchagina mashhurlikka erishgan, sababi u kipriklarni mukammal darajada uzaytiradi va qayrilgan ko‘rinish beradi. Suvga chidamli qilib ishlab chiqarilgan tushni har qanday vaziyatda qo‘llash mumkin.

Volum’ Express The Colossal 100% Black, Maybelline New York – 6 dollar

Foto: “Domashniy ochag”

Klassik toifaga ega ishlab chiqaruvchi birinchi marotaba mahsulot tarkibida ko‘mir hamda vazelindan foydalandi. Tush ishlab chiqarilayotganiga 117 yil to‘lgan bo‘lsa-da, mahsulot tarkibi o‘zgartirilmadi. Shuningdek, ushbu brend ostidagi tush hamon yetakchilik qilib kelmoqda. Ushbu tushning cho‘tkalari kipriklarni tezda bo‘yash imkonini beradi va kun davomida o‘chib ketmasligi bilan farqlanadi.

Diorshow, Dior − 37 dollar

Foto: “Domashniy ochag”

Afsonaviy tushni yaratuvchilar tish cho‘tkasidan ilhomlangan ko‘rinadi. Ushbu brend cho‘tkasi yumshoq bo‘lib, kipriklarga tabiiy ko‘rinish baxsh etadi. Shuningdek, vosita oddiy suv yordamida ham oson yuviladi. Mahsulot binafsha rangdan tortib qora ranggacha – 8 xil ko‘rinishda mavjud.

Intensifying Long-Wear Mascara, Bobbi Brown – 27 dollar

Foto: “Domashniy ochag”

Ushbu mahsulot ham oddiy suv bilan yuvish mumkin bo‘lgan vositalardan biridir. Keyinchalik boshqa brend mahsulotlari ham buni takrorladi, ammo kutilgan natijani bermadi. Maxsus tozalash vositasini talab etmaydigan tush savdo rastalarida uzoq vaqt qolib ketmaydi. Kipriklarni yuvish vaqtida iliq suvdan foydalanish tavsiya etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.