Salomatlik Ayollar uchun Dazmol tozalashdan sutni uzoq saqlashgacha: oddiy tuzdan unumli foydalanish uchun 12 ta layfxak

Dazmol tozalashdan sutni uzoq saqlashgacha: oddiy tuzdan unumli foydalanish uchun 12 ta layfxak

O'qildi: 440


Dazmol tozalashdan sutni uzoq saqlashgacha: oddiy tuzdan unumli foydalanish uchun 12 ta layfxak

Tuz taomlarga ta’m qo‘shishdan tashqari, boshqa imkoniyatlarga ham ega. “Noviy ochag” nashri ushbu mahsulotdan unumli foydalanish bo‘yicha 12 ta layfxak bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Dazmolni tozalaydi

Foto: “Noviy ochag”

Dazmol tagidagi sariq va qora dog‘lardan qutulish uchun mum qog‘ozga ko‘p miqdorda tuz sepiladi, ustidan dazmollanadi. Natijada dog‘lar izsiz yo‘qoladi.

 

Tozalashni osonlashtiradi

Foto: “Noviy ochag”

Tuxum yerga tushgach, uni tozalash biroz qiyinlashadi. Mato bilan uni artib olishga shoshilmaslik zarur. Tuz ortiqcha suyuqlikni o‘zlashtiradi va tozalashni osonlashtiradi.

Dog‘ni yo‘qotadi

Foto: “Noviy ochag”

Gilamga qizil sharob to‘kilganmi?Vaziyat yoqimsiz, ammo yechimsiz emas. Zararlangan joyga ko‘proq tuz sepiladi va 5-10 daqiqa kutiladi. Keyin dog‘ sovuq suv bilan yuvib tashlanadi va fen bilan yaxshilab quritiladi.

Taxtakachni dezinfeksiyalaydi

Foto: “Noviy ochag”

Yog‘och taxtalarni idish yuvish mashinasida namlash yoki yuvish mumkin emas. Sirtni dezinfeksiya qilish uchun tuzi sepiladi va yarimta limon bilan ishqalanadi. Keyin issiq suvda yuvib, quritiladi.

Quvurlarni tozalaydi

Foto: “Noviy ochag”

Uy sharoitida ekologik quvur tozalagich tayyorlash mumkin. Buning uchun 0,25 stakan iste’mol sodasi va 0,25 stakan tuz aralashtiriladi. Quvur katta zarrachalardan tozalanadi va ichiga kukun solinadi, so‘ngra aralashma ustidan yarim stakan sirka quyiladi. 15 daqiqa o‘tgach, quvurlar qaynoq suv bilan yuviladi.

Mog‘ordan xalos qiladi

Foto: “Noviy ochag”

Sochiqlarda mog‘or hidi bormi?Zudlik bilan qat’iy choralar ko‘rish kerak. Tuz va limon sharbati 1: 1 nisbatda aralashtiriladi. Olingan aralashma kerakli joylarga qo‘llaniladi va sochiq quyosh nurida quritiladi. Shundan so‘ng ular kir yuvish mashinasida odatdagi tarzda yuviladi.

Kirlarni tozalaydi

Foto: “Noviy ochag”

Shisha choynak yoki qahva idishining devorlarini jigarrang dog‘dan tozalash uchun uni maydalangan muz bilan to‘ldirish kerak. Keyin bir choy qoshiq suv va bir necha choy qoshiq yirik tuz qo‘shiladi. Dog‘lar butunlay yo‘qolguncha massa yaxshilab aralashtiriladi.

Mevalarni qorayishdan saqlaydi

Foto: “Noviy ochag”

To‘g‘ralgan mevalar qoraymasligi uchun ularni tuzli suvda bir necha daqiqa namlash va keyin toza suv bilan yuvish kerak. Kesilgan joylarni qog‘oz sochiq bilan quritib, qopqoqli idishda saqlash tavsiya etiladi.

Chumoliga qarshi vosita

Foto: “Noviy ochag”

Uyda chumolilar ko‘paygan bo‘lsa, ular mavjud bo‘lgan joyga tuz sepish kifoya.

Tishlarga g‘amxo‘rlik qiladi

Foto: “Noviy ochag”

Yarim stakan suvga bir choy qoshiq tuz va iste’mol sodasi qo‘shib, og‘iz chayish vositasini tayyorlash mumkin. Albatta, u yalpiz ta’miga ega bo‘lmaydi, lekin og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini bartaraf etadi.

Sutning saqlash muddatini uzaytiradi

Foto: “Noviy ochag”

Sutni uzoqroq saqlash uchun unga bir chimdim tuz qo‘shish lozim. Ushbu layfxak qaymoq va smetana uchun ham ish beradi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.